#so‘rovnoma OTMlarga kirish imtihonlari qanday o‘tdi? YUNI | TALABA UZ | Oliy ta'lim
#so‘rovnoma
OTMlarga kirish imtihonlari qanday o‘tdi?
YUNISEFning “U-Report” loyihasi tomonidan Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi va Davlat test markazi bilan hamkorlikda so‘rovnoma o‘tkazilmoqda.
So‘rovnoma 2022-yilda bo‘lib o‘tgan oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish imtihonlari bo‘yicha abituriyentlarning fikrini o‘rganish maqsadida tashkil etilgan.
So‘rovnoma natijalari oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish imtihonlarini takomillashtirishga yordam beradi.
So‘rovnomada ishtirok eting va o‘z fikringizni bildiring.