Get Mystery Box with random crypto!

Ta'limda nima gap?

Telegram kanalining logotibi talimationuz — Ta'limda nima gap? T
Telegram kanalining logotibi talimationuz — Ta'limda nima gap?
Kanal manzili: @talimationuz
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 81.37K
Kanalning ta’rifi

Taʼlimda nima gap?
Biz buni yoritib boramiz...
🇷🇺 Русский: @talimationru
Reklama uchun: t.me/m/x1XFlYqeMzBi
@talim_admin

Ratings & Reviews

4.50

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

1

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

0


Oxirgi xabar 2

2024-04-24 09:53:19
“Yangi O‘zbekiston” universiteti talabalari Germaniyaning DAAD fondi tomonidan tashkil etilgan loyihada qatnashishmoqda

“Yangi O‘zbekiston” universiteti DAAD loyihasida ishtirok etishi uchun $40,000 miqdorida grant yutib olingan bo'lib, talabalar va professor-o'qituvchilar Germaniya hamda Iordaniyada tashkil etilgan loyihada muvaffaqiyatli qatnashib kelishmoqda.

Ushbu loyihada Kimyo va materialshunoslik muhandisligi, Dasturiy ta'minot muhandisligi va Sanoat boshqaruvi dasturlaridan talabalar tanlov asosida jalb qilingan.

Loyihaning davomi sifatida tashkil etiladigan seminar-treninglar hafta davomida “Yangi O‘zbekiston” universitetida o‘tkaziladi.

@newuzbekistanuniversity — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
13.1K views06:53
Ochish/sharhlash
2024-04-22 15:42:43 Davlat oliy ta'lim muassasalarida kontraktni bo'lib to'lash muddatlari

Talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlar:
— belgilangan to‘lov miqdorining kamida 25% ni uchun 15-sentabrgacha (yoki Davlat qabul komissiyasi belgilagan muddatgacha)

Ikkinchi va undan keyingi bosqich talabalari:
1-oktabrgacha (yoki OTM rahbariyati uzaytirgan muddatgacha);

Barcha kurs talabalari:
— belgilangan to‘lov miqdorining kamida 50% 1-yanvargacha;
— 75% 1-aprelgacha;
— 100% 1-iyulgacha (yoki OTM rahbariyati uzaytirgan muddatlargacha);

xorijiy fuqarolar uchun OTM rahbariyati belgilagan muddatlargacha;

Nodavlat oliygohlarda kontrakt to'lash muddatlari talaba va OTM o'rtasidagi shartnomaga asosan belgilanadi.

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
19.8K views12:42
Ochish/sharhlash
2024-04-22 05:10:04 Endi texnikum talabalarining chet tili o‘rganish pulini davlat to‘lab beradi

Hukumatning yangi qaroriga ko‘ra, chet tili o‘rganishni xohlovchi professional ta’lim muassasa o‘quvchilariga yengilliklar berilyapti.

Unga ko‘ra, professional ta’lim muassasalariga jalb etilgan ta’lim oluvchilar chet tilini mustaqil ravishda o‘rganib, xalqaro yoki unga tenglashtirilgan sertifikatni taqdim etgan taqdirda, ta’lim oluvchi tomonidan chet tilini o‘qish uchun sarflangan xarajatlarning 50 foizi, biroq bazaviy hisoblash miqdorining 10 baravaridan oshmagan qismi Davlat byudjeti mablag‘lari hisobidan qoplab beriladi.

BHMning 10 baravari 3,4 mln so‘mga teng.

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
16.1K views02:10
Ochish/sharhlash
2024-04-20 07:20:01
t.me/XBlastAppBot/App?startapp=EZ7SOW

Tezda qo'shilib oling xblast sotuvga chiqqan ayni damda 2.89$ dan sotilmoqda...

har kuni "Mission" dan shartlarni bajarib har 24 soat ichida "CLAIM" ni bosib qo'ysangiz bo'ldi
20.5K views04:20
Ochish/sharhlash
2024-04-19 12:55:22ERTAGA ONLAYN TEST BO'LADI!

Ertaga, 20-aprel kuni @imtihonmarkazi tomonidan -onlayn test tashkil etiladi. Testda kirish imtihonlariga tayyorgarlik ko'rayotgan barcha abituriyentlar ishtirok etishi lozim!

Test vaqti: 20-aprel (kun davomida)
Test tillari: O'zbek va Rus
Ishtirok etish narxi: BEPUL
Ro‘yxatdan o‘tish shart

Yo‘nalish tanlang va ro‘yxatdan o‘ting:
Huquq + Ingliz tili
Ingliz tili + Matematika
Ingliz tili + Ona tili
Kimyo + Biologiya
Matematika + Ingliz tili
Matematika + Ona tili
Matematika + Fizika
Ona tili + Ingliz tili
Ona tili + Matematika
Ona tili + Tarix
Tarix + Geografiya
Tarix + Ingliz tili
Tarix + Ona tili
Biologiya + Ona tili
Biologiya + Kimyo
Kimyo + Matematika
Geografiya + Matematika
Boshqa yo‘nalish tanlash
Ruscha yo'nalishlarni tanlash

Testga ro‘yxatdan o‘tish:
Ro‘yxatdan o‘tish

Test yakunida sertifikat beriladi!
15.8K views09:55
Ochish/sharhlash
2024-04-17 20:20:58 #Eslatma

Rasman: Bu yilgi qabulda abituriyentlar 2 marta ro‘yxatdan o‘tadi

2024-yildan abituriyentlar uchun "avval test, keyin tanlov" tartibi amal qiladi. Bunda abituriyent avval imtihon topshirib, keyin to‘plagan balliga qarab OTM yo‘nalishlarini tanlaydi.

