Get Mystery Box with random crypto!

Joriy yilda 1-kursda tahsil olayotgan, ijarada yashaydigan tal | TALABA UZ | Oliy ta'lim

Joriy yilda 1-kursda tahsil olayotgan, ijarada yashaydigan talabalarga, istisno tariqasida, sentabr va oktabr oyi ijara to‘lovlarining 50 foizi, Toshkent shahrida BHMning 1 baravarigacha (hozirda 300 ming so‘m), qolgan hududlarda esa BHMning 0,5 baravarigacha (hozirda 150 ming so‘m) hech qanday ijara shartnomasi talab etilmasdan to‘lab beriladi. Ijara shartnomasini taqdim etgan talabalarga noyabr oyidan to‘lovlar davom ettiriladi.

Eslatib o‘tamiz, Hukumat qarori bilan 2021-yil 1-maydan boshlab yotoqxona bilan qamrab olinmagan va o‘ziga, shu jumladan, ota-onasiga (qonuniy vakillariga) tegishli boʻlmagan uyda ijarada yashaydigan talabalarga ular tomonidan toʻlanadigan oylik ijara toʻlovining 50 foizi budjet mablag‘lari hisobidan qoplab berilishi belgilangandi.

Mazkur imkoniyatdan foydalanish uchun ijarada turadigan talabalar o‘zi ta’lim olayotgan fakultetning yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan o‘rinbosari yoki oliy ta’lim muassasasining talabalarni turar joy bilan ta’minlash ishlarini muvofiqlashtiruvchi bo‘limiga murojaat qilishlari mumkin.

@talaba_uz_oliy_talim