Qabul kvotalari tasdiqlandi 2022/2023 o‘quv yili uchun davlat | UzDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ ● vizitka
Qabul kvotalari tasdiqlandi
2022/2023 o‘quv yili uchun davlat oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilishning davlat buyurtmasi parametrlari quyidagicha tasdiqlandi:
bakalavrlar tayyorlash bo‘yicha:
kunduzgi ta’lim shakliga – 77 477 nafar;
sirtqi ta’lim shakliga – 26 095 nafar;
kechki ta’lim shakliga – 3 725 nafar;
masofaviy ta’lim shakliga – 3 410 nafar;
magistrlar tayyorlash bo‘yicha – 10 688 nafar.
Moliyaviy mustaqillik berilgan davlat OTMlarining kuzatuv kengashlariga hamda qabul parametrlarini Vasiylik kengashi qarori bilan tasdiqlash vakolati berilgan oliy ta’lim tashkilotlariga tegishli qabul parametrlarini 2022-yil 20-iyunga qadar tasdiqlash tavsiya etildi.
O'zbekiston Davlat Jahon Tillari Universiteti Talabalari. Telegram 👉 https://t.me/Talabalar_kanali_24. Instagram 👉 https://instagram.com/uzdjtu_official/...