Get Mystery Box with random crypto!

O'zLiDeP Tadbirkor va Yoshlari

Telegram kanalining logotibi tadbirkor_va_yoshlar — O'zLiDeP Tadbirkor va Yoshlari O
Telegram kanalining logotibi tadbirkor_va_yoshlar — O'zLiDeP Tadbirkor va Yoshlari
Kanal manzili: @tadbirkor_va_yoshlar
Toifalar: Kