Get Mystery Box with random crypto!

Pasport (ID karta)si bo'lmagan abituriyentlar hujjat topshirao | Ta'lim Yangiliklari | Rasmiy Kanal

Pasport (ID karta)si bo'lmagan abituriyentlar hujjat topshiraolmaydi

Oliy ta’lim muassasalariga onlayn hujjat topshirish uchun bitiruvchilarning pasport (ID karta) ma’lumotlarini (jismoniy shaxsning shaxsiy identifikasiya raqami -JSHSHIR) kiritish talab etiladi. Shu bois, 16 yoshga to‘lgan bitiruvchilar o‘z vaqtida pasport (ID karta) olishlari zarur.

Bu jarayonda bitiruvchilarga yanada qulaylik yaratish maqsadida attestat.uzedu.uz elektron bazasi DTM abitur.dtm.uz sayti bilan integrasiya qilingan.

Ma’lumot uchun, joriy o‘quv yilida maktablarni 390 mingdan ortiq o‘quvchilar bitiradi. Bugungi kunda bitiruvchilarning elektron ma’lumotlar bazasi attestat.uzedu.uz saytida 16 yoshga to‘lgan 122 mingdan ortiq bitiruvchilar (31%) pasport olmagan.

https://t.me/+T7TzENqdSQfW9i71