Get Mystery Box with random crypto!

Mavsum boshlandi: o‘qishga kiritib qo‘yishni va’da qiladigan f | Ta'lim Bugun | Rasmiy

Mavsum boshlandi: o‘qishga kiritib qo‘yishni va’da qiladigan firibgarlar ham ko‘paydi

Bosh prokuratura huzuridagi Departament hamda DXX tomonidan o‘tkazilayotgan tezkor tadbirlarda:

Bag‘dod tumanida fuqaro M.Y. boshqa bir fuqaro N.ning ishonchiga kirib, uni 5 000 AQSH dollari evaziga Qo‘qon davlat pedagogika institutining jismoniy tarbiya fakultetiga o‘qishga kiritib qo‘yishni va’da qilib, shundan 3 000 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Nurafshon shahrida fuqaro M.U. boshqa bir fuqaro Sh’ni Rossiya Federatsiyasi Texnika universitetiga imtihonlarsiz o‘qishga kiritib, keyinchalik o‘qishini Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida ishlovchi tanishlari orqali ushbu universitetning 2-kursiga ko‘chirib qo‘yishni va’da qilib, evaziga 3 200 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Fuqaro O.T. fuqarolar F. va M’ni tanishlari yordamida Qarshi davlat universitetining “Tarix” va “Boshlang‘ich ta’lim” fakultetlariga o‘qishga kiritib qo‘yish evaziga jami 10 ming AQSh dollari olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Sariosiyo tuman Pedagogika kolleji direktori o‘rinbosari Sh.Q. fuqaro N’ni 5 million so‘m evaziga ushbu kollejga o‘qishga kiritib qo‘yishga yordam berishni va’da qilib, shundan 100 dollar olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Batafsil ma'lumot
https://t.me/+LI3U6MyrXg85Y2E6