Get Mystery Box with random crypto!

Attestatsiyaning ikkinchi bosqichi test shaklida o‘tkaziladi | Ta'limda nima gap?

Attestatsiyaning ikkinchi bosqichi test shaklida o‘tkaziladi

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining buyrug‘i bilan pedagog.edu.uz sayti orqali onlayn ro‘yxatdan o‘tgan pedagog kadrlar uchun attestatsiyaning ikkinchi bosqichi test shaklida o‘tkazilishi belgilandi.

Majburiy va navbatdan tashqari attestatsiyadan o‘tish uchun pedagog.edu.uz sayti orqali onlayn ro‘yxatdan o‘tgan barcha pedagog kadrlarning bilim darajalari test sinovlari orqali aniqlanadi.

Test jarayonlari amaldagi Nizomning 36-bandiga muvofiq joriy yilning mart-may oylarida o‘tkaziladi.

Test kunlari to‘g‘risida qo‘shimcha vazirlikning rasmiy veb-saytida e’lon qilinadi hamda pedagog.edu.uz platformasi orqali ro‘yxatdan o‘tish jarayonida pedagog tomonidan qoldirilgan telefon raqamga SMS xabarnoma yuboriladi.

Kanal rivoji uchun ovoz berish

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!