Get Mystery Box with random crypto!

​Testga kirish uchun 135 ming soʻm toʻlash kerak-mi ? Savol: | Ta'lim Yangiliklari | Rasmiy Kanal

Testga kirish uchun 135 ming soʻm toʻlash kerak-mi ?

Savol: Kimlar toʻlov qiladi ?

Javob: Test sinovlari tashkil etilayotgan o‘quv yilidan avvalgi yillarda ta’lim muassasalarini tugatgan abituriyentlar test sinovlarida ishtirok etish uchun bazaviy hisoblash miqdorining yarim baravari (135.000 soʻm) miqdorida to‘lovni amalga oshiradilar.

Savol: Kimlar toʻlov qilmaydi ?

Javob: Yig‘im undirilmaydigan (to‘lovni amalga oshirmaydigan) abituriyentlar:

— Ta'lim muassasalari (maktab, litsey va kollejlar)ni 2022-yilda tamomlaganlar.
— Birinchi va ikkinchi guruh nogironligi bor shaxslar.
— Toʻliq davlat ta’minotidagi shaxslar.

Endilikda avvalgi yillarda tugatgan ehtiyojmand oilalar farzandlari ham toʻlovdan ozod etiladigan boʻldi. Buning tartibi endi ishlab chiqiladi. Katta ehtimol bilan “Temir daftar”ga kiritilgan oilalar farzandlariga ushbu imtiyoz qoʻllansa kerak.

Abituriyentlar

Каналга уланиш:
https://t.me/+T7TzENqdSQfW9i71