Get Mystery Box with random crypto!

Milliy sertifikat bo‘yicha malaka oshirish kursi “Milliy s | Ta'lim Yangiliklari | Rasmiy Kanal

Milliy sertifikat bo‘yicha malaka oshirish kursi

“Milliy sertifikat uchun test topshiriqlarini shakllantirish” bo‘yicha malaka oshirish kursi sanalari belgilandi.

Malaka oshirish kursi 36 soatga mo‘ljallangan bo‘lib, 15-16-17-aprel kunlari Qarshi shahrida bo‘lib o‘tadi.

Unda tinglovchilarga ona (o‘zbek) tili va adabiyot fanidan milliy sertifikat uchun test topshiriqlarini shakllantirish bo‘yicha nazariy va amaliy mashg‘ulotlar o‘tkaziladi.

Malaka oshirish kursi Davlat test markazi va Davlat test markazi huzuridagi Ilmiy-o‘quv amaliy markazining malakali mutaxassislari tomonidan o‘zbek tilida olib boriladi.

Malaka oshirish kurslarida ishtirok etish istagini bildirgan talabgorlar 15-aprel kuniga qadar my.dtm.uz sayti orqali onlayn ro‘yxatdan o‘tib, to‘lovni (405 000 so‘m) amalga oshirgan holda kurslarda ishtirok etishlari mumkin.

Murojaat uchun telefon: (95) 702-70-72.

Каналга уланиш:
https://t.me/+T7TzENqdSQfW9i71