Get Mystery Box with random crypto!

Superkontrakt asosida o‘qishga kirgan va hozirgi kunda 1-kursd | TALABA UZ | Oliy ta'lim

Superkontrakt asosida o‘qishga kirgan va hozirgi kunda 1-kursda o‘qiyotgan talaba biror sababga ko‘ra universitetdan chetlashtirilsa, u o‘qishini tiklay oladimi? Agar o‘qishini tiklay olsa, oddiy kontrakt asosida tiklanadimi?


JAVOB:

Kirish imtihonlarida to‘plagan natijalari Davlat komissiyasi tomonidan belgilanadigan minimal balldan kam bo‘lmagan, asosiy kvotalar doirasida va Davlat komissiyasi tomonidan belgilangan qo‘shimcha o‘rinlarga qabul qilinmay qolgan va o‘qish istagini bildirgan abituriyentlarga birinchi o‘quv yiliga amalda o‘rnatilgan to‘lov-kontrakt miqdoriga nisbatan tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt miqdorida to‘lovni amalga oshirish sharti bilan o‘qishga kirish huquqi beriladi.

Oshirilgan to‘lov-kontrakt asosida o‘qish istagini bildirgan abituriyent Davlat komissiyasi tomonidan belgilangan muddatlarda to‘lov-kontrakt shartlarini birinchi o‘quv yili uchun to‘liq bajargandan so‘ng OTM rahbarining buyrug‘i bilan o‘qishga qabul qilinadi.

Superkontrakt shartlarini belgilangan muddatlarda to‘liq bajargan abituriyent OTM rahbarining buyrug‘i bilan talabalar safiga qabul qilinadi. Savolingizdan anglashilmoqdaki, to‘lov shartlari to‘liq bajarilgan, chunki talaba haqida yozgansiz, abituriyent haqida emas. Mazkur holda superkontrakt asosida o‘qishga kirgan talaba oddiy to‘lov-kontrakt shartlari asosida o‘qishini tiklay oladi.

Manbalar:
O‘zbekiston Respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining 2012 yil 28 dekabrdagi 508-son buyrug‘i bilan tasdiqlangan “Oliy va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarida o‘qitishning to‘lov-kontrakt shakli va undan tushgan mablag‘larni taqsimlash tartibi to‘g‘risidagi nizom”;
Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 20 iyundagi 393-son qarori bilan tasdiqlangan “Oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘qishini ko‘chirish, qayta tiklash va o‘qishdan chetlashtirish tartibi to‘g‘risidagi nizom”.


Do’stlaringizga ulashing
@otmuzbekistan