Chet tili sertifikati uchun bo'ladigan imtihon sanalari e’lon qilindi
Chet tilini bilish darajasini aniqlash uchun o‘tkaziladigan
test sinovi sanalari e’lon qilindi. Bu haqda DTM xabar bermoqda.
Unga ko‘ra, test sinovining
yozma qismi
16-17-18-iyun kunlari,
gapirish ko‘nikmasini baholash imtihonlari esa
20-28-iyun (26-iyundan tashqari) kunlari o‘tkaziladi.
Test sinovlari barcha hududlarda, jumladan
Qoraqalpog‘iston Respublikasi,
viloyatlar va
Toshkent shahrida bo‘lib o‘tadi.
Talabgorlar imtihon joyi, kuni va aniq vaqtini my.gov.uz sayti orqali “Mening arizalarim” bo‘limidan bilishlari va ruxsatnomani yuklab olishlari mumkin.
Talabgorlardan test sinovi o‘tkaziladigan hududga belgilangan vaqtdan kamida yarim soat oldin
shaxsini tasdiqlovchi hujjat bilan kelishlari so‘raladi.
Barchaga yuboring
@Talabalar_kanali_24