Get Mystery Box with random crypto!

Ta'lim Yangiliklari | Rasmiy Kanal

Telegram kanalining logotibi talim_dtmuzb_uz — Ta'lim Yangiliklari | Rasmiy Kanal T
Telegram kanalining logotibi talim_dtmuzb_uz — Ta'lim Yangiliklari | Rasmiy Kanal
Kanal manzili: @talim_dtmuzb_uz
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 309.95K
Kanalning ta’rifi

Talimyangiliklari.uz Saytining Rasmiy Telegram kanali
Instagram: http://instagram.com/talim_xabarlari
Facebook: http://facebook.com/
Sayt: www.talimyangiliklari.uz
Reklama uchun: @bizda_rek

Ratings & Reviews

2.33

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

1

3 stars

0

2 stars

1

1 stars

1


Oxirgi xabar 4

2022-04-15 10:30:54
#Qabul2021

Bu yil OTMlarga davlat granti asosida qabul kvotalari 2 barobarga oshiriladi

Deputatlar bunga imkon beruvchi 2021-yilgi davlat budjeti qonuniga o‘zgartirish kiritish haqidagi qonun loyihasini qabul qildi.

Batafsil ma'lumot
https://t.me/+T7TzENqdSQfW9i71
40.8K views07:30
Ochish/sharhlash
2022-04-13 19:56:36
Яна Андижон...

Андижондаги мактаб директори қизларни рўмолларини ечишга мажбурламоқда.

Ижтимоий тармоқда тарқалган хабарларга кўра Андижон шаҳридаги 5-мактаб директори одамларни кўзига ташланмаслик учун асосий эшикни бекиттириб, орқа эшикдан қизларни эшик ёнига йиғиб, рўмолларини ечишга мажбурламоқда экан.

https://t.me/+T7TzENqdSQfW9i71
42.5K views16:56
Ochish/sharhlash
2022-04-13 11:43:28 Milliy sertifikat bo‘yicha malaka oshirish kursi

“Milliy sertifikat uchun test topshiriqlarini shakllantirish” bo‘yicha malaka oshirish kursi sanalari belgilandi.

Malaka oshirish kursi 36 soatga mo‘ljallangan bo‘lib, 15-16-17-aprel kunlari Qarshi shahrida bo‘lib o‘tadi.

Unda tinglovchilarga ona (o‘zbek) tili va adabiyot fanidan milliy sertifikat uchun test topshiriqlarini shakllantirish bo‘yicha nazariy va amaliy mashg‘ulotlar o‘tkaziladi.

Malaka oshirish kursi Davlat test markazi va Davlat test markazi huzuridagi Ilmiy-o‘quv amaliy markazining malakali mutaxassislari tomonidan o‘zbek tilida olib boriladi.

Malaka oshirish kurslarida ishtirok etish istagini bildirgan talabgorlar 15-aprel kuniga qadar my.dtm.uz sayti orqali onlayn ro‘yxatdan o‘tib, to‘lovni (405 000 so‘m) amalga oshirgan holda kurslarda ishtirok etishlari mumkin.

Murojaat uchun telefon: (95) 702-70-72.

Каналга уланиш:
https://t.me/+T7TzENqdSQfW9i71
41.7K views08:43
Ochish/sharhlash
2022-04-12 17:46:39
#Тезкор #Тарқатинг
Ўзбекистон олийгоҳларида стипендия энди ҳар ойнинг 5-санасига қадар берилади.

Ўзбекистон Республикаси Президенти томонидан имзоланган тегишли қарорга кўра, 2022 йил 1 майдан бошлаб стипендиялар ҳар ойнинг 5-санасига қадар берилади

Барча талабаларга етказинг!

Каналга уланиш:
https://t.me/+T7TzENqdSQfW9i71
42.2K views14:46
Ochish/sharhlash
2022-04-12 09:10:46
#Тезкор #Ажойиб_хабар

​ Камида 5 йиллик иш стажига эга Ўзбекистон аёллари олий ўқув юртларига имтиҳонсиз қабул қилинади

Таълим олгандан кейин улар яна 5 йил танлаган йўналиш бўйича ишлашлари керак бўлади.

Тавсия бир марта чиқарилади ва 3 йил давомида амал қилади. Аёллар Ўзбекистондаги бакалавриат олий ўқув юртларининг таълим йўналишига кириши мумкин бўлади.

П.С. Бу қарор олий ҳарбий ва ҳарбийлаштирилган таълим муассасалари, хорижий ва нодавлат ташкилотларга тааллуқли эмас.

https://t.me/+T7TzENqdSQfW9i71
46.0K views06:10
Ochish/sharhlash
2022-04-11 18:57:00 Pasport (ID karta)si bo'lmagan abituriyentlar hujjat topshiraolmaydi

Oliy ta’lim muassasalariga onlayn hujjat topshirish uchun bitiruvchilarning pasport (ID karta) ma’lumotlarini (jismoniy shaxsning shaxsiy identifikasiya raqami -JSHSHIR) kiritish talab etiladi. Shu bois, 16 yoshga to‘lgan bitiruvchilar o‘z vaqtida pasport (ID karta) olishlari zarur.

