Get Mystery Box with random crypto!

Ta'limda nima gap?

Telegram kanalining logotibi talimationuz — Ta'limda nima gap? T
Telegram kanalining logotibi talimationuz — Ta'limda nima gap?
Kanal manzili: @talimationuz
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 81.37K
Kanalning ta’rifi

Taʼlimda nima gap?
Biz buni yoritib boramiz...
🇷🇺 Русский: @talimationru
Reklama uchun: t.me/m/x1XFlYqeMzBi
@talim_admin

Ratings & Reviews

4.50

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

1

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

0


Oxirgi xabar 6

2024-03-23 07:12:36
"Temurbeklar maktabi"ga qachondan o‘qishga kirish mumkin?

"Temurbeklar maktabi"ga 9-sinfni tugatgan, shahodatnomasi bor talabgorlar qabul qilinadi. O‘qish davri — 2 yil.

O‘quvchilar saralash asosida qabul qilinadi. Bu 3 ta imtihon: dastlabki tanlash, harbiy-kasbiy tanlov va test sinovlaridan iborat. Shuningdek, ular tibbiy ko‘rikdan ham o‘tkaziladi.

Ulardan diktant ham olinadi, yakkama-yakka suhbat o‘tkaziladi. Oxirida esa Bilimlarni baholash agentligi tomonidan 5-9-sinf darsliklari doirasida test sinovlari olinadi. Hammasidan o'tganlar o'qishga qabul qilinadi.

Yuqoridagi jadval respublika bo'yicha "Temurbeklar maktabi" ro'yxati.

Kanal rivoji uchun ovoz berish

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
54.6K viewsedited  04:12
Ochish/sharhlash
2024-03-23 05:41:26 #nodavlat_texnikum

Diplomi O‘zbekistonda tan  olinadigan texnikumlar nechta?

Bugungi kunda 30 ta nodavlat texnikum professional taʼlim xizmatlarini koʻrsatish vakolatiga ega.

Ilova qilinayotgan 30 ta professional taʼlim tashkilotlari tomonidan berilgan ta'lim hujjatlari Respublika hududi bevosita tan olinadi. (Faylda ro'yxat keltirilgan)

Asos: “Taʼlim toʻgʻrisida”gi qonunning 31-moddasi

Kanal rivoji uchun ovoz berish

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
45.7K viewsedited  02:41
Ochish/sharhlash
2024-03-21 14:49:12 Ona tilidan milliy sertifikat imtihonida esseda so‘z sanalmaydi

Bilimlarni baholash agentligiga ko‘ra:

Esse yozish jarayonida buyuk shaxsdan iqtibos keltirilishi kerakligi borasida, shuningdek, so‘zlar soni xususida qatʼiy talab mavjud emas. Lekin talabgor mavzu doirasida o‘z fikrlarini dalillar asosida yoritishi lozim.

Tajribaga ko‘ra, so‘zlar hajmi belgilansa, talabgor o‘z fikrlarini to‘liq bayon etgan bo‘lsa-da, so‘zlar sonini belgilangan talabga yetkazish maqsadida sunʼiy tarzda esseni davom ettirishga majbur bo‘ladi. Esseni tekshirish jarayoni avtomatlashtirilgan bo‘lib, platforma tekshiruvchilarga ixtiyoriy esse (tanlama usulda) talabgorning ism va familiyasi ko‘rsatilmagan holda yuboriladi.

Ona tilidan sertifikat olmoqchi bo‘lgan abituriyentlarga yuboring.

Kanal rivoji uchun ovoz berish

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
48.1K viewsedited  11:49
Ochish/sharhlash
2024-03-21 13:38:15
Vazir jamg'armasi imtihoni bo'yicha shikoyat yuborish mumkin

Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri jamgʻarmasi hisobidan har oylik ustama olishga nomzodlarni saralashning 1-bosqich test sinovlari natijasi eʼlon qilingan.

Mazkur test natijalaridan norozi boʻlgan pedagoglar Bilim va malakalarni baholash agentligiga ushbu havola orqali oʻz shikoyatlarini yuborishlari mumkin.
https://my.uzbmb.uz/xtv/result

Buning uchun pedagoglar mazkur manzilga kirib "Roʻyxatdan oʻtish" tugmasini bosadi va quyidagi so’ralgan maʼlumotlarni kiritish orqali "Shaxsiy kabinet" yaratadi:

nomzodning pasport (ID karta) maʻlumotlari (seriya va raqami);
jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami (14 ta raqamdan iborat);
nomzodning shaxsiy telefon raqami;
soʻralayotgan matematik amaliyot javobi (masalan: 9+8=17).


Shundan soʻng shaxsiy kabinetga kirib “Vazir jamgʻarmasi uchun test sinovlari (MMTV) 2024” boʻlimi orqali “Apellyatsiya” tugmasini bosadi va ochilgan maydonda oʻz shikoyatini qoldiradi.

Eslatma: Pedagoglar tomonidan yuborilgan mazkur shikoyatlar 3 (uch) kun davomida (2024-yil 23-mart kuni soat 17:00 ga qadar) qabul qilinadi.

Kanal rivoji uchun ovoz berish

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
36.4K viewsedited  10:38
Ochish/sharhlash
2024-03-19 16:30:56 Chet tili imtihoni natijalari e’lon qilindi

2024-yil 3-martdan 12-martga qadar bo‘lib o‘tgan chet tilini bilish darajasini aniqlash test sinovi natijalari e’lon qilindi.

Test natijalari my.gov.uz saytida e’lon qilingan bo‘lib, talabgorlar “Mening arizalarim” bo‘limidan o‘z natijalari bilan tanishishlari mumkin.

Test sinovidan muvaffaqiyatli o‘tgan talabgorlar o‘z sertifikatlarini my.gov.uz sayti orqali elektron tarzda yuklab oladilar.

Eslatma: o‘z natijasidan norozi bo‘lgan talabgorlar test natijalari e’lon qilingan kundan boshlab 3 kun ichida (20-22-mart) my.gov.uz sayti orqali apellatsiya shikoyati berishlari mumkin.

Qo'llab quvvatlash

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
21.1K viewsedited  13:30
Ochish/sharhlash
2024-03-19 12:08:02 "Open budjet"ga ovoz yig‘ishga majburlagan rahbarlar javobgarlikka tortiladi

Yana ovoz berish sezoni boshlanib, ayniqsa, o‘qituvchilar ovoz olishga kirishib ketishdi. Ko‘p maktablarda o‘qituvchilarga nechtadir ovoz yig‘ish normasi qo‘yilgan.

Lekin bu — qonunchilikka zid. Xodimlarni ovoz to‘plashga majburlash - majburiy mehnatga jalb qilish sifatida tasniflanadi.

Majburiy mehnatga yo‘l qo‘ygan mansabdor shaxslarga BHMning 50 baravaridan 100 baravarigacha (33 mln so‘mgacha) jarima belgilangan. Takroran majburiy mehnatga majburlash esa jinoiy javobgarlikka tortilishga sabab bo‘ladi.

Postni ovoz yig‘ishga qiynalib yurgan o‘qituvchi tanishlaringizga yuboring.

Qo'llab quvvatlash

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
24.0K viewsedited  09:08
Ochish/sharhlash
2024-03-19 10:48:42 Ta'lim krediti ajratayotgan banklar ro'yxati

Ayni vaqtda 5 ta bank tomonidan imtiyozli taʼlim krediti ajratilmoqda (ro'yxat banklarning Bosh ofis masʼul xodimlari tomonidan berilgan maʼlumot asosida tayyorlandi).

HAMKORBANK – 1256

IPAK YOʻLI BANKI – 1296

BRB –1254

MKBANK – 1285

TURONBANK – 1220

Kredit shartlari:
Foizi: Yigitlarga 14% Qizlarga 0%;
Muddati: Oʻqish davri + 7.5 yil
Miqdori: Oʻquv yili uchun talaba va OTM oʻrtasida tuzilgan shartnoma summasi.

Qo'llab quvvatlash

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
28.8K viewsedited  07:48
Ochish/sharhlash
2024-03-18 15:36:35
Ro‘zadorlar uchun Telegramda ajoyib bot ishga tushdi!

@Ramazonchabot – Muqaddas Ramazon oyida barcha musulmonlarga manfaatli bo‘lgan telegram bot hisoblanadi. Unda:

Ramazon taqvimi (viloyatlar kesimi)
Saharlik va iftorlik duolari
To‘g‘ri ovqatlanish qoidalari
Qur’oni Karimdan suralar
Shayximiz ma’ruzalari
Ro‘za oyidagi makruh amallar
Va boshqa ma’lumotlar
mavjud.

Ro‘zador yaqinlaringizga yuborib qo‘ying!

@Ramazonchabot
@Ramazonchabot
@Ramazonchabot
22.0K views12:36
Ochish/sharhlash
2024-03-18 14:29:26 #Bilasizmi

Oʻqishga kirishda 41 imtiyoz bor

Davlat qabul komissiyasining 2022-yil 29-dekabrdagi 10-son majlis bayoni bilan “Davlat OTMlariga kirish uchun berilgan imtiyozlarning yagona REYESTRI” tasdiqlangan.

Reyestrdan 41 ta imtiyoz turi oʻrin olgan:

1. Imtihonsiz qoʻshimcha davlat granti asosida talabalikka tavsiya etish boʻyicha imtiyozlar (15 ta);
2. Imtihonsiz bazaviy toʻlov-kontrakt asosida talabalikka tavsiya etish boʻyicha imtiyozlar (4 ta);
3. Tegishli fan boʻyicha imtihondan ozod etilib, maʼlum miqdorda ball berish boʻyicha imtiyozlar (5 ta);
4. Toʻplangan ballga nisbatan qoʻshimcha ball berish boʻyicha imtiyozlar (2 ta);
5. Qoʻshimcha kvota doirasida tanlovda ishtirok etish boʻyicha imtiyozlar (12 ta);
6. Qoʻshimcha imtiyozlar (3 ta).

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
12.9K viewsedited  11:29
Ochish/sharhlash
2024-03-18 10:15:44
To'langan kontrakt pulidan 12 foizni qaytarib olish videoqo'llanmasi

Davlat hamda nodavlat ta'lim muassasasi talabalari to'lagan kontraktidan 12 foizni miqdorida daromad soligʻini, soliq organlariga bormasdan, masofadan qaytarib olishi mumkin.

Ko'chama-ko'cha ovora bo'lish shartmas!

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
17.5K viewsedited  07:15
Ochish/sharhlash