Get Mystery Box with random crypto!

TALABA UZ | Oliy ta'lim

Telegram kanalining logotibi talaba_uz_oliy_talim — TALABA UZ | Oliy ta'lim T
Telegram kanalining logotibi talaba_uz_oliy_talim — TALABA UZ | Oliy ta'lim
Kanal manzili: @talaba_uz_oliy_talim
Toifalar: Tillar
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 8.02K
Kanalning ta’rifi

Talabalar uchun birinchi va ishonchli xabarlarni yetkazib berish muhim! Biz bilan qoling🔥
@otmuzbekistan
Murojat uchun: @reklame_v

Ratings & Reviews

3.33

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

1

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

1


Oxirgi xabar 2

2022-11-17 16:51:44 #so‘rovnoma

OTMlarga kirish imtihonlari qanday o‘tdi?

YUNISEFning “U-Report” loyihasi tomonidan Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi va Davlat test markazi bilan hamkorlikda so‘rovnoma o‘tkazilmoqda.

So‘rovnoma 2022-yilda bo‘lib o‘tgan oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish imtihonlari bo‘yicha abituriyentlarning fikrini o‘rganish maqsadida tashkil etilgan.

So‘rovnoma natijalari oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish imtihonlarini takomillashtirishga yordam beradi.

So‘rovnomada ishtirok eting va o‘z fikringizni bildiring.

So‘rovnomada ishtirok etish uchun

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
591 views13:51
Ochish/sharhlash
2022-11-17 06:58:39
Hurmatli talabalar!

Sizlarni yangi kun hamda 17-noyabr "Xalqaro talabalar kuni" munosabati bilan muborakbod etamiz! O'qish va ishlarda omad va zafar yor bo'lishini tilab qolamiz!

Talabalarga ulashing
TALABA UZ
1.0K views03:58
Ochish/sharhlash
2022-11-15 20:04:49
#Kun_hikmati

Imkoni bor har bir yaxshilik – so‘z orqalidir.

Alisher Navoiy

@Otmuzbekistan
1.1K views17:04
Ochish/sharhlash
2022-11-15 15:54:12
Buxoroda o‘qituvchi boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini kaltakladi

Buxoro shahrida joylashgan 4-sonli maktabning boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi o‘quvchilarini kaltaklayotgani aks etgan video tarqaldi. Videoda ko‘rish mumkinki, o‘qituvchi berilgan vazifani tekshirish davomida 3-sinf o‘quvchilarini ayovsiz kaltaklagan. O‘qituvchi dars vaqtida bolalarni doimiy ravishda urib kelishi aytilmoqda.

@masofatalim
1.2K views12:54
Ochish/sharhlash
2022-11-14 11:23:12
Энг кўп миллиардер чиқарган университетлар..ҳаммаси ҳам Америкадан. Бу нимадан далолат, ҳар бир дарсда олинган билимнинг қиймати шу даражада-ки, талаба ОТМни битирмай туриб миллион долларлик старт-ап лойиҳасига эга бўлади.

Америкада, ҳеч ким ректор, проректор ва деканни танимайди, талабалар “шу ерда мани соҳамдан машҳур домлалар бор экан” деб ОТМга ўқишга топширади. Бизда, эса таниш ректор ёки “ишларни” ҳал қиладиган проректор қаерда бор экан деб ўқишга топширишади. Фарқимиз шунда! ОТМларимизни кучли домлалар трансфери эмас, тизимга сифатсиз аммо садоқатли кадрлар қизиқтиради.

4-ўринда турган Колумбия университетининг йиллик контракт ўқиш пули 24 минг АҚШ доллари, биздаги қайсидир бир ОТМга шунақа контракт суммани тўлагандан кўра Колумбияга бориб, ўқишни битириб 54-чи миллиардер бўлган яхши эмасми деган савол келмайди, чунки ўқишни тугатиб олиш муҳимроқдир...

@tdtu_texnika_universitut
1.2K views08:23
Ochish/sharhlash
2022-11-14 10:51:25
#Даҳшат
Чимкентда дўкондан чиқаётган йигитни 3 талаба ҚИЗ зўрлаб кетишибди

@nuu_student_s
1.1K views07:51
Ochish/sharhlash
2022-11-13 16:09:42
Chegirma muddati yakunlanishiga 3 kun vaqt qoldi!

