Get Mystery Box with random crypto!

Prezident qarori bilan oʻqishga kirish uchun yangi imtiyoz tur | Ta'lim Yangiliklari | Rasmiy Kanal

Prezident qarori bilan oʻqishga kirish uchun yangi imtiyoz turi yaratildi.

“Vatan tayanchi” bolalar va oʻsmirlar harbiy-vatanparvarlik harakati faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida”gi prezident qarori qabul qilindi. Mudofaa vazirligi huzurida “Vatan tayanchi” bolalar va oʻsmirlar harbiy-vatanparvarlik harakati tashkil etildi.

Oʻqishga kirishda imtiyoz

Qarorga koʻra, maktablarda chaqiruvga qadar boshlangʻich tayyorgarlik fani oʻqituvchisi rahbarligida 10-11-sinf oʻquvchilaridan (tarkibi 20 nafar) iborat “Vatan tayanchi” otryadlari tuziladi. Oʻquvchilar unga ixtiyoriy aʼzo boʻladi.

2022/2023 oʻquv yilidan “Vatan tayanchi” harakatining faoliyatida faol ishtirok etgan hamda maktabni aʼlo baholarga tamomlagan har bir “Vatan tayanchi” otryadining bir nafar aʼzosiga Mudofaa vazirligi tomonidan belgilanadigan tanlab olish tartibiga muvofiq oliy harbiy taʼlim muassasasiga oʻqishga kirish uchun imtiyozli tavsiyanoma beriladi.

Tavsiyanomaga egalar respublika oliy harbiy taʼlim muassasalarining tegishli taʼlim yoʻnalishlariga oʻqishga kirishda test sinovlari natijalariga koʻra toʻplagan ballarining 5 foizi miqdorida qoʻshimcha ball shaklida imtiyozga ega boʻladi.

Tavsiyanomalar berilgan sanadan boshlab 3 yil mobaynida amal qiladi.