Get Mystery Box with random crypto!

TALABA UZ | Oliy ta'lim

Telegram kanalining logotibi talaba_uz_oliy_talim — TALABA UZ | Oliy ta'lim T
Telegram kanalining logotibi talaba_uz_oliy_talim — TALABA UZ | Oliy ta'lim
Kanal manzili: @talaba_uz_oliy_talim
Toifalar: Tillar
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 8.02K
Kanalning ta’rifi

Talabalar uchun birinchi va ishonchli xabarlarni yetkazib berish muhim! Biz bilan qoling🔥
@otmuzbekistan
Murojat uchun: @reklame_v

Ratings & Reviews

3.33

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

1

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

1


Oxirgi xabar 7

2022-10-26 12:51:53
Nodirbek Abdusattorovdan yana bir g‘alaba!

Islandiyada o‘tayotgan shaxmat bo‘yicha “World Fischer Random Chess Championship” jahon chempionatida qatnashayotgan Nodirbek Abdusattorov Wesley So ustidan ham g‘alaba qozondi!

Ikki o‘yindan iborat ikki turdan so‘ng Nodirbek A guruhda peshqadamlik qilmoqda. Onlayn kuzatib borish uchun: https://bit.ly/3D2Jjg1

@otmuzbekistan
1.2K views09:51
Ochish/sharhlash
2022-10-12 11:44:59
Amakijon, amakijon!
Bizga yana bitta qissa aytib bering


@talaba_tushinadi
31 views08:44
Ochish/sharhlash
2022-10-11 23:10:26 Joriy yil boshidan beri Toshkent shahrida “Yoshlar daftari”ga kiritilgan, iqtisodiy qiyinchiliklarga duch kelgan, moliyaviy imkoniyati yetarli bo‘lmagan 1843 nafar talabaning kontrakti to‘lab berilgan. Bu 11 milliard 630 million so‘mni tashkil qilgan. Bu yil hisobidan yana yoshlarning 3 milliard 100 million so‘mlik kontraktini to‘lab berish rejalashtirilgan ekan. Bu haqida Abdulaziz Nazirov ma’lum qildi.

Kuzatib boring:
@otmuzbekistan
96 views20:10
Ochish/sharhlash
2022-10-11 18:02:14
Talabalar uchun mega chegirma

Siz talabamisiz? Oʻzingiz uchun mahoratli ustozlardan sifatli bilimlarni olib, natijaga tezroq erishmoqchimisz?

"Genius Academy" oʻquv markazi faqat talabalar uchun oʻzining mega chegirmasini eʼlon qiladi.

Endi siz bizning kurslarimizni 30% chegirma narxda oʻqishingiz mumkin.

IELTS 7+ (General English)
Koreys tili
Rus tili (2 oyda)
Nemis tili
Logistic Dispetcher
Matematika (для школьников)


Aksiya 20 Oktabrga qadar davom etadi!!!
Birinchi bepul darsga roʻyhatdan oʻting!!!

Roʻyhatdan oʻtish uchun bosing
+998950202255
@Genius_admission
Bizning manzil

Telegram | Instagram
508 views15:02
Ochish/sharhlash
2022-10-11 17:15:06
ЎзМУда йўқолган нодир китоблар иши бўйича суд ҳукми ўқилди

2019 йилдаги таъмирлаш ишларидан сўнг Ўзбекистон Миллий университетининг нодир қўлёзмалар сақланадиган музейи фаолияти тикланмаган. 2021 йил декабрига қадар у ердаги 100дан ортиқ қимматбаҳо ва ўта нодир китоблар йўқолган – жами зарар 2,6 миллиард сўм деб баҳоланган.

https://kun.uz/82685404

Kun.uz расмий канали
561 views14:15
Ochish/sharhlash
2022-10-11 14:01:15 Joriy yilda 1-kursda tahsil olayotgan, ijarada yashaydigan talabalarga, istisno tariqasida, sentabr va oktabr oyi ijara to‘lovlarining 50 foizi, Toshkent shahrida BHMning 1 baravarigacha (hozirda 300 ming so‘m), qolgan hududlarda esa BHMning 0,5 baravarigacha (hozirda 150 ming so‘m) hech qanday ijara shartnomasi talab etilmasdan to‘lab beriladi. Ijara shartnomasini taqdim etgan talabalarga noyabr oyidan to‘lovlar davom ettiriladi.

