Get Mystery Box with random crypto!

Ta'limda nima gap?

Telegram kanalining logotibi talimationuz — Ta'limda nima gap? T
Telegram kanalining logotibi talimationuz — Ta'limda nima gap?
Kanal manzili: @talimationuz
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 81.37K
Kanalning ta’rifi

Taʼlimda nima gap?
Biz buni yoritib boramiz...
🇷🇺 Русский: @talimationru
Reklama uchun: t.me/m/x1XFlYqeMzBi
@talim_admin

Ratings & Reviews

4.50

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

1

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

0


Oxirgi xabar 4

2024-04-05 06:15:10 TOP-1000 oliygohlar-2024

Ushbu ro‘yxatda dunyoning xalqaro darajada e’tirof etilgan QS reytingida birinchi 1000 talik ro‘yxatidan joy olgan eng kuchli xorijiy oliy ta’lim muassasalari keltirilgan.

Birorta O‘zbekiston oliygohi bu ro‘yxatdan joy olmagan, lekin qo‘shni Qozog‘iston Respublikasining naqd 20 ta oliygohi ushbu reytingdan joy olgan.

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
35.1K viewsedited  03:15
Ochish/sharhlash
2024-04-04 14:42:51
Tan olinadigan sertifikatlar-2024

2024-yilgi maktab bitiruvchilari chet tili boʻyicha attestatsiyadan ozod bo'lishlari uchun tasdiqlangan til sertifikatlari roʻyxati bilan tanishing.

Bundan tashqari, davlat ta'lim tashkilotlari tomonidan berilgan B va undan yuqori sertifikatga ega o'quvchilar ham belgilangan mazkur fanlardan ozod etiladi.

Manba: @talimuz

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
23.1K viewsedited  11:42
Ochish/sharhlash
2024-04-02 19:26:44 Biologiya hamda qoraqalpoq tili va adabiyot fanlaridan milliy sertifikat natijalari e’lon qilindi

2024-yil 3-mart kuni o‘tkazilgan biologiya hamda qoraqalpoq tili va adabiyot fanlari bo‘yicha milliy sertifikat imtihoni natijalari e’lon qilindi.

Talabgorlar o‘z natijalarini my.gov.uz saytining “Mening arizalarim” bo‘limi orqali bilishlari va sertifikatni elektron tarzda yuklab olishlari mumkin.

Test natijalari xalqaro metodika – Rash modeli asosida hisoblangan bo‘lib, talabgorlarga to‘plagan bali asosida quyidagicha sertifikat taqdim etiladi:

70 balldan yuqori ball — A+ daraja;
65 - 69,9 ball — A daraja;
60 - 64,9 ball — B+ daraja;
55 - 59,9 ball — B daraja;
50 - 54,9 ball — C+ daraja;
46 - 49,9 ball — C daraja.

Sertifikatga ega abituriyentlarga OTMlarning bakalavriatiga kirish test sinovlarida quyidagi tartibda ball beriladi:

A+, A darajali sertifikat uchun — tegishli mutaxassislik fanidan maksimal ball;
B+, B, C+, C darajali sertifikat uchun — tegishli mutaxassislik fanidan proporsional ball;
A+, A, B+, B, C+, C darajali sertifikat uchun — tegishli majburiy fandan maksimal ball.

Imtihon natijalarining statistik tahlili ertaga Agentlikning rasmiy veb saytiga joylashtiriladi.

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
59.6K views16:26
Ochish/sharhlash
2024-04-02 17:16:26
14 xil Yurisprudensiya yo'nalishi mavjud!

2024-yilda abituriyentlar “Yurisprudensiya” mutaxassisligi bo‘yicha 14 ta ta’lim yo‘nalishiga o‘qishga kirishlari mumkin:

1. Yurisprudensiya: faoliyat turlari bo'yicha
2. Yurisprudensiya: islom huquqi
3. Yurisprudensiya: qishloq xo‘jaligi huquqi
4. Yurisprudensiya: xalqaro-huquqiy faoliyat
5. Yurisprudensiya: xalqaro transport huquqi
6. Yurisprudensiya: biznes huquqi
7. Yurisprudensiya: davlat yuridik faoliyati
8. Yurisprudensiya: jinoiy-huquqiy faoliyat
9. Yurisprudensiya: transchegaraviy suv munosabatlari
10. Yurisprudensiya: xalqaro huquq va qiyosiy huquq.
11. Yurisprudensiya: yer munosabatlari.
12. Yurisprudensiya: fuqarolik va biznes huquqi.
13. Yurisprudensiya: tergov faoliyati
14. Yurisprudensiya: prokurorlik faoliyati.

