Get Mystery Box with random crypto!

UzDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ ● vizitka

Telegram kanalining logotibi talabalar_kanali_24 — UzDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ ● vizitka U
Telegram kanalining logotibi talabalar_kanali_24 — UzDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ ● vizitka
Kanal manzili: @talabalar_kanali_24
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 443
Kanalning ta’rifi

O'zbekiston Davlat Jahon Tillari Universiteti Talabalari
Telegram 👉 https://t.me/Talabalar_kanali_24
Instagram 👉 https://instagram.com/uzdjtu_official/

Ratings & Reviews

3.00

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

1


Oxirgi xabar 3

2022-06-18 16:13:04 «Perevod» bo'yicha kengroq tushuntirish

Quyidagi tushuntirishlarimiz Prezident qaroriga asoslangan, ya'ni rasmiy kuchga ega.

Bir davlat OTMdan boshqa davlat OTMga o'qishni ko'chirish

Bunday holda faqat 2 ta vaziyatda ruxsat beriladi:

1) talaba oila qursa va turmush o'rtog'i doimiy yashaydigan hududdagi OTMga ko'chmoqchi bo'lsa;

2) davlat xizmatchisi ish yuzasidan boshqa hududga ko'chsa va turmush o'rtog'i yoki voyaga yetmagan farzandining o'qishini o'sha hududga ko'chirmoqchi bo'lsa (ishga kirgan vazirlik xati asosida).

Boshqa holda “ichki perevod”ga ruxsat yo'q. Boshqa hududga ham, o'z hududidagi boshqa OTMga ham.

Xorijdan o'qishni ko'chirish

Bunda o'tgan yilgi tartib saqlanib qolgan:

1) mos va turdosh yo'nalishga test yoki ijodiy imtihon topshiradi hamda o'tish balini to'plash talab etiladi;

2) o'tish balini to'play olmasa, super-kontrakt shartlari asosida o'qishini ko'chirishga ruxsat beriladi;

3) xorijdan mos va turdosh bo'lmagan yo'nalishga o'qishni ko'chirishga ruxsat berilmaydi.

O'zbekistondagi xorijiy va nodavlat OTMlardan o'qishni ko'chirish

Bunda ham o'tgan yilgi eskicha tartib saqlanib qolgan:

1) mos va turdosh yo'nalishga test yoki ijodiy imtihon topshiradi hamda o'tish balini to'plash talab etiladi;

2) o'tish balini to'play olmasa, super-kontrakt shartlari asosida o'qishini ko'chirishga ruxsat beriladi;

3) mos va turdosh bo'lmagan yo'nalish uchun esa bir martalik "super-kontrakt" to'lab ko'chirishi mumkin.

Davlat OTMdan nodavlat OTMga o'qishni ko'chirish

Buni davlat nazorat qilmaydi, buning tartibini nodavlat OTMlarning o'zi mustaqil belgilaydi. Nodavlat OTMga o'qishni ko'chirish mumkin yoki mumkin emasligini o'sha OTMning o'zidan aniqlashtiring.

Nodavlat OTMdan nodavlat OTMga o'qishni ko'chirish

Buni ham davlat nazorat qilmaydi, tartibini ko'chirmoqchi bo'linayotgan nodavlat OTMdan aniqlashtirish kerak.

Xorijdan nodavlat OTMga o'qishni ko'chirish

Buni ham davlat nazorat qilmaydi, tartibini ko'chirmoqchi bo'linayotgan nodavlat OTMdan aniqlashtirish kerak.

xushnudbek

Barchaga yuboring
@Talabalar_kanali_24
1.8K views13:13
Ochish/sharhlash
2022-06-18 13:25:04
Magistratura

"Magistraturaga kiruvchi magistrantlarning ingliz tilini bilish darajasi kerak bo'lsa, IELTS nima uchun qilinyapti, o'quv markazlarni boyitish uchun emasmi?"

Qalampir.uz muxbirini yuqoridagi savoliga Oliy va o'rta maxsus ta'lim vaziri A.Toshqulov javob berdi.

Barchaga yuboring
@Talabalar_kanali_24
2.2K views10:25
Ochish/sharhlash
2022-06-18 07:23:50
Xorijdan o'qishni ko'chirish imtihoni DTM ixtiyoriga topshirildi

Xorijdan o'qishni ko'chirishda 2022-yil o'tish bali 70dan 140 ballgacha etib belgilandi.

Barchaga yuboring
@Talabalar_kanali_24
2.5K views04:23
Ochish/sharhlash
2022-06-17 13:58:01 #Qabul_2022 #Kvota

MAGISTRATURA BOʻYICHA 10 688 TA KVOTA OTM KESIMIDA TASDIQLANDI
.

Ilovada 2022/2023 oʻquv yilida 81 ta davlat oliy taʼlim muassasasining magistraturasiga davlat buyurtmasi asosida oʻqishga qabul qilish parametrlari bilan tanishing.

Barchaga yuboring
@Talabalar_kanali_24
1.9K views10:58
Ochish/sharhlash
2022-06-17 07:01:45 #abituriyent

Қабул квоталари-2022

БАКАЛАВРИАТ

КУНДУЗГИ

Матнни қидириш имконияти бор

Бу ҳали якуний квоталар эмас.
Бу қарорда шунчаки умумий рақамлар келтирилган холос. Тез кунда тиллар кесимида (ўзбек, рус, қорақалпоқ ва ҳ.к.) қайта бўлиб чиқилади.

Бундан ташқари молиявий мустақиллик берилган ОТМларда фақат грант ўрни кўрсатилган, улар тўлов-контракт квоталарини ўзлари ишлаб чиқади, бу ерда йўқ.


Barchaga yuboring
@Talabalar_kanali_24
2.6K views04:01
Ochish/sharhlash
2022-06-16 23:16:13
JUMA AYYOMI MUBORAK BOʻLSIN!

Yaxshi amal jannatga yoʻlak,
Savoblarning sovgʻasi boʻlak,
Chin yurakdan bildiray tilak,
JUMA ayyomingiz boʻlsin muborak!

JUMA MUBORAK!

Yaqinlaringizni birinchi boʻlib tabriklash esdan chiqmasin

Barchaga yuboring
 @Talabalar_kanali_24
888 views20:16
Ochish/sharhlash
2022-06-16 13:33:22
O‘zbekistonda CEFR sertifikati uchun imtihonlar bepul bo‘lishi mumkin.

Bugun, Axborot va ommaviy kommunikasiyalar agentligida bo‘lib o‘tgan anjumanda Oliy va o‘rta-maxsus ta’lim vaziri Abduqodir Toshqulov O‘zbekistonda chet tilini bilish darajasini belgilovchi CEFR sertifikati uchun imtihonlar bepul bo‘lishi mumkinligini ma’lum qildi.

Barchaga yuboring
@Talabalar_kanali_24
1.0K views10:33
Ochish/sharhlash
2022-06-16 08:46:01 "Perevod" bo'yicha yangiliklar

O'zAning (@uzauz) xabar berishicha, Prezident qaroriga asosan, “perevod” bo’yicha avval xabar berilgan tartib tasdiqlandi. Ya’ni “ichki perevod”da bir davlat OTMdan boshqasiga o’tishga faqat 2 ta holatda ruxsat beriladi:

1) talaba oila qursa va turmush o'rtog'i doimiy yashaydigan hududdagi OTMga ko'chmoqchi bo'lsa;

2) davlat xizmatchisi ish yuzasidan boshqa hududga ko’chsa va turmush o'rtog'i yoki voyaga yetmagan farzandining o'qishini o'sha hududga ko'chirmoqchi bo'lsa.

Boshqa holda “ichki perevod”ga ruxsat yo’q.

Xorijdan o'qishni ko'chirishdagi tartib eskicha saqlanib qolgan:

1) mos va turdosh yo'nalishga test yoki ijodiy imtihon topshiradi hamda o'tish balini olishi talab etiladi;
2) mos va turdosh bo'lmagan yo'nalishga o'qishni ko'chirishga ruxsat berilmaydi.

O'zbekistondagi xorijiy va nodavlat OTMlardan o'qishni ko'chirishda ham eskicha tartib saqlanib qolgan:

1) mos va turdosh yo'nalishga test yoki ijodiy imtihon topshiradi hamda o'tish balini olishi talab etiladi;
2) mos va turdosh bo'lmagan yo'nalish uchun esa bir martalik "super kontrakt" to'lab o'tishi mumkin.

Nodavlat OTMga o'qishni ko'chirishni esa davlat nazorat qilmaydi, buning tartibini o'sha nodavlat OTMning o'zi mustaqil belgilaydi. Nodavlat OTMga o'qishni ko'chirish mumkin yoki mumkin emasligini o'sha OTMning o'zidan aniqlashtiring.

Barchaga yuboring
@Talabalar_kanali_24
2.2K views05:46
Ochish/sharhlash
2022-06-15 23:08:47
Bu yil ham 5 tagacha yo‘nalish tanlash mumkin, faqat endi abituriyent turli ta’lim shaklini (kunduzgi, sirtqi, kechki, masofaviy) tanlashiga ham ruxsat beriladi.

Prezident qaroriga asosan, murojaat etuvchilar:

Bir vaqtning o'zida bir xil fanlar to'plami va ketma-ketligi, shuningdek, barcha ta'lim shakllariga ega bo'lgan beshtagacha bakalavriat yo'nalishini tanlash huquqi;

Roʻyxatdan oʻtish jarayonida tanlangan bakalavriat taʼlim yoʻnalishining kuchliligiga qarab, sizga davlat granti asosida, soʻngra toʻlov-kontrakt asosida tanlovda qatnashish imkoniyati beriladi.

Barchaga yuboring
@Talabalar_kanali_24
2.5K views20:08
Ochish/sharhlash
2022-06-15 22:42:17 RASMAN: MAGISTRATURA BO'YICHA HAM QAROR QABUL QILONDI

"Davlat oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish jarayonlarini tashkil etish to‘g‘risida"gi qaror qabul qilindi.

magistraturaga qabul abituriyentning bakalavriat diplom bali o‘rtacha ko‘rsatkichi hamda xorijiy tilni bilish darajasi bo‘yicha tegishli milliy yoki xalqaro sertifikat asosida amalga oshiriladi,

Mutaxassislik fanidan imtihon o‘tkazilmaydi.

Bunda magistraturaga qabul bir yilda ikki marta – avgust va yanvar oylarida tashkil etiladi.

Barchaga yuboring
@Talabalar_kanali_24
2.4K views19:42
Ochish/sharhlash