Get Mystery Box with random crypto!

UzDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ ● vizitka

Telegram kanalining logotibi talabalar_kanali_24 — UzDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ ● vizitka U
Telegram kanalining logotibi talabalar_kanali_24 — UzDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ ● vizitka
Kanal manzili: @talabalar_kanali_24
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 443
Kanalning ta’rifi

O'zbekiston Davlat Jahon Tillari Universiteti Talabalari
Telegram 👉 https://t.me/Talabalar_kanali_24
Instagram 👉 https://instagram.com/uzdjtu_official/

Ratings & Reviews

3.00

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

1


Oxirgi xabar 4

2022-06-15 22:35:20 Qabul kvotalari tasdiqlandi

2022/2023 o‘quv yili uchun davlat oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilishning davlat buyurtmasi parametrlari quyidagicha tasdiqlandi:

bakalavrlar tayyorlash bo‘yicha:

kunduzgi ta’lim shakliga – 77 477 nafar;

sirtqi ta’lim shakliga – 26 095 nafar;

kechki ta’lim shakliga – 3 725 nafar;

masofaviy ta’lim shakliga – 3 410 nafar;

magistrlar tayyorlash bo‘yicha – 10 688 nafar.

Moliyaviy mustaqillik berilgan davlat OTMlarining kuzatuv kengashlariga hamda qabul parametrlarini Vasiylik kengashi qarori bilan tasdiqlash vakolati berilgan oliy ta’lim tashkilotlariga tegishli qabul parametrlarini 2022-yil 20-iyunga qadar tasdiqlash tavsiya etildi.

Barchaga yuboring
@Talabalar_kanali_24
2.4K views19:35
Ochish/sharhlash
2022-06-15 22:33:41 #rasman

Bu yilgi
qabul jarayonlari 20-iyundan boshlanadi

Prezidentning tegishli qaroriga asosan, davlat oliy ta’lim muassasalariga qabul jarayonida abituriyentlarni onlayn ro‘yxatdan o‘tkazish Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali va Davlat test markazining rasmiy veb-sayti orqali har yili 20-iyundan 20-iyulga qadar (20-iyul kuni ham), chet tili fanidan kasbiy (ijodiy) imtihon o‘tkaziladigan bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha esa 10-iyulga qadar (10-iyul kuni ham) amalga oshiriladi.

Barchaga yuboring
@Talabalar_kanali_24
2.4K views19:33
Ochish/sharhlash
2022-06-15 15:37:01 Bu yilgi o'qishni ko'chirish imtihonlari 5 ta fandan bo'lib o'tadi. 3 ta majburiy va 2 ta mutaxassislik fanlari.

Jumladan:
Mutaxassislik fanlari: 20 tadan savol 3,15 ball
Majburiy bloklar: 10 tadan savol 2,1 ball (ona-tili, O'zbekiston tarixi, matematika)

Umumiy 70 ta savol. Maksimal to'plash mumkin bo'lgan ball - 189 ballni tashkil etadi.

O'qishni ko'chirish uchun test sinovlari abituriyentlarnikidan farq qilishi mumkin.

Barchaga yuboring
@Talabalar_kanali_24
3.0K views12:37
Ochish/sharhlash
2022-06-15 10:40:02
Nikohi qayd etilganiga 3 yildan oshmagan yoshlarga yakka tartibdagi o‘z xonadonida qo‘shimcha uy-joy qurish uchun 33 mln so‘mgacha garovsiz kredit ajratiladi.

Hukumat qarori (312-son, 07.06.2022 y.)

Barchaga yuboring
@Talabalar_kanali_24
3.3K views07:40
Ochish/sharhlash
2022-06-15 07:32:35 Talaba farzandli bo'lganida OTM tomonidan unga 490.000 so'm nafaqa puli beriladi

"Davlat ijtimoiy sug‘urtasi bo‘yicha nafaqalar tayinlash va to‘lash tartibi to‘g‘risida" nizomga asosan quyidagi qoidalar belgilangan:

Ishlayotgan ayollarga, hamda ishlab chiqarishdan ajralgan holda oliy, oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlim muassasalarida, magistratura, aspirantura, klinik ordinatura, doktoranturada tahsil olayotgan ayollarga bola tugʻilganda beriladigan bir martalik nafaqa tegishlicha ish yoki oʻqish joyidan toʻlanadi.

Talaba OTMga arizani bola tug'ilgan kunidan boshlab olti oydan kechiktirmay taqdim etadi va unga rahbariyat tomonidan belgilangan nafaqa pulini 10 kundan kechiktirmay to'lab berish majburiy hisoblanadi. Hozirgi kunda nafaqa puli miqdori bazaviy hisoblash miqdorining 2 baravarini (490.000 so'mni) tashkil etadi.

Nafaqani olish uchun quyidagi hujjatlar taqdim qilinadi:

• OTM rektori nomiga ariza;
• Pasport nusxasi;
• Tug'ilganlik haqida guvohnoma nusxasi.

Agar bolaning onasi ishlamaydigan va o‘qimaydigan hollarda nafaqa bolaning ishlaydigan yoki ishlab chiqarishdan ajralgan holda o‘qiydigan otasi yoki ota-ona o‘rnini bosuvchi shaxslarga to‘lanadi.

Barchaga yuboring
@Talabalar_kanali_24
3.3K views04:32
Ochish/sharhlash
2022-06-14 13:15:22 O'QISHNI KO'CHIRISHDA SUPER KONTRAKT MIQDORI QANCHA

Imtihonlardan yetarli ball ololmay qolgan talabalar o'z xoxishlariga ko'ra, super-kontrakt asosida o'qishlari mumkin. Uning miqdorini quyidagicha hisoblashingiz mumkin.

Agar 0.1 balldan — 1.0 ballgacha yetmasa oddiy kontraktning 1.5 barobarini to'laydi;
Agar 1,1 baldan — 2,0 ballgacha yetmasa oddiy kontraktning 2 barobarini to'laydi;
Agar 2,1 baldan — 3.0 ballgacha yetmasa oddiy kontraktning 2.5 barobarini to'laydi;
Agar 3,1 balldan — 4.0 ballgacha yetmasa oddiy kontraktning 3 barobarini to'laydi;

Agar 4,0 balldan ortiq ball yetmasa va u 56.7 ball ballni to'plagan bo'lsa tabaqalashtirilgan to'lov-kontraktning minimal miqdorini to'laydi. Bu miqdor yo'nalishlarga qarab 8 barobardan 20 barobargacha tashkil etadi

Agar talaba 56.6 va undan kam ball to'plaganlar tabaqalashtirilgan to'lov-kontraktining minimal miqdorining 2 barobarini to'laydi. Ya'ni super kontrakt 10 barobar bo'lsa, 56.6dan kam to'plaganlar 20 barobar to'laydi.

Barchaga yuboring
@Talabalar_kanali_24
2.0K views10:15
Ochish/sharhlash
2022-06-14 11:02:01
Chet tili sertifikati uchun bo'ladigan imtihon sanalari e’lon qilindi

Chet tilini bilish darajasini aniqlash uchun o‘tkaziladigan test sinovi sanalari e’lon qilindi. Bu haqda DTM xabar bermoqda.

Unga ko‘ra, test sinovining yozma qismi 16-17-18-iyun kunlari, gapirish ko‘nikmasini baholash imtihonlari esa 20-28-iyun (26-iyundan tashqari) kunlari o‘tkaziladi.

Test sinovlari barcha hududlarda, jumladan Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida bo‘lib o‘tadi.

Talabgorlar imtihon joyi, kuni va aniq vaqtini my.gov.uz sayti orqali “Mening arizalarim” bo‘limidan bilishlari va ruxsatnomani yuklab olishlari mumkin.

Talabgorlardan test sinovi o‘tkaziladigan hududga belgilangan vaqtdan kamida yarim soat oldin shaxsini tasdiqlovchi hujjat bilan kelishlari so‘raladi.

Barchaga yuboring
@Talabalar_kanali_24
2.5K views08:02
Ochish/sharhlash
2022-06-13 22:01:26 Vazir o‘qishni ko‘chirish (ichki "perevod") bo‘yicha kiritilayotgan o‘zgartirishlarning asosiy sabablarini tushuntirdi.

– ta’lim sifatiga ta’siri;
– "Akademik mobillik" tizimini joriy etish;
korrupsion holatlarning oldini olish;
– imtiyozlarning suiiste’mol qilinishiga yo‘l qo‘ymaslik;
– tizimning shaffofligini oshirish.

Edu.uz

Barchaga yuboring
@Talabalar_kanali_24
1.1K views19:01
Ochish/sharhlash
2022-06-13 20:48:33
"Er o'zi nimaga kerak" – degan savolga javob topshibdi

O'qishini ko'chirmoqchi bo'lgan talaba qizlarga sekingina yuborib qo'yamiz

Barchaga yuboring
@Talabalar_kanali_24
1.9K views17:48
Ochish/sharhlash
2022-06-13 18:09:50
Talabalar to‘lagan kontrakt pulidan 12% qaytarib olish huquqiga ega!

Soliq chegirmasini olish uchun to‘lov quyidagilar hisobidan amalga oshirilganda taqdim etiladi:

o‘z mablag‘lari;
jismoniy shaxsga tijorat banklari tomonidan berilgan ta’lim kreditlari;
yuridik shaxslar tomonidan jismoniy shaxslarga qaytarish sharti bilan berilgan mablag‘lari.


To‘lov ish haqidan emas, mustaqil amalga oshirilganda yillik daromad to‘g‘risidagi deklarasiyani topshirgan holda soliq chegirmasidan foydalanish mumkin.

Soliq chegirmasiga bo‘lgan huquqni tasdiqlash uchun quyidagilar taqdim etiladi:

to‘lovli-kontrakt asosida o‘qitish to‘g‘risida tuzilgan shartnoma nusxasi;
bank bilan ta’lim kreditini olish uchun tuzilgan shartnoma nusxasi;
OTM hisob raqamiga pul mustaqil to‘laganligini tasdiqlovchi hujjatlar nusxasi;
pasport nusxasi va talabaning tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnomasi nusxasi.


Manba: Soliq Kodeksi 378 - modda. 16 - band

Barchaga yuboring
@Talabalar_kanali_24
2.8K views15:09
Ochish/sharhlash