Get Mystery Box with random crypto!

Oʻzbekistonda Fuqaro aviatsiyasi uchuvchilarini tayyorlash mak | Talabalar Kanali Live | Rasmiy

Oʻzbekistonda Fuqaro aviatsiyasi uchuvchilarini tayyorlash maktabi ochiladi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarori (PQ-5100, 30.04.2021 y.)ga asosan Fransiya Fuqaro aviatsiyasi milliy maktabi (ENAC) bilan birgalikda Toshkent davlat transport universiteti tarkibida Fuqaro aviatsiyasi uchuvchilarini tayyorlash maktabi tashkil etiladi.

Qarorga koʻra, maktabda taʼlim faoliyati 2021/2022-oʻquv yilidan boshlanadi hamda dastlab, qoʻshma taʼlim dasturlari (double degree) asosida “Havo kemalarining parvoz ekspluatatsiyasi” bakalavr taʼlim yoʻnalishi boʻyicha kadrlar tayyorlanadi.

Maktabda talabalar oʻqishi uchun toʻlov-kontrakt miqdori Fransiyaning Fuqaro aviatsiyasi milliy maktabi bilan kelishilgan holda Toshkent davlat transport universiteti tomonidan belgilanadi.

Maktab bitiruvchilariga Fransiyaning Fuqaro aviatsiyasi milliy maktabining belgilangan namunadagi diplomi beriladi va u Oʻzbekistonda oliy maʼlumot toʻgʻrisidagi hujjat sifatida eʼtirof etiladi.

@Talabalar_kanali_live
Barchaga tarqating
 
https://t.me/joinchat/lUj_w7YQDuozODgy