Get Mystery Box with random crypto!

Ta'lim Huquqi

Telegram kanalining logotibi talim_huquqi — Ta'lim Huquqi T
Telegram kanalining logotibi talim_huquqi — Ta'lim Huquqi
Kanal manzili: @talim_huquqi
Toifalar: Taʼlim , Qarzlar, soliqlar va qonunlar
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 3.78K
Kanalning ta’rifi

Murojaat uchun: @Talim_huquqibot

Ratings & Reviews

4.33

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

2

4 stars

0

3 stars

1

2 stars

0

1 stars

0


Oxirgi xabar 2

2022-08-29 20:55:57 #Rasman

Samarqand shahridagi maktablarda o'quv jarayoni 19-sentyabr sanasidan boshlanadi

Bunga sabab sifatida sentabr oyida Samarqandda Shanxay Hamkorlik Tashkiloti davlat rahbarlarining oliy darajadagi navbatdagi Sammiti bo'lib o'tishi ko'rsatilgan.

Qoldirilgan dars soatlari o'quv yili davomida ta'tillar hisobidan to'ldiriladi.

@Talim_huquqi
1.4K viewsedited  17:55
Ochish/sharhlash
2022-08-29 08:44:39 Moliyaviy mustaqillik berilgan OTMlar ta’lim muassasalarida «Rektor stipendiyasi» joriy etiladi

Vazirlar Mahkamasining “OTM talabalariga to‘lanadigan stipendiyalar miqdorlarini belgilash hamda stipendiyalar tayinlash va to‘lash tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga qo‘shimcha kiritiladi.

Hujjat loyihasiga ko‘ra, Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 31 yanvardagi 59-son qarori quyidagilarni nazarda tutuvchi 5-ilova bilan to‘ldiriladi:

— o‘quvchilar, qizlar alohida qobiliyati va iqtidori munosib rag‘batlantirib boriladi;
— stipendiya sovrindorlari uchun mezonlar va ularga nisbatan ballar aniq belgilanadi;
— stipendiya sovrindorlari aniqlangandan so‘ng uni taqdim etish mexanizmlari ketma-ketligi aniq belgilanadi.


Tarkibida oliy ta’lim muassasalari bo‘lgan vazirlik va idoralar oliy ta’lim muassasalari tasarrufidagi o‘rta maxsus va professional ta’lim muassasalari o‘quvchilariga “Rektor stipendiyasi”ni tayinlash va to‘lashda shaffoflik, xolislikka to‘liq amal qilinadi.

Moliyaviy mustaqillik berilgan davlat oliy ta’lim muassasalariga o‘z tizimidagi o‘rta maxsus va professional ta’lim muassasalarida “Rektor stipendiyasi”ni joriy etish tavsiya etiladi.

Kun.uz

@Talim_huquqi
756 views05:44
Ochish/sharhlash
2022-08-29 06:15:47Toʻlov-shartnomalarni olish toʻliq raqamlashtirildi

Ma’lumki, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tizimida barcha jarayonlar raqamlashtirilib, abituriyentlar va talabalarga qulay sharoitlar yaratilmoqda.

Endilikda, birinchi bosqichga tavsiya etilgan talabalar ham yangi o‘quv yilining birinchi kunidan boshlab to‘lov-shartnomalarni elektron shaklda, ortiqcha ovvoragarchiliklarsiz onlayn olishlari mumkin.

Buning uchun vazirlikning kontrakt.edu.uz platformasidan foydalangan holda shartnomani osongina yuklab olish talab etiladi.

Shuningdek, belgilangan o‘tish balini to‘play olmagan, ammo tabaqalashtirilgan to‘lov-shartnoma asosida o‘qish istagini bildirgan talabgorlar uchun ham kontrakt.edu.uz platformasi orqali onlayn ariza berish va shartnomani onlayn rasmiylashtirishga yangi o‘quv yilining birinchi kunidan boshlab imkoniyat beriladi.

Platforma orqali ariza berish hamda shartnomani rasmiylashtirish jarayonlarini masofaviy amalga oshirish tartibi va muddatlari bo‘yicha batafsil ma’lumot beriladi.

2022-yil 5-sentabrdan boshlab barcha bosqich talabalari (bakalavr, magistr, superkontrakt) to‘lov-shartnomani onlayn yuklab, to‘lovni amalga oshirishlari mumkin.

@Talim_huquqi
1.4K views03:15
Ochish/sharhlash
2022-08-29 04:06:02
#Mandat_2022

Toshkent davlat yuridik universitetining barcha ta'lim yo'nalishlari bo'yicha o'tish ballari bilan tanishing:

Batafsil:
https://telegra.ph/Toshkent-davlat-yuridik-universiteti-08-28

@Talim_huquqi
1.1K views01:06
Ochish/sharhlash
2022-08-28 22:47:21 3+2 dasturi asosida Rossiyaga o‘qishga yuborilgan O‘zbekistonlik talabalar ko‘chada qolgani aytilmoqda

Ijtimoiy tarmoqlarda Rossiyada bo‘lib turgan yigirmaga yaqin yigit-qizlarning prezidentga murojaati tarqaldi. O‘zbekistonliklar Farg‘ona jamoat salomatligi tibbiyot instituti rahbariyati tomonidan aldanishgani, ayni paytda boshqa davlatda ko‘chada qolib ketganliklaridan shikoyat qilishadi.

Videomurojaat mualliflarining aytishicha, rossiyadagi mas’ullar o‘zbekistonlik talabalar tomonidan 3 yildan buyon to‘lab kelingan shartnoma pullarining bir so‘mi ham ularning hisobiga kelib tushmagani, shu bois ikki davlat o‘rtasida tuzilgan shartnoma bekor qilinganini ma’lum qilishgan.

Talabalarga ko‘ra, Farg‘ona jamoat salomatligi tibbiyot institutida bir yillik o‘qish narxi 3 ming dollarni tashkil etgan. Stomatologiya va davolash ishlari fakultetida o‘qish 3+2 shaklidagi qo‘shma dastur asosida tashkil etilishi aytilgan. Ya’ni talabalar 3 yil O‘zbekistonda, 2 yil esa Rossiyada tahsil olishlari kerak bo‘lgan.

Ma’lum bo‘lishicha, Rossiyadagi oliy ta’lim muassasasida o‘qimasligi aniq bo‘lib ulgurgan talabalar allaqachon Farg‘ona jamoat salomatligi tibbiyot instituti talabalari safidan chetlashtirib bo‘lishgan.

Rossiyada sarson bo‘layotgan o‘zbekistonlik talabalarning muammolari yuzasidan hozirgacha hech bir rasmiy idora bayonot bergani, munosabat bildirgani yo‘q. Hodisa yuzasidan oliy ta’lim vaziri Abduqodir Toshqulov, Sog‘liqni saqlash vaziri Behzod Musayev, Farg‘ona jamoat salomatligi tibbiyot instituti rektori Akmal Siddiqov zudlik bilan izoh berishi kerak!

@Talim_huquqi
1.1K views19:47
Ochish/sharhlash
2022-08-28 20:41:38 #Shunchaki_faxrlandim

Qorakoʻl akademik litseyining 219 nafar (99%) oʻquvchisi talabalikka tavsiya etildi

2021-2022 oʻquv yilida Buxoro Davlat universiteti Qorakoʻl akademik litseyini tamomlagan 221 nafar oʻquvchilardan 219 nafari (99,10%) mamlakatimizning turli oliy taʼlim muassasalariga talabalikka tavsiya etildilar. Mazkur taʼlim dargoh bitiruvchilari har yilgidanda samarali natija qayd etib, 86% yigit-qizlar davlat granti asosida talaba boʻldilar. Maʼlumot uchun, akademik litseyning 220 nafar oʻquvchilaridan 217 nafari ( 98,6 foiz) 2020-2021 yilda ham talabalikka tavsiya qilingandi.

@Talim_huquqi
1.2K views17:41
Ochish/sharhlash
2022-08-28 20:35:40 Imtihonlardan yetarli ball to‘play olmagan abituriyentlar va o‘qishni xorijiy davlatlardan davlat OTMlariga ko‘chiruvchi talabalar o'z hohishlariga ko'ra, super-kontrakt asosida o'qishlari mumkin.

Super-kontraktning miqdori quyidagicha:

Agar 0.1 balldan — 1.0 ballgacha yetmasa oddiy kontraktning 1.5 barobarini to'laydi;
Agar 1,1 baldan — 2,0  ballgacha yetmasa oddiy kontraktning 2 barobarini to'laydi;
Agar 2,1 baldan — 3.0 ballgacha yetmasa oddiy kontraktning 2.5 barobarini to'laydi;
Agar 3,1 balldan — 4.0 ballgacha yetmasa oddiy kontraktning 3 barobarini to'laydi;

Agar 4,0 balldan ortiq ball yetmasa va u 56.7 ball va undan ortiq ballni to'plagan bo'lsa tabaqalashtirilgan to'lov-kontraktning minimal miqdorini to'laydi. Bu miqdor yo'nalishlarga qarab bazavy kontraktning 8 barobardan 20 barobargacha belgilanishi mumkin.

Agar talaba 56.6 va undan kam ball to'plagan bo‘lsa yuqorida keltirib o‘tilgan tabaqalashtirilgan to'lov-kontraktining minimal miqdorining 2 barobarini to'laydi. Ya'ni super kontrakt 10 barobar etib belgilangan bo'lsa, 56.6dan kam to'plagan abituriyent 20 barobar to'laydi.

Toʻlov-kontrakt miqdori bilan tanishish...

O‘qishni ko‘chirish bo‘yicha o‘tish ballari...

@Talim_huquqi
2.1K viewsedited  17:35
Ochish/sharhlash
2022-08-28 20:12:44
Bahodir G‘aniyev — ta’limni inqirozga eltgan sabablar, adolatsiz test tizimi va “Kamolot” haqida

Bu yil oliy ta’limda o‘qishni reja qilib, testga kirgan 1 mln 73 ming 821 nafar abituriyentning 550 ming nafari (51,2 foiz) o‘tish ballining eng quyi chegarasi bo‘lgan 56,7 ballni ham to‘play olmadi.

https://kun.uz/uz/40436166

TO‘LIQ VIDЕONI KO‘RISH

@Talim_huquqi
1.0K views17:12
Ochish/sharhlash
2022-08-28 20:04:42 Magistraturaga tavsiya etilganlar quyidagi hujjatlarni OTMga taqdim etadi.

    1. Rektor nomiga ariza.
    2. Pasport nusxasi 4 dona (asli ko'rsatilgan holda).
    3. Diplom (ilovasi bilan birga) asl nusxasi.
    4. 3.5x4.5 foto 8 dona.
    5. Hujjatlar yig'ma jildi (papka).
    6. Konvert A5 formatida 2 dona.
    7. Imtiyoz asosida talabalikka tavsiya etilganlar uchun (imtiyoz beruvchi hujjatning asli, agar  bo'lsa).

@Talim_huquqi
1.0K views17:04
Ochish/sharhlash
2022-08-28 19:55:50 Talabalikga tavsiya etilganlar quyidagi hujjatlarni OTMga taqdim etadi.

Rektor nomiga ariza;
Pasport nusxasi (asli koʻrsatilgan holda;
Diplom yoki attestat (ilovasi bilan birga) asl nusxasi;
Til bilish darajasini tasdiqlovchi sertifikat (mavjud bo‘lsa) asli;
3,5x4,5 foto surat 6 ta;
Talabalar turar joyi uchun (OTMda belgilagan tartibda) ariza;
Imtiyoz asosida talabalikka tavsiya etilganlar uchun imtiyoz beruvchi hujjatning aslini;
Roʻyxatdan oʻtkazilgandagi abituriyent qayd varaqasi.

@Talim_huquqi
2.0K viewsedited  16:55
Ochish/sharhlash