Bu jarayonda bitiruvchilarga yanada qulaylik yaratish maqsadida attestat.uzedu.uz elektron bazasi DTM abitur.dtm.uz sayti bilan integrasiya qilingan.

Ma’lumot uchun, joriy o‘quv yilida maktablarni 390 mingdan ortiq o‘quvchilar bitiradi. Bugungi kunda bitiruvchilarning elektron ma’lumotlar bazasi attestat.uzedu.uz saytida 16 yoshga to‘lgan 122 mingdan ortiq bitiruvchilar (31%) pasport olmagan.

https://t.me/+T7TzENqdSQfW9i71
42.0K views15:57
Ochish/sharhlash
2022-04-11 07:21:44
5 blokli test sinovlarida foydalaniladigan javoblar varaqasi (Titul) namunasini yuklab oling

Ushbu javoblar varaqasini chop eting va uni to‘g‘ri to‘ldirishni hozirdan mashq qilishni boshlang.

Unutmang: Javoblar varaqasi faqatgina bir marta beriladi. Xato qilgan abituriyentlarda boshqa imkoniyat mavjud bo‘lmaydi!


Barcha abituriyentlarga ulashing!
https://t.me/+T7TzENqdSQfW9i71
42.2K views04:21
Ochish/sharhlash
2022-04-10 18:07:27Testga kirish uchun 135 ming soʻm toʻlash kerak-mi ?

Savol: Kimlar toʻlov qiladi ?

Javob: Test sinovlari tashkil etilayotgan o‘quv yilidan avvalgi yillarda ta’lim muassasalarini tugatgan abituriyentlar test sinovlarida ishtirok etish uchun bazaviy hisoblash miqdorining yarim baravari (135.000 soʻm) miqdorida to‘lovni amalga oshiradilar.

Savol: Kimlar toʻlov qilmaydi ?

Javob: Yig‘im undirilmaydigan (to‘lovni amalga oshirmaydigan) abituriyentlar:

— Ta'lim muassasalari (maktab, litsey va kollejlar)ni 2022-yilda tamomlaganlar.
— Birinchi va ikkinchi guruh nogironligi bor shaxslar.
— Toʻliq davlat ta’minotidagi shaxslar.

Endilikda avvalgi yillarda tugatgan ehtiyojmand oilalar farzandlari ham toʻlovdan ozod etiladigan boʻldi. Buning tartibi endi ishlab chiqiladi. Katta ehtimol bilan “Temir daftar”ga kiritilgan oilalar farzandlariga ushbu imtiyoz qoʻllansa kerak.

Abituriyentlar

Каналга уланиш:
https://t.me/+T7TzENqdSQfW9i71
41.6K views15:07
Ochish/sharhlash
2022-04-10 12:26:14 Prezident qarori bilan oʻqishga kirish uchun yangi imtiyoz turi yaratildi.

“Vatan tayanchi” bolalar va oʻsmirlar harbiy-vatanparvarlik harakati faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida”gi prezident qarori qabul qilindi. Mudofaa vazirligi huzurida “Vatan tayanchi” bolalar va oʻsmirlar harbiy-vatanparvarlik harakati tashkil etildi.

Oʻqishga kirishda imtiyoz

Qarorga koʻra, maktablarda chaqiruvga qadar boshlangʻich tayyorgarlik fani oʻqituvchisi rahbarligida 10-11-sinf oʻquvchilaridan (tarkibi 20 nafar) iborat “Vatan tayanchi” otryadlari tuziladi. Oʻquvchilar unga ixtiyoriy aʼzo boʻladi.

2022/2023 oʻquv yilidan “Vatan tayanchi” harakatining faoliyatida faol ishtirok etgan hamda maktabni aʼlo baholarga tamomlagan har bir “Vatan tayanchi” otryadining bir nafar aʼzosiga Mudofaa vazirligi tomonidan belgilanadigan tanlab olish tartibiga muvofiq oliy harbiy taʼlim muassasasiga oʻqishga kirish uchun imtiyozli tavsiyanoma beriladi.

Tavsiyanomaga egalar respublika oliy harbiy taʼlim muassasalarining tegishli taʼlim yoʻnalishlariga oʻqishga kirishda test sinovlari natijalariga koʻra toʻplagan ballarining 5 foizi miqdorida qoʻshimcha ball shaklida imtiyozga ega boʻladi.

Tavsiyanomalar berilgan sanadan boshlab 3 yil mobaynida amal qiladi.
43.1K views09:26
Ochish/sharhlash
2022-04-10 10:13:00
#Qabul2021

Bu yil OTMlarga davlat granti asosida qabul kvotalari 2 barobarga oshiriladi

Deputatlar bunga imkon beruvchi 2021-yilgi davlat budjeti qonuniga o‘zgartirish kiritish haqidagi qonun loyihasini qabul qildi.

Batafsil ma'lumot
https://t.me/+T7TzENqdSQfW9i71
40.2K viewsedited  07:13
Ochish/sharhlash