Yangi tartibga ko‘ra, ro‘yxatdan o‘tish 2 bosqichdan iborat bo‘ladi:

-bosqichda abituriyentlar agentlik tizimiga o‘zining shaxsiy ma’lumotlari bilan birgalikda faqatgina test topshirish fanlari, test topshirish tili va joyini tanlaydi. Lekin OTMlar va yo‘nalishlarni tanlamaydi. Dastlabki ma’lumotlar abituriyentlarning test sinovida ishtirok etishi uchun yetarli bo‘ladi xolos.

So‘ng abituriyentlar imtihonga kirib chiqadi. Mana shundan keyin abituriyentning qo‘lida o‘z to‘plagan balli bo‘ladi va u prognoz qila oladi.

To‘plagan ballari aniq bo‘lgach, shunga qarab 2-bosqichdagi ro‘yxatdan o‘tishda yo‘nalish tanlashadi.

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
18.3K viewsedited  17:20
Ochish/sharhlash
2024-04-17 19:36:51
O'qituvchi yoki talabamisiz

Zamonaviy dars o'tmoqchimisiz

Topshiriqlarni bajarishga qiynalayapsizmi


Imkoniyatdan foydalaning

Link:@slaydqilbot
15.4K views16:36
Ochish/sharhlash
2024-04-16 13:18:1320-APRELDA ONLAYN TEST BO'LADI!

Shanba, 20-aprel kuni @imtihonmarkazi tomonidan -onlayn test tashkil etiladi. Testda kirish imtihonlariga tayyorgarlik ko'rayotgan barcha abituriyentlar ishtirok etishi lozim!

Test vaqti: 20-aprel (kun davomida)
Test formati: Onlayn
Ishtirok etish narxi: BEPUL
Ro‘yxatdan o‘tish shart

Yo‘nalish tanlang va ro‘yxatdan o‘ting!

O'zbek tilida:
Huquq + Ingliz tili
Ingliz tili + Matematika
Ingliz tili + Ona tili
Kimyo + Biologiya
Matematika + Ingliz tili
Matematika + Ona tili
Matematika + Fizika
Ona tili + Ingliz tili
Ona tili + Matematika
Ona tili + Tarix
Tarix + Geografiya
Tarix + Ingliz tili
Tarix + Ona tili
Biologiya + Ona tili
Biologiya + Kimyo
Kimyo + Matematika
Geografiya + Matematika
Boshqa yo‘nalish tanlash

Rus tilida:
Права +Английский язык
Английский язык + Математика
Физика+Математика
Биология  + Химия
Химия+Математика
Химия + Биология
Биология+Русский язык
География+Математика
Английский язык+Русский язык
Математика+Английский язык
Математика+Русский язык
История+Русский язык
Выбрать другое направление

Testga ro‘yxatdan o‘tish:
Ro‘yxatdan o‘tish

Test yakunida sertifikat beriladi!
22.4K views10:18
Ochish/sharhlash
2024-04-16 12:12:30
Attestatsiyani onlayn kuzatadigan sayt ishga tushirildi

Pedagog kadrlarni attestatsiyadan o‘tkazish jarayonlarini shaffof tashkil etish maqsadida test sinovlarini to‘g‘ridan-to‘g‘ri efir (real vaqt rejimida) orqali kuzatib borish imkoniyati yaratildi.

Jarayonlarni kuzatish uchun havola

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
22.7K viewsedited  09:12
Ochish/sharhlash
2024-04-15 11:30:20
Toshkentda O’zbekiston-Tojikiston oliy taʼlim muassasalari rektorlarining II forumi o‘z ishini boshladi

O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan tashkil etilgan ushbu xalqaro anjuman “2030-yil: O‘zbekiston va Tojikistonda oliy ta’lim va ilm-fanni rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari” mavzusiga bag‘ishlandi.

Unda ikki tomondan 100 ga yaqin oliy ta’lim muassasalari rahbarlari, vazirlik hamda idoralar mas’ullari ishtirok etmoqda.

Anjuman davomida universitetlarning fan va ta’lim integratsiyasi, ilmiy tadqiqotlar yaqinlashuvi borasidagi O‘zbekiston va Tojikiston tajribasi muhokama qilinib, ta’lim sifatini ta’minlash, bilimlarni baholash va samarali boshqaruv masalalari bo‘yicha tajriba almashilmoqda. Shuningdek, O‘zbekiston va Tojikiston oliy ta’lim muassasalari o‘rtasidagi xalqaro aloqalar xususiyatlari bo‘yicha fikrlar tinglanib, hamkorlikdagi istiqbolli rejalar ko‘rib chiqilmoqda.

Forum yakunida oliy ta’lim, ilm-fan sohalarida hamkorlikni mustahkamlash, o‘zaro tajriba almashinuvni kengaytirish va manfaatli aloqalarning boshqa dolzarb yo‘nalishlari bo‘yicha 50 dan oshiq anglashuv memorandumi, bitim va “Yo‘l xaritalari” imzolanishi rejalashtirilgan.

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
16.8K views08:30
Ochish/sharhlash