Get Mystery Box with random crypto!

Ta'limda nima gap?

Telegram kanalining logotibi talimationuz — Ta'limda nima gap? T
Telegram kanalining logotibi talimationuz — Ta'limda nima gap?
Kanal manzili: @talimationuz
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 81.37K
Kanalning ta’rifi

Taʼlimda nima gap?
Biz buni yoritib boramiz...
🇷🇺 Русский: @talimationru
Reklama uchun: t.me/m/x1XFlYqeMzBi
@talim_admin

Ratings & Reviews

4.50

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

1

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

0


Oxirgi xabar 5

2024-03-27 10:07:1530-MART KUNI ONLAYN TEST BO'LADI!

Shanba, 30-mart kuni @imtihonmarkazi tomonidan onlayn test tashkil etiladi. Testda kirish imtihonlariga tayyorgarlik ko'rayotgan barcha abituriyentlar ishtirok etishi lozim!

Test vaqti: 30-mart (kun davomida)
Test formati: Onlayn
Ishtirok etish narxi: BEPUL
Ro‘yxatdan o‘tish shart

Yo‘nalish tanlang va ro‘yxatdan o‘ting:
Huquq + Ingliz tili
Ingliz tili + Matematika
Ingliz tili + Ona tili
Kimyo + Biologiya
Matematika + Ingliz tili
Matematika + Ona tili
Matematika + Fizika
Ona tili + Ingliz tili
Ona tili + Matematika
Ona tili + Tarix
Tarix + Geografiya
Tarix + Ingliz tili
Tarix + Ona tili
Biologiya + Ona tili
Biologiya + Kimyo
Kimyo + Matematika
Geografiya + Matematika
Boshqa yo‘nalish tanlash

Testga ro‘yxatdan o‘tish:
Ro‘yxatdan o‘tish

Test yakunida sertifikat beriladi!
67.8K views07:07
Ochish/sharhlash
2024-03-26 12:57:46 Surunkali dars qoldiradigan o‘quvchilar ro‘yxati tuziladi

Maktablardagi davomat haqidagi yangi tartibga ko‘ra, hamma maktabda surunkali dars qoldirgan o‘quvchilar ro‘yxati tuziladi.

Surunkali dars qoldirish qancha?
Darsga 3 kundan ortiq sababsiz kelmagan o‘quvchi surunkali dars qoldiruvchi hisoblanadi.

Toifalar
Surunkali darsga kelmaydigan o‘quvchilar qizil toifaga , kechikib keluvchilar sariq toifaga kiritiladi.

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
81.4K views09:57
Ochish/sharhlash
2024-03-25 12:09:34 Rasman: o‘quvchilarni davomat qilish o‘zgardi

Endi maktab o‘quvchilarini davomat qilishda Milliy gvardiya ham qatnashadi. Bunga oid qo‘shma qaror imzolandi.

Unga ko‘ra:
har kuni sinf rahbar davomat qilib uni e-Maktab platformasiga kiritadi;
ma’naviy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari sababsiz kelmagan o‘quvchilar ro‘yxatini Milliy gvardiyaga beradi;
maktab, inspektor-psixolog va Milliy gvardiya xodimi davomatni yuritib boradi.
Milliy gvardiya xodimi o‘quvchining ota-onasi bilan suhbat o‘tkazadi;
zarurat bo‘lsa, farzandi ta’limiga qarshilik ko‘rsatgan ota-onaga ma'muriy chora ko‘riladi.

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
48.3K views09:09
Ochish/sharhlash
2024-03-25 09:36:28
Хусусий университетларнинг лицензияси ҳақиқийлигини қаердан текширса бўлади?

Жавоб: Одатда олийгоҳлар лицензияларини бинонинг кириши қисмига илиб қўйишади. Консалтинглар эса сизга электрон (PDF) қилиб ташлаб беришлари ёки офлайн кўрсатишлари мумкин. Сиз лицензиядаги QR кодни сканер қилиш орқали ҳужжат маълумотларини текширишингиз мумкин.

