Get Mystery Box with random crypto!

3+2 dasturi asosida Rossiyaga o‘qishga yuborilgan O‘zbekistonl | Ta'lim Huquqi

3+2 dasturi asosida Rossiyaga o‘qishga yuborilgan O‘zbekistonlik talabalar ko‘chada qolgani aytilmoqda

Ijtimoiy tarmoqlarda Rossiyada bo‘lib turgan yigirmaga yaqin yigit-qizlarning prezidentga murojaati tarqaldi. O‘zbekistonliklar Farg‘ona jamoat salomatligi tibbiyot instituti rahbariyati tomonidan aldanishgani, ayni paytda boshqa davlatda ko‘chada qolib ketganliklaridan shikoyat qilishadi.

Videomurojaat mualliflarining aytishicha, rossiyadagi mas’ullar o‘zbekistonlik talabalar tomonidan 3 yildan buyon to‘lab kelingan shartnoma pullarining bir so‘mi ham ularning hisobiga kelib tushmagani, shu bois ikki davlat o‘rtasida tuzilgan shartnoma bekor qilinganini ma’lum qilishgan.

Talabalarga ko‘ra, Farg‘ona jamoat salomatligi tibbiyot institutida bir yillik o‘qish narxi 3 ming dollarni tashkil etgan. Stomatologiya va davolash ishlari fakultetida o‘qish 3+2 shaklidagi qo‘shma dastur asosida tashkil etilishi aytilgan. Ya’ni talabalar 3 yil O‘zbekistonda, 2 yil esa Rossiyada tahsil olishlari kerak bo‘lgan.

Ma’lum bo‘lishicha, Rossiyadagi oliy ta’lim muassasasida o‘qimasligi aniq bo‘lib ulgurgan talabalar allaqachon Farg‘ona jamoat salomatligi tibbiyot instituti talabalari safidan chetlashtirib bo‘lishgan.

Rossiyada sarson bo‘layotgan o‘zbekistonlik talabalarning muammolari yuzasidan hozirgacha hech bir rasmiy idora bayonot bergani, munosabat bildirgani yo‘q. Hodisa yuzasidan oliy ta’lim vaziri Abduqodir Toshqulov, Sog‘liqni saqlash vaziri Behzod Musayev, Farg‘ona jamoat salomatligi tibbiyot instituti rektori Akmal Siddiqov zudlik bilan izoh berishi kerak!

@Talim_huquqi