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
54.3K viewsedited  14:16
Ochish/sharhlash
2024-04-02 15:27:19
#tezkor
IELTS o'qiyotganlarga tarqating!

— Eng TOP Speaker va IELTS instruktorlar tomonidan 10-26-aprel kunlari BEPUL onlayn marafon tashkil etilmoqda.

Respublika miqyosida Eng yirik markazlardan biri Registon o'quv markazi va Xalqaro "British Council" tashkiloti hamkorligida navbatdagi katta loyihaga start beriladi!

Marafon orqali SIZ Buyuk Britaniya, Amerika, Yaponiya, Koreya davlatlarida tahsil olib kelgan hamda xalqaro IELTS darajasi 9.0 ball'gacha bo'lgan kuchli expertlardan BEPUL darslar olishingiz mumkin.

Batafsil ma'lumot

Ro'yxatdan o'tish:
@Marafon_IELTS_Bot
@Marafon_IELTS_Bot
38.1K views12:27
Ochish/sharhlash
2024-04-01 11:07:02
2024-yilgi maktab bitiruvchilarining attestatsiya fanlari ro‘yxati e’lon qilindi!

Majburiy fanlar:

Ona tili va adabiyoti (yozma, insho)
Matematika (yozma)
O‘zbek tili (yozma va og‘zaki)
Chet tili (yozma yoki og‘zaki)
O‘zbekiston tarixi (yozma yoki og‘zaki)

Tanlov fanlar
(bitiruvchilar bittasini tanlashi kerak):

Kimyo
Fizika
Huquq
Geografiya

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
38.3K viewsedited  08:07
Ochish/sharhlash
2024-03-30 20:28:19
Chet tili fanlari bo'yicha sertifikatga ega bo'lgan maktab o'quvchilari imtihondan ozod qilinadi

Kamida B1 darajadagi milliy yoki unga tenglashtirilgan mos darajadagi xalqaro tan olingan sertifikatga ega bo'lgan o'quvchilar imtihondan muayyan fandan ozod qilinadi.

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
16.0K viewsedited  17:28
Ochish/sharhlash
2024-03-30 19:58:37 Hamkorlik uchun:

@talim_admin ga murojaat qilishingiz mumkin

Hozirda chegirma e'lon qilingan
17.9K views16:58
Ochish/sharhlash
2024-03-30 08:20:46 ONLAYN TEST BOSHLANDI!

@imtihonmarkazi tomonidan tashkil etilayotgan 1-onlayn test quyidagi blok fanlar bo'yicha tashkil etilmoqda. O'zingizga mos testni tanlashingiz mumkin:

Huquq + Ingliz tili
Ingliz tili + Matematika
Ingliz tili + Ona tili
Kimyo + Biologiya
Matematika + Ingliz tili
Matematika + Ona tili
Ona tili + Ingliz tili
Ona tili + Matematika
Ona tili + Tarix
Tarix + Geografiya
Tarix + Ingliz tili
Tarix + Ona tili
Biologiya + Ona tili
Biologiya + Kimyo
Kimyo + Matematika
Geografiya + Matematika
Matematika + Fizika

Test boshlandi: 10:00
Test yakunlanishi: 23:00

Eslatma: Javoblaringizni @testologbot orqali tekshirasiz. Botga javob kalitlarni yuborishda belgilangan tartib asosida yuborishingizni so'raymiz. Aks holda bot natijangizni aniqlab bermaydi.

BARCHAGA OMAD YOR BO'LSIN!

@imtihonmarkazi
37.3K views05:20
Ochish/sharhlash
2024-03-28 19:39:42
Oliy ta'lim vazirligi eng korrupsiyalashgan tashkilot deb topildi

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tomonidan davlat organlari va tashkilotlarida korrupsiyaga qarshi kurashish ishlarining samaradorligi bo'yicha yangi reyting e'lon qilindi.

Unga ko'ra, Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligi eng korrupsiyalashgan tashkilot deb topilgan bo'lsa, Yoshlar ishlari agentligi 12-o'rinni qayd etdi.

Yuqoridagi ro'yxatda tizimda korrupsiya yuqori bo'lgan TOP-15 ta davlat organlari va tashkilotlari bilan tanishib chiqishingiz mumkin.

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
71.3K viewsedited  16:39
Ochish/sharhlash