Энг афзал йўли – license.gov.uz сайтига кириб, сайтнинг "Реестр" бўлимида “Ҳужжат рақами”га лицензия рақами (масалан, 123456) киритилса чиқиб келади.

O'zi nima gap? – Долзарб хабарлар
32.6K views06:36
Ochish/sharhlash
2024-03-25 08:19:53 ​​​​​​​Talaba boʻlmoqchimisiz, unda, albatta, oʻqing!

Abituriyent - bu hayotini oʻzgartirish uchun yoʻlga chiqqan shaxs. Hamma ham odam boʻlib tugʻiladi, ammo kimdir inson boʻlib, kimdir odamligicha vafot etadi. Dunyoda birovga yomonlik qilmasdan yashaganing sening yaxshi inson ekanligingdan dalolat emas.

Agar hamma narsaga loqayd boʻlsang, faqat oʻzingni oʻylasang, dangasa, tanbal boʻlsang va hech boʻlmasa, bir marta hayotingni oʻzgartirishga urunib koʻrmasang, insonlikka daʼvo qilma.

Inson uchun doimo harakatda boʻlmoq - tiriklikning belgisi.

Sen bugundan abituriyentsan, bu degani talabalik tomon yoʻl olding. Demak, sen hayotingni oʻzgartirishni xohlaysan. Shunday ekan, quyidagilarni yodda tut:

Hech qachon vaqtim yoʻq dema!
– Hohish boʻlsa, vaqt topiladi. Dunyoni boshqarayotgan mashhurlarning sutkasi senikidan ortiq emas.

Hech qachon eslab qololmayman dema!
— Inson istasa, hammasini yodda saqlaydi, Alloh senga bergan xotiraga shubha qilma. Xotirangni boʻysundir.

Hech qachon tushunmayman dema!
— Dunyoda tushunish qobilyati va ong berilgan yagona tirik jon sensan.

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
37.6K views05:19
Ochish/sharhlash
2024-03-24 14:38:33
Talabalikka erishish uchun nimalar qilishimiz kerak:

Raqobat. Raqobatchi tanlayotganda o‘zimizdan kuchli bo‘lgan tengdoshlarimiz, aniqrog‘i, tajribali abituriyentlarga e’tibor qaratish foydali. Kuchsiz abituriyentni doimo yengib yurishdan hech qanday naf yo‘q. Raqobatlashayotganda raqibimizni ixtiyoriy yo‘l bilan emas, faqat bilim orqali yengishga urinishimiz lozim. Masalan, ko‘chirish orqali undan o‘zib ketish sizga o‘sha vaqtdagina xursandchilik olib keladi, xolos;

Yordam so‘rash. Raqobatchi do‘stlaringiz, ayni vaqtda, sizning yo‘ldoshlaringiz ham. Ular bilan tajriba almashish siz uchun ayni muddao. Aslida, raqobatchi do‘stingiz ham sizga o‘rgatish orqali bilimlarini takrorlab, mustahkamlab oladi. Lekin so‘rash kerak ekan deb hamma narsani so‘rayverish ham to‘g‘ri emas. Fikrlash kerak bo‘lgan o‘rinlarda tafakkurni ham ishga solish lozim;

To‘g‘ri tanlov. Ko‘pchilik abituriyentlarni “tajribali abituriyent”ga aylantirayotgan muhim omil to‘g‘ri tanlovni amalga oshirmaslikdir. Qaysidir viloyatda aynan sizning yo‘nalishingizda o‘tish balli 142 ball bo‘layotganda Toshkentdagi 195 balli oliy o‘quv yurtiga kirishingiz shartmi? Ustiga, o‘zingiz ham o‘sha viloyatdan bo‘lsangiz. Modomiki, Toshkentda o‘qish birlamchi masala bo‘lsa, past balli joylar juda ham ko‘p.

Kanal rivoji uchun ovoz berish

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
45.0K viewsedited  11:38
Ochish/sharhlash
2024-03-24 13:23:39
#rektorlar

Bugun "Madaniyat va ma’rifat" telekanalining “Akademik soat” koʻrsatuvida O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti rektori, professor Sherzodxon Qudratxo‘ja jurnalistika sir asrorlari haqida soʻz yuritadi.

Soat 22:15 da albatta koʻring!

Kanal rivoji uchun ovoz berish

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
45.5K viewsedited  10:23
Ochish/sharhlash
2024-03-23 18:21:34
Abituriyentlar haqida sun'iy intellekt nima deydi?

Abituriyent kim?
Abituriyent - bu oliy o‘quv yurtlariga kirish imtihonlarida qatnashayotgan va universitet, akademiya yoki institut kabi oliy ta'lim dasturlariga kirishni maqsad qilgan shaxslarga beriladigan nom. Bu jarayon odatda imtihonlarga tayyorgarlik, tanlov qilish va universitetlar belgilagan mezonlarga ko‘ra tanlash jarayonlarini o‘z ichiga oladi.

Imtihonga tayyorlanish uchun abituriyent kuniga qancha o'qishi kerak?
Imtihonga tayyorlanishda sarflanadigan vaqt har bir abituriyentning o‘qish qobiliyati, maqsadlari va mavjud vaqtiga bog‘liq. Umumiy tavsiya sifatida, ko‘pchilik mutaxassislar kuniga kamida 3-4 soat samarali o‘qishni maslahat beradi. Biroq, bu vaqt imtihon davri yaqinlashganida yoki qiyin mavzular ustida ishlayotganda oshishi mumkin. Eng muhimi, sifatli va muntazam tayyorgarlik ko‘rishdir.

Abituriyent sutkasiga qancha uxlashi kerak?
Ko'pchilik sog'liq mutaxassislari kattalar uchun kuniga taxminan 7-9 soat uyqu tavsiya etadi. Abituriyentlar ham bu umumiy qoidaga amal qilishlari kerak, chunki etarli darajada uyqu olgan odam diqqatni jamlash, yaxshi eslash va umumiy samaradorlikni oshirish qobiliyatiga ega bo'ladi. Imtihonlarga tayyorgarlik ko'rayotgan paytda sog'lom uyqu rejimini saqlash, ayniqsa, muhimdir.

Kanal rivoji uchun ovoz berish

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
63.4K viewsedited  15:21
Ochish/sharhlash
2024-03-23 12:37:12 Ruhan sinmang!

Nima hodisa ro‘y bermasin, aslo ruhan tushkunlikka tushmang. Jisman yiqilsangiz, sizni turib ketmog‘ingizga yordamga keluvchilar topiladi, ammo ruhan yiqilsangiz, sizni tepib o‘tib ketadilar.

O‘zingizni aslo ruhan sindirmang. Nima bo‘lsa ham boshingizni mag‘rur ko‘taring, o‘ta kuchli sabr egasiga aylaning, tishni tishga qo‘ya biling.

Kanal rivoji uchun ovoz berish

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
57.8K viewsedited  09:37
Ochish/sharhlash
2024-03-23 09:24:02
Attestatsiyaning ikkinchi bosqichi test shaklida o‘tkaziladi

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining buyrug‘i bilan pedagog.edu.uz sayti orqali onlayn ro‘yxatdan o‘tgan pedagog kadrlar uchun attestatsiyaning ikkinchi bosqichi test shaklida o‘tkazilishi belgilandi.

Majburiy va navbatdan tashqari attestatsiyadan o‘tish uchun pedagog.edu.uz sayti orqali onlayn ro‘yxatdan o‘tgan barcha pedagog kadrlarning bilim darajalari test sinovlari orqali aniqlanadi.

Test jarayonlari amaldagi Nizomning 36-bandiga muvofiq joriy yilning mart-may oylarida o‘tkaziladi.

Test kunlari to‘g‘risida qo‘shimcha vazirlikning rasmiy veb-saytida e’lon qilinadi hamda pedagog.edu.uz platformasi orqali ro‘yxatdan o‘tish jarayonida pedagog tomonidan qoldirilgan telefon raqamga SMS xabarnoma yuboriladi.

Kanal rivoji uchun ovoz berish

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
60.3K viewsedited  06:24
Ochish/sharhlash