Eslatib o‘tamiz, Hukumat qarori bilan 2021-yil 1-maydan boshlab yotoqxona bilan qamrab olinmagan va o‘ziga, shu jumladan, ota-onasiga (qonuniy vakillariga) tegishli boʻlmagan uyda ijarada yashaydigan talabalarga ular tomonidan toʻlanadigan oylik ijara toʻlovining 50 foizi budjet mablag‘lari hisobidan qoplab berilishi belgilangandi.

Mazkur imkoniyatdan foydalanish uchun ijarada turadigan talabalar o‘zi ta’lim olayotgan fakultetning yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan o‘rinbosari yoki oliy ta’lim muassasasining talabalarni turar joy bilan ta’minlash ishlarini muvofiqlashtiruvchi bo‘limiga murojaat qilishlari mumkin.

@talaba_uz_oliy_talim
811 views11:01
Ochish/sharhlash
2022-10-11 11:54:08 Талабалар учун контракт тўловларини тўлашнинг охирги муддати 2022 йил 1 ноябрь этиб белгиланди.

@otmuzbekistan
261 views08:54
Ochish/sharhlash
2022-10-10 11:47:49
@otmuzbekistan
429 views08:47
Ochish/sharhlash
2022-10-09 09:54:12 Pul o‘lsin-a!

Rossiyadagi so‘ngi voqealar sabab juda ko‘plab ruslar O‘zbekistonga kelishmoqda. Afsuski, bu ijaralarga ham juda yomon tarzda ta’sir ko‘rsatmoqda. Ayrim ijara beruvchilar kelishuvga ham, shartnomaga ham tupurib qo‘yib, yo ijara narxini keskin oshirmoqda, yoki ijaradan chiqib ketishni talab qilmoqda.

Buning sababi oddiy: O‘zbekistonga Rossiyadan kelganlar ijara uchun qimmat narx to‘lashga tayyor, ular ancha-muncha pul bilan kelgan, puli bori kelgan, albatta. Bizning ko‘pchilik ijara beruvchi o‘zbeklarimiz esa 3-4 so‘m pulni deb o‘z vatandoshini qiyin holatda qoldirmoqda, afsuski.

Nima ham derdik, Xudo insof bersin.

Kuzatib boring:
@otmuzbekistan
544 views06:54
Ochish/sharhlash
2022-10-09 06:44:01 Superkontrakt asosida o‘qishga kirgan va hozirgi kunda 1-kursda o‘qiyotgan talaba biror sababga ko‘ra universitetdan chetlashtirilsa, u o‘qishini tiklay oladimi? Agar o‘qishini tiklay olsa, oddiy kontrakt asosida tiklanadimi?


JAVOB:

Kirish imtihonlarida to‘plagan natijalari Davlat komissiyasi tomonidan belgilanadigan minimal balldan kam bo‘lmagan, asosiy kvotalar doirasida va Davlat komissiyasi tomonidan belgilangan qo‘shimcha o‘rinlarga qabul qilinmay qolgan va o‘qish istagini bildirgan abituriyentlarga birinchi o‘quv yiliga amalda o‘rnatilgan to‘lov-kontrakt miqdoriga nisbatan tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt miqdorida to‘lovni amalga oshirish sharti bilan o‘qishga kirish huquqi beriladi.

Oshirilgan to‘lov-kontrakt asosida o‘qish istagini bildirgan abituriyent Davlat komissiyasi tomonidan belgilangan muddatlarda to‘lov-kontrakt shartlarini birinchi o‘quv yili uchun to‘liq bajargandan so‘ng OTM rahbarining buyrug‘i bilan o‘qishga qabul qilinadi.

Superkontrakt shartlarini belgilangan muddatlarda to‘liq bajargan abituriyent OTM rahbarining buyrug‘i bilan talabalar safiga qabul qilinadi. Savolingizdan anglashilmoqdaki, to‘lov shartlari to‘liq bajarilgan, chunki talaba haqida yozgansiz, abituriyent haqida emas. Mazkur holda superkontrakt asosida o‘qishga kirgan talaba oddiy to‘lov-kontrakt shartlari asosida o‘qishini tiklay oladi.

Manbalar:
O‘zbekiston Respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining 2012 yil 28 dekabrdagi 508-son buyrug‘i bilan tasdiqlangan “Oliy va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarida o‘qitishning to‘lov-kontrakt shakli va undan tushgan mablag‘larni taqsimlash tartibi to‘g‘risidagi nizom”;
Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 20 iyundagi 393-son qarori bilan tasdiqlangan “Oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘qishini ko‘chirish, qayta tiklash va o‘qishdan chetlashtirish tartibi to‘g‘risidagi nizom”.


Do’stlaringizga ulashing
@otmuzbekistan
277 views03:44
Ochish/sharhlash