Shoshiling, 16-noyabrdan "Work and Travel Germany 2023" dasturiga berilgan 41% chegirma o'z yakuniga yetadi!

Ish o'rni:
- Ishlab chiqarish
- Zavod
- Omborxona

Maosh:
• €12 netto (soliqlarsiz)

Talablar:
• Erkaklar / Ayollar
• 18 - 30 yosh
• Universitet va Kollej 1-2-3-kurs talabalari uchun
• Til bilish talab etilmaydi!

Kerakli hujjatlar:
- Milliy va xorijiy pasport
- Talabalik guvohnomasi

Agentligimiz tomonidan barcha xujjatlarni rasmiylashtirish:
Viza
Aviachipta
Ish joyiga kuzatib borish
Ijtimoy ximoya ko’rsatish
Muddatli va doimiy manitoringni tashkillashtiradi.

Shoshiling,joylar soni cheklangan!

"Work and Travel" 2022-yilda olingan vizalar

Onlayn konsultatsiya va CV yuborish
78 1470030

Ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarimizni kuzatib boring!
Instagram l Telegram l Website l You Tube
1.2K views13:09
Ochish/sharhlash
2022-11-13 13:55:34
"Менимча" телелойиҳасининг навбатдаги сонида таҳлил қилинадиган мавзулар:

- Ўзбекистон Президенти Шавкат Мирзиёев раислигида Самарқандда Туркий давлатлар ташкилоти саммити бўлиб ўтди;
- Саммит доирасида ўтган тақдирлаш маросимлари;
- Олимпия шаҳарчаси қурилишига тамал тоши қўйилди;
- Маҳаллий саноатни ривожлантириш бўйича йиғилиш
;
- Таълимнинг кучи - ўқитувчида, ўқитувчининг кучи эса унинг қўлидаги китобнинг сифати ва мазмунида.

Кўрсатувни бугун, 12 ноябрь куни соат 20:00 да "O'zbekiston 24" телеканалида томоша қилишингиз мумкин.

Эртага, 13 ноябрь куни соат 12:20 ва 17:20 да ҳам такроран намойиш этилади.

Facebook|Instagram|Twitter
207 views10:55
Ochish/sharhlash
2022-11-12 20:06:13
#smile_time
Oldi kameraga kirib ketib qolsang.

@ozdjtu_uz
526 views17:06
Ochish/sharhlash
2022-11-12 14:41:38 Kontraktning qancha qismini kim qachongacha to‘lashi kerak?

Yaqinda ayrim toifa talabalar uchun to‘lov-kontrakt to‘lash muddati 10-dekabrgacha uzaytirilgani ma’lum qilindi. Shu xabardan so‘ng, “bu kimlar uchun” degan savollar ko‘paydi.

Quyidagi ma’lumotdan barchasi tushunarli bo‘ladi degan umiddaman:

1-kurs talabalari (bakalavr va magistr):

— kontraktning 25%ini 10 dekabrgacha, 50% ini 31 dekabrgacha to‘lashi kerak;

1-kursda super-kontraktda o‘qimoqchi bo‘lganlar:

— super-kontraktning 50% ini 10 dekabrgacha to‘lashi kerak;

Davlat OTMga o‘qishini tiklagan talabalar (nechanchi kursligidan qat’i nazar):

— kontraktning 25%ini 10 dekabrgacha, 50% ini 31 dekabrgacha to‘lashi kerak;

Bir davlat OTMdan boshqa davlat OTMga o‘qishini ko‘chirgan talabalar (nechanchi kursligidan qat’i nazar):

— kontraktning 25%ini 10 dekabrgacha, 50% ini 31 dekabrgacha to‘lashi kerak;

Xorijiy (filiallar) va nodavlat OTMlardan davlat OTMga o‘qishini ko‘chirgan talabalar (nechanchi kursligidan qat’i nazar):

— kontraktning 50% ini 10 dekabrgacha to‘lashi kerak;

2, 3, 4 va undan yuqori kurs talabalari:

— kontraktning 25% ini 1-oktabrgacha, 50% ini 31-dekabrgacha to‘lashi kerak edi. Yuqori kurs talabalariga kontrakt to‘lash muddatini uzaytirishni OTM rektorining (filial direktori) o‘zi hal qiladi. Shu sababli turli OTMlarda muddat turlicha bo‘lishi mumkin.

@otmuzbekistan
895 views11:41
Ochish/sharhlash