Get Mystery Box with random crypto!

Ta'lim Huquqi

Telegram kanalining logotibi talim_huquqi — Ta'lim Huquqi T
Telegram kanalining logotibi talim_huquqi — Ta'lim Huquqi
Kanal manzili: @talim_huquqi
Toifalar: Taʼlim , Qarzlar, soliqlar va qonunlar
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 3.78K
Kanalning ta’rifi

Murojaat uchun: @Talim_huquqibot

Ratings & Reviews

4.33

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

2

4 stars

0

3 stars

1

2 stars

0

1 stars

0


Oxirgi xabar 3

2022-08-28 17:19:18 Apellatsiya arizalarini qabul qilish boshlandi

Oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovlari natijasidan norozi bo‘lgan abituriyentlardan apellatsiya arizalarini qabul qilish boshlandi.

Apellatsiya arizalari my.dtm.uz sayti orqali (abituriyentning shaxsiy kabinetida) onlayn tarzda qabul qilinmoqda va 6-sentabrga qadar (10 kun) davom etadi.

Abituriyent apellatsiya shikoyati berishi uchun test sinovida ishtirok etgan va test sinovidan chetlatilmagan bo‘lishi lozim.

Apellatsiya arizasini bergan abituriyentga uni ko‘rib chiqish sanasi va vaqti ko‘rsatilgan xabarnoma beriladi.

Abituriyent xabarnomada belgilangan vaqtda shaxsini tasdiqlovchi hujjat, xabarnoma va abituriyent ruxsatnomasi bilan Davlat test markaziga kelishi kerak.

Apellatsiya shikoyatlarini ko‘rib chiqish 2022-yil 7-sentabrdan boshlanadi.

Manba: Davlat test markazi

@Talim_huquqi
1.2K views14:19
Ochish/sharhlash
2022-08-28 11:31:43 5 yil pedagoglik stajiga ega o‘qituvchilar diqqatiga!

Davlat komissiyasining 1-son bayoni bilan 2022-2023-o‘quv yilida umumta’lim muassasalarida faoliyat yuritayotgan va oliy pedagogik ma’lumotga ega bo‘lmagan hamda kamida 5 yil pedagoglik stajiga ega bo‘lgan o‘qituvchilar uchun pedagogika oliy ta’lim muassasalarida bakalavriatning sirtqi ta’lim shakli bo‘yicha to‘lov-kontrakt asosida alohida maqsadli qabul ko‘rsatkichlarining oliy ta’lim muassasalari kesimidagi taqsimoti tasdiqlangan.

Unga ko‘ra kamida 5 yil pedagoglik stajiga ega bo‘lgan o‘qituvchilar uchun 14 ta pedagogika oliy ta’lim muassasasida jami 1000 ta maqsadli qabul parametrlari ajratilgan.

Mazkur qabul parametrlari test sinovi natijalariga ko‘ra 56,7 va undan yuqori ball to‘plagan, lekin talabalikka tavsiya etilmagan kamida 5 yil pedagoglik stajiga ega bo‘lgan o‘qituvchilar uchun qo‘llanadi.

Bunda tanlov Xalq ta’limi vazirligi tomonidan kamida 5 yil pedagoglik stajiga ega bo‘lgan o‘qituvchilar ro‘yxati Davlat test markaziga taqdim etilgandan so‘ng amalga oshiriladi.

@Talim_huquqi
1.6K views08:31
Ochish/sharhlash
2022-08-28 08:55:59
Beshta yoʻnalishdan istalgan birini tanlasa boʻladimi?

JAVOB: Yoʻq, tanlab boʻlmaydi.

Koʻpchilik beshta yoʻnalishga ham balim yetgan boʻlsa, istalgan birini tanlab oʻqiyman, deb oʻylayapti. Bu xato fikr.

Abituriyentlar hujjat topshirayotganda ustuvorlikni belgilagan holda beshta yoʻnalishni ketma-ket tanlashgan. Shuningdek, davlat granti va toʻlov-kontrakti boʻyicha ham ustuvorlikni allaqachon belgilab boʻlishgan.

Endi yakuniy javoblar chiqqandan keyin abituriyentlar oʻqishga kirgan yoʻnalishlarini oʻzgartira olishmaydi. Ustuvorlik boʻyicha qaysi yoʻnalishga kirganini kompyuterning oʻzi belgilab beradi. Mandat.dtm.uz saytida qaysi yoʻnalishning usti yashil, sariq yoki qizil rangga boʻyalib turgan boʻlsa, oʻsha yoʻnalishga kirgan boʻladi. Pastda ham kirgan yoʻnalishi nomi yozilgan boʻladi. Buni oʻzgartirib boʻlmaydi.

Shuningdek, ayrimlar allaqachon “perevod” haqida oʻylashni boshladi. Men falon joyga kiribman, shuni 1 yildan keyin piston joyga koʻchira olamanmi, degan savollar ham koʻpaydi. Yoʻq, boʻlmaydi. Perevodni oʻylab oʻtirmang. Agar hozir oʻqishga kirgan joyingiz yoqmasa yoki uzoqlik qilsa, 4 yil qiynalgandan koʻra, oʻqimay qoʻya qoling. Bunaqa joyni boshidanoq tanlamaslik kerak edi. Beshta yoʻnalish tanlash bu sizga berilgan huquq, lekin majburiyat emas.

Manba...

@Talim_huquqi
1.2K views05:55
Ochish/sharhlash
2022-08-27 22:55:16
Talaba bo‘lgan barchani tabriklaymiz! Sizlar uchn glavniga rasm.

@Talim_huquqi
1.8K views19:55
Ochish/sharhlash
2022-08-27 21:31:42
2022/2023 oʻquv yili uchun respublika oliy taʼlim muassasalari bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari va magistratura mutaxassisliklari boʻyicha bitta talabani toʻlov-kontrakt shaklida bir yillik oʻqitish qiymati miqdori.

@Talim_huquqi
1.7K views18:31
Ochish/sharhlash
2022-08-27 21:08:10 #Mandat

Yakuniy tanlov natijalari (mandat) e’lon qilindi

2022-2023-o‘quv yili
uchun oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovlari bo‘yicha tanlov natijalari e’lon qilindi.

Tanlov natijalarini 6 xil usulda bilish mumkin.

my.dtm.uz sayti orqali:

my.dtm.uz saytiga abituriyentning pasport seriyasi va raqami hamda shaxsiy identifikatsiya raqamini kiritgan holda.

mandat.dtm.uz sayti orqali:

mandat.dtm.uz saytining “Bakalavr-2022” bo‘limiga abituriyentning ID raqamini kiritgan holda.

SMS xabarnoma xizmati orqali:

5100
raqamiga abituriyentning ID raqami yuborilganda, mazkur telefon raqamiga tanlov natijalari bo‘yicha SMS xabarnoma yuboriladi (xizmat haqi mavjud).

Davlat test markazining quyidagi telegram botlari orqali (abituriyentning ID raqamini yuborgan holda):

@e_dtm_mandatbot
@e_dtm_mandat1bot
@e_dtm_mandat2bot
@e_dtm_mandat3bot
@e_dtm_mandat4bot

QR-kod orqali:

Abituriyent ruxsatnomasining quyi qismidagi QR-kod (natijani ko‘rish uchun havola) ni skaner qilgan holda.

Test natijalari qaydnomasi orqali:

Shuningdek, test natijalari qaydnomasi oliy ta’lim muassasalariga taqdim etiladi.

Manba: Davlat test markazi

@Talim_huquqi
2.0K viewsedited  18:08
Ochish/sharhlash
2022-08-27 11:02:34 MAKTAB LUG‘ATI

(hazilga o‘xshash chin)

DIREKTOR -  bir qo'lida qamchi va bir qo'li bilan хodimlari boshini silab turguvchi jon kuyar rahbar.

ZAVUCH - dars o'tilmay qolsa, hech kimni ayamaydigan haqiqat noziri.

ZAM DIREKTOR -  urmaydi, so'kmaydi, ammo vaziyatga ko'ra ish tutuvchi  donolar donosi.

ХO‘JALIK MUDIRI -  yalinmay ko'rchi, ja olasan naqd pulingni.

QOROVUL -  ofarin, tinchlik posbonlari.

FARROSHLAR -  siz borsizki, maktab sarishta.

KUTUBXOHACHI  - devon bekasi.

PSIXOLOG - hali bir to'хtamga kelinmagan soha.

YETAKCHI - tekin ishchi.

O‘QITUVCHI - manaviyat va ma'rifat, ongu-tafakkurning Sulton va malikalari.

ISH REJA -  har yili sanasi o‘zgartirilib qog‘ozga chiqariladigan matoh.

DARS TAHLILI -  qo‘ldan-qo‘lga o'tib, oхir -oqibat yo'q bo'lib ketadigan daftar.

OCHIQ DARS  - teatrlashtirilgan sahna ko‘rinishi.

DARS JADVALI  - kelishuvga asosan tuziladigan bitim.

USTAMA  - toshga sol, baxtingdan ko'r.

TEKSHIRUV  - nogahon tushgan tarsaki.

@Talim_huquqi
2.1K viewsedited  08:02
Ochish/sharhlash