Get Mystery Box with random crypto!

Kontraktning qancha qismini kim qachongacha to‘lashi kerak? Y | TALABA UZ | Oliy ta'lim

Kontraktning qancha qismini kim qachongacha to‘lashi kerak?

Yaqinda ayrim toifa talabalar uchun to‘lov-kontrakt to‘lash muddati 10-dekabrgacha uzaytirilgani ma’lum qilindi. Shu xabardan so‘ng, “bu kimlar uchun” degan savollar ko‘paydi.

Quyidagi ma’lumotdan barchasi tushunarli bo‘ladi degan umiddaman:

1-kurs talabalari (bakalavr va magistr):

— kontraktning 25%ini 10 dekabrgacha, 50% ini 31 dekabrgacha to‘lashi kerak;

1-kursda super-kontraktda o‘qimoqchi bo‘lganlar:

— super-kontraktning 50% ini 10 dekabrgacha to‘lashi kerak;

Davlat OTMga o‘qishini tiklagan talabalar (nechanchi kursligidan qat’i nazar):

— kontraktning 25%ini 10 dekabrgacha, 50% ini 31 dekabrgacha to‘lashi kerak;

Bir davlat OTMdan boshqa davlat OTMga o‘qishini ko‘chirgan talabalar (nechanchi kursligidan qat’i nazar):

— kontraktning 25%ini 10 dekabrgacha, 50% ini 31 dekabrgacha to‘lashi kerak;

Xorijiy (filiallar) va nodavlat OTMlardan davlat OTMga o‘qishini ko‘chirgan talabalar (nechanchi kursligidan qat’i nazar):

— kontraktning 50% ini 10 dekabrgacha to‘lashi kerak;

2, 3, 4 va undan yuqori kurs talabalari:

— kontraktning 25% ini 1-oktabrgacha, 50% ini 31-dekabrgacha to‘lashi kerak edi. Yuqori kurs talabalariga kontrakt to‘lash muddatini uzaytirishni OTM rektorining (filial direktori) o‘zi hal qiladi. Shu sababli turli OTMlarda muddat turlicha bo‘lishi mumkin.

@otmuzbekistan