Get Mystery Box with random crypto!

UzDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ ● vizitka

Telegram kanalining logotibi talabalar_kanali_24 — UzDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ ● vizitka U
Telegram kanalining logotibi talabalar_kanali_24 — UzDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ ● vizitka
Kanal manzili: @talabalar_kanali_24
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 443
Kanalning ta’rifi

O'zbekiston Davlat Jahon Tillari Universiteti Talabalari
Telegram 👉 https://t.me/Talabalar_kanali_24
Instagram 👉 https://instagram.com/uzdjtu_official/

Ratings & Reviews

3.00

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

1


Oxirgi xabar 6

2022-06-11 10:45:512022-yilning 2-yarmi uchun chet tili imtihonlariga talabgorlarni onlayn ro'yxatga olish boshlandi

2022-yil oktabr, noyabr va dekabr oylarida bo'lib o'tadigan chet tilini bilish darajasini aniqlash test sinovlari uchun talabgorlarni ro'yxatga olish boshlandi.

Talabgorlarni ro'yxatga olish Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 16-fevraldagi 73-son qaroriga muvofiq my.gov.uz sayti orqali amalga oshiriladi (my.gov.uz/oz/service/559).

Ro'yxatdan o'tish vaqtida talabgorlar imtihon topshirish hududi sifatida Qoraqalpog'iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridan birini tanlab, o'zlari tanlagan hududda test sinovlarida ishtirok etishlari mumkin.

Test sinovlari qaysi tillardan o'tkazilishi, onlayn ro'yxatga olish muddatlari va test sinovi o'tkaziladigan sanalar quyudagi rasmda keltirilgan.

Barchaga yuboring
@Talabalar_kanali_24
2.6K views07:45
Ochish/sharhlash
2022-06-11 07:44:13
#Bilasizmi

Nogironligi bo‘lgan shaxslarga oliy ta’lim muassasalarining bakalavriatiga o‘qishga kirishda qanday imtiyozlar berilishini bilasizmi?!

I, II va III guruh nogironligi bo‘lgan shaxslar hamda nogiron bolalar test sinovi uchun to‘lovdan ozod etiladi.

I va II guruh nogironligi bo‘lgan shaxslar hamda nogiron bolalar uchun alohida ikki foizli davlat granti kvotalari ajratiladi.

Ko‘zi ojiz abituriyentlar uchun oliy ta’lim muassasalari tomonidan maxsus imtihon tashkil etiladi.

Imtihondan muvaffaqiyatli o‘tgan ko‘zi ojiz abituriyentlar Davlat komissiyasi qarori asosida tanlovsiz, alohida ajratilgan o‘rinlarga davlat granti asosida qabul qilinadi.

Batafsil yuqoridagi rasmda

Barchaga yuboring
@Talabalar_kanali_24
2.7K views04:44
Ochish/sharhlash
2022-06-10 09:24:01 Mutaxassisligi boʻyicha 5 yil ish stajiga ega xotin-qizlar tavsiyanoma asosida oʻqishga qabul qilinadi

Mutaxassisligi boʻyicha kamida 5 yil mehnat staji mavjud, biroq oliy maʼlumotga ega boʻlmagan xotin-qizlar davlat OTMga alohida qabul parametrlari (jami 500 ta kvota) doirasida toʻlov-kontrakt asosida oʻqishga qabul qilinadi.

Bunda oʻqishga qabul qilish Oila va xotin-qizlar davlat qoʻmitasi tavsiyanomasi asosida amalga oshiriladi.

Oʻqishga kirish maqsadida tavsiyanoma olish uchun talabgor quyidagi mezonlarning barchasiga muvofiq kelishi kerak:

— oʻrta maxsus yoki professional taʼlim boʻyicha mutaxassislikka ega boʻlishi;

— tavsiyanoma olgunga qadar oliy taʼlim olmaganligi yoki olmayotganligi;

— oʻrta maxsus yoki professional taʼlim mutaxassisligi boʻyicha 5 yillik mehnat stajiga ega boʻlishi.

Tavsiyanoma berilgan kundan boshlab 3 yil davomida faqat bir marta OTMga qabul qilinishi uchun amal qiladi.

Barchaga yuboring
@Talabalar_kanali_24
2.3K views06:24
Ochish/sharhlash
2022-06-10 05:51:27
JUMA AYYOMI MUBORAK BOʻLSIN!

Yaxshi amal jannatga yoʻlak,
Savoblarning sovgʻasi boʻlak,
Chin yurakdan bildiray tilak,
JUMA ayyomingiz boʻlsin muborak!

JUMA MUBORAK!

Yaqinlaringizni birinchi boʻlib tabriklash esdan chiqmasin

Barchaga yuboring
 @Talabalar_kanali_24
2.5K views02:51
Ochish/sharhlash
2022-06-09 16:05:29
#2022_yil_1_iyundan

Qonunchilikka ko‘ra:

Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimida ro‘yxatga olingan shaxslar va ularning farzandlari hamda “Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlar OTMga o‘qishga qabul qilishda o‘tkaziladigan kirish test sinovlarida ishtirok etish uchun undiriladigan to‘lovlardan ozod etiladi;

Markazlarda aholi va tadbirkorlarga elektron davlat xizmatlaridan foydalanish uchun o‘ziga o‘zi xizmat ko‘rsatuvchi joylar tashkil etiladi.

Barchaga yuboring
@Talabalar_kanali_24
2.0K views13:05
Ochish/sharhlash
2022-06-09 12:29:23 Perevod_2022

O'qishini ko'chirmoqchi va qayta tiklamoqchi bo'lgan talabalar quyidagi manzil orqali ariza yozishlari mumkin:

Xorijiy va nodavlat oliygohlardan ko'chiruvchilar: transfer.dtm.uz

Davlat oliygohlari ichida ko'chiruvchilar: transfer.edu.uz

Qabul jarayonlari 15-iyuldan 5-avgustgacha davom etadi. Imtihon jarayonlari abituriyentlar uchun test sinovlari yakunlangach bo'lib o'tadi.

Xabaringiz bor 2 toifadagi talabalar uchun ruxsat berilgan

Eslatma: yuqoridagi saytlar qabul jarayonlari vaqtida ishga tushadi

Barchaga yuboring
@Talabalar_kanali_24
2.7K views09:29
Ochish/sharhlash
2022-06-08 19:10:16
Har yilgi yozgi taʼtil va talabalar :(


Barchaga yuboring
@Talabalar_kanali_24
2.1K views16:10
Ochish/sharhlash
2022-06-08 08:02:00
#yalpi_majlis

Magistraturaga ikki marotaba qabul bo‘lishi kutilmoqda

Oliy Majlis Qonunchilik palatasida o‘tkazilgan yalpi majlisda magistraturaga chet tili sertifikatiga ega bo‘lish talabi yuzasidan bildirilayotgan turli xil fikrlarga izoh berildi.

Edu.uz

Barchaga yuboring
@Talabalar_kanali_24
1.7K views05:02
Ochish/sharhlash
2022-06-07 18:19:01
Vazir A.Toshqulovning o'qishni ko'chirish masalasidagi nutqi.

Joriy yildan boshlab faqatgina 2 toifa talabalargina vazir xati bilan o‘qishini ko‘chirishga ruxsat beriladi.

Barcha talabalarga yetkazing. Ichki perevod tugatiladi.

Barchaga yuboring
@Talabalar_kanali_24
2.9K views15:19
Ochish/sharhlash
2022-06-07 16:19:14 @Yuldasheffuz
+998977260107 Требуется в парк Анхор локомотив
кассир
ресепшен только девушки
со знанием русского языка , возраст от 18 до 30 лет
график работы с 10:00 до 17:00 и с 16:00 до 23:00
ЗП от 3 000 000 млн
+998977260107
2.8K views13:19
Ochish/sharhlash