Get Mystery Box with random crypto!

O'zbekiston Milliy universiteti – janob MAJIDOVga murojaat 'A | Ta'limga oid (Perevod)

O'zbekiston Milliy universiteti – janob MAJIDOVga murojaat

"Assalomu alaykum. Murojaatim o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha. Men Oriental nodavlat universitetidan 2-kursdan o‘qishimni O‘zbekiston Milliy universitetiga yetarli ballni to‘plab ko‘chirdim. 16-sentyabr kuni rektor nomiga ariza yozish uchun bordim. Arizag o‘qishni 2-kursdan ko‘chirish va fandagi farqlarni to‘lov asosida to‘ldirish mazmunida edi. Arizaga 12.09.2022 da qabul qilingan Oliy ta'lim vazirliging 87-02-784 sonli xatini asos qilib yozdirishdi. Yozib berdim. Qabul qilib olib qolishdi va aloqa xati uchun 19-sentyabrda kelishimni aytishdi. 19-sentyabrda bordim, ammo bu safar umuman boshqa gapni aytishmoqda. Nima emishki barcha o‘qishni ko‘chirganlar faqat Oriental nodavlat universitetidan Xorijiy filologiyaga ko‘chirganlardan tashqari 1-kursdan qabul qilinar ekan. Shu asosda qayta ariza yozishimizni talab qilishdi. Ariza yozmaganlarga esa e'tibor ham berilmadi. Biz rektoratga murojaat qilib ma'lumot olmoqchi bo‘ldik. U yerdagilar esa yana o‘sha 208-xonaga tushishimizni va nima savolimiz bo‘lsa o‘sha yerdagilarga murojaat qilishimizni aytishdi. Ilojsiz tushdik va to‘laydigan kridit modul summamizni bilish uchun 1-kursdan o‘qishga ariza yozdik. Qizig‘i bu safar ham aynan 12.09.2022 dagi Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligining  87-02-784 sonli xati asos qilib yozildi.(nahotki vazirlik xati 3 kunda o‘z mazmunini o‘zgartirib yubordi, shunday bo‘lishi mumkinmi?, bo‘lgan taqdirda ham nega 12.09.2022, oldinroq yoki hujjat topshirishdan avval emas. Ochig‘i Oliyta'limning ba‘zi ishlari kulguli va ayni paytda mantiqsiz hamda adolatsiz bo‘lib ketayotganga o‘xshaydi. Ochiq gapirganim uchun uzr.)Arizani olib kirsak, "bizda sotqin chiqibdi, kimdir rektoratga yozmoqchi bo‘libdi" deb tilxat ham yozdirib olishdi. Ilojsiz uni ham yozdik va kriditni hisoblatdik. Menga 2 mln 600 ming so‘m atrofidagi kridit summasini hisoblab birinchi yil faqat shuni to‘laysan deyishda va aloqa xatini berishdi. Ochig‘ini aytsam bu o‘ta ketgan adolatsizlik bo‘lib ko‘rinyapti. Balki chet davlatlardan turli yo‘llar bilan ko‘chirib kelayotganlar osongina ko‘nar bu adolatsizlikka. Lekin men davlatimiz hududidagi va ta‘limni nazorat qilish davlat qo'mitasi nazoratidagi universitetda 1 yil namunali o‘qidim, ancha mehnat qildim, 13 mln so‘m kontrakt to‘ladimku. Agar bu Universitetning qo‘shimcha daromad topish uchun qo‘llayotgan amali bo‘lsa, men ham kontrakt, ham kridit summasini to‘lab, o‘tilmagan darslarga ham qatnashib darslarni to‘liq o‘zlashtirishga tayyorman. Faqat umidimni puchga chiqarmang. Iltimos. Axir boshqa iqtisodiy mustaqillik berilayotgan Universitetlar 2-kursdan qabul qilishmoqda. Misol uchun Toshkent Davlat pedagogika instituti. Shu masalani ko‘rib chiqib ijobiy hal qilishingizni so‘rayman. Bir necha kundan so‘ng esa hamma hujjatlarni ko‘chirib universitetdan talabalar safidan chiqib kelsak 3 mln 100 ming so‘m kridit modul summasi chiqarib berishdi. Bu yana qancha oshadi endi?"

Shu odam vazirlik davrida ham shikoyatlar tinmas edi, rektor ham bo'ldi-ki, shikoyatlar kamayib qolgani yo'q.

O‘qishni ko‘chirishga oid yangiliklar:
@Talimgaoid_perevod