Get Mystery Box with random crypto!

Talabalar Kanali Live | Rasmiy

Telegram kanalining logotibi talabalar_kanali_live — Talabalar Kanali Live | Rasmiy T
Telegram kanalining logotibi talabalar_kanali_live — Talabalar Kanali Live | Rasmiy
Kanal manzili: @talabalar_kanali_live
Toifalar: Taʼlim , Faktlar
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 59.73K
Kanalning ta’rifi

🎓 Siz Talaba va Abituriyentlarni o'zida jamlagan rasmiy kanaldasiz.
Biz bilan talabalikning haqiqiy onlarini his qiling!
Reklama uchun: @Advertisingmarket
Savol, Murojaatlar:👉 @Talabalarmurojat_bot

Ratings & Reviews

4.33

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

2

4 stars

0

3 stars

1

2 stars

0

1 stars

0


Oxirgi xabar 304

2021-05-16 11:49:08
Tarjimonlik qilish orqali pul topsa bo'ladimi?

Tarjimon hozir televideniye, radio, jurnalistik markazlar va YouTube kanallar uchun suv va havodek inson. Nega axir Google Translate bor-ku? deysiz. Ha bor ammo uning tarjimasi va inson qilgan tarjimada katta farq bor)

• Tarjimon bo'lib oyiga $1000+ topuvchilar bor. Eng qiziq joyi shundaki, ularning "главный" ishi tarjimonlik emas.

Tarjimon bo'lish uchun sizdan quyidagilar talab qilinadi:
–O'z ona tiliini yaxshi bilishi;
–Boshqa biror chet tili(ingliz, rus, xitoy, yapon, arab...) yaxshi bilishi;
–Agar imkoni bo'lsa ana shu tillardan qanchalik bilish sertifikati bo'lishi;
Misol uchun: IELTS, TOEFL, CEFR kabilar;
–Va biroz uddaburon bo'lishi.

Tarjimonlar har xil bayga ko'ra ishlaydilar. Ba'zilar soatbay, boshqalar esa matnbay. Matn bo'yicha bo'ladigan bo'lsa bir dona o'rtacha 500 ta so'zgacha bo'lgan matnni 100–150 ming so'mgacha qilishadi. Soatbayda esa bir soatga 30–100 ming so'mgacha ishlaydiganlari ham bor.

Bizga qo‘shiling
@Talabalar_kanali_live
16.4K views08:49
Ochish/sharhlash
2021-05-16 11:47:37 #Qisqa_Hikoyalar

Dunyodagi eng qisqa 11 ta hikoyani bilasizmi?
– Ularning hajmi kichik, mazmuni esa juda katta yechimga ega! Marhamat ular bilan tanishib chiqing, ma'nosini tushinishga harakat qiling.
15.6K views08:47
Ochish/sharhlash
2021-05-16 11:10:08 #Rasman Muhammad al-Xorazmiy nomidagi TATU Farg'ona filiali 17-may sanasidan boshlab darslar an'anaviy ta'lim(offline)ga jarayoniga o'tadi. @Talabalar_kanali_live Barchaga tarqating  https://t.me/joinchat/lUj_w7YQDuozODgy
15.9K viewsedited  08:10
Ochish/sharhlash
2021-05-16 06:38:31 2021/2022 o‘quv yilidan abituriyentlar cheklanmagan tarzda ta’lim yo‘nalishini tanlashi mumkin

Bu haqda Davlat test markazi direktori Majid KARIMOV O‘zA muxbiriga bergan intervyusida ma’lum qildi.

2021/2022 o‘quv yili qabulidagi test sinovlarida oliy va professional ta’lim muassasalariga kirish test sinovlarida ishtirok etgan abituriyentlar uchun cheklanmagan miqdorda ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha tanlovda ishtirok etish huquqini yaratiladi.

Bunda to‘plagan ballari bilan tanlov bosqichida abituriyent avvalgidek 5 tagacha emas, balki test sinovi topshirgan fanlar majmui mos keladigan cheklanmagan miqdorda ta’lim yo‘nalishlarini tanlashi mumkin bo‘ladi va o‘qishga kirish imkoniyati keskin oshadi.

Avvalo aytish kerakki, 3 yil oldin, 2018 yilgacha abituriyentlar bor-yo‘g‘i faqat bitta ta’lim yo‘nalishini tanlashi mumkin edi. 2019 yilda bu ko‘rsatkich 3 ta ni, 2020 yilda esa 5 tani tashkil etdi. Bunda avvalo “cheksiz tanlov” iborasi xohlagan ta’lim yo‘nalishini tanlashni anglatmaydi va bunday o‘zgarishni joriy etish uchun test sinovi topshiriladigan fanlarga, ularning ketma-ketligidan qat’i nazar, bir xil ball berilishi talab etiladi.

Kengroq tushuntirilganda, “cheksiz tanlov” faqat test sinovi topshiriladigan fanlari bir xil bo‘lgan ta’lim yo‘nalishlari doirasida amal qiladi, deydi DTM rahbari Majid Karimov.

@Talabalar_kanali_live
Barchaga tarqating
 https://t.me/joinchat/lUj_w7YQDuozODgy
16.9K views03:38
Ochish/sharhlash
2021-05-12 20:00:22
Ayollar erkaklarni birinchi ko'rganida qayeriga qarashadi ?

P.s Iltimos bu maktab bolalari orasida tarqab ketmasin sababi qizlar yigitlarning..
5.9K viewsTalabalar kanali | Admin𓅂, 17:00
Ochish/sharhlash
2021-05-12 19:24:17 #Rasman

O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida bitiruvchilardan boshqa barcha kurslar o'quv yilini masofaviy tarzda yakunlaydi. Bitiruvchilar imtihonlarni va diplom himoyalarini offlayn topshiradilar.

@Talabalar_kanali_live
Barchaga tarqating
 https://t.me/joinchat/lUj_w7YQDuozODgy
6.5K viewsedited  16:24
Ochish/sharhlash
2021-05-12 17:50:20
Samarqand davlat chet tillar instituti Axborot xizmatining o‘quv jarayonlari masofaviy (onlayn) shaklda davom etishi to‘g‘risidagi RASMIY BAYONOTI

Samarqand davlat chet tillar institutida bakalavr 1-, 2-, 3-bosqich talabalari (kechki, kunduzgi) va 1-bosqich magistrantlar uchun o‘quv jarayonlari onlayn shaklda davom ettirilib, 2020/2021 o‘quv yili onlayn shaklda yakunlanadi.

Bakalavriyat 4-bosqich talabalarining Yakuniy davlat attestasiya sinovlari sanitariya-gigiyena qoidalariga to‘liq amal qilgan holda MOODLE platformasi orqali onlayn shaklda o‘tkaziladi.

Bitiruvchi 4-bosqich talabalarining BMI va 2-bosqich magistrlarning MD himoyalari ham institutda tasdiqlangan jadval asosida an’anaviy tarzda o‘tkaziladi.

@Talabalar_kanali_live
Barchaga tarqating
 https://t.me/joinchat/lUj_w7YQDuozODgy
7.4K viewsedited  14:50
Ochish/sharhlash
2021-05-12 17:31:13
IQ darajasi 150 dan yuqori bo'lgan odamlar uchun

Odamlarning atigi 5% to'g'ri javobni berishadi

Qaysi biri qiz?
5.8K views14:31
Ochish/sharhlash
2021-05-12 17:00:45
Begona qo'ng'iroq

Bir yosh qiz katta eski uyda bolalarga qarayotgan edi. Bolalar yotoqda edi, u televizor ko'rayotgan paytda telefon jiringladi. Tefon qilgan kishi ovoz chiqarib shunchaki kulib qo'ydi va go'shakni qo'ydi. Bir necha daqiqadan so'ng, telefon yana jiringladi va erkaklarning xirillagan ovozi: "Siz hali bolalarni tekshirmadingizmi?" U kimligini so'radi, lekin u shunchaki kulib qo'ydi va yana go'shakni qo'ydi.U juda qo'rqib ketdi va politsiyani chaqirdi. Politsiya unga masxarabozlik qilmang hech narsa bo'lgani yo'q deyishdi, ammo agar bu holat yana takrorlanadigan bo'lsa, ular qo'ng'iroqni kuzatib borishini aytishdi. Haligi ovoz Qayta qo'ng'iroq qilib, bolalarni tekshirdingizmi, deb so'raganidan so'ng, u telefonni qo'ydi. Bir necha daqiqadan so'ng politsiya uni chaqirib,
Bu yerda....
6.4K views14:00
Ochish/sharhlash
2021-05-12 16:01:38
#Rasman

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti 17-maydan barcha magistratura 1- bosqich va bakalavr 1,2,3 kurs talabalari darslarni an'anaviy davom ettirishadi.

Shuningdek 4-kurslar esa masofaviy bitirishadi!

@Talabalar_kanali_live
Barchaga tarqating
 https://t.me/joinchat/lUj_w7YQDuozODgy
7.1K viewsedited  13:01
Ochish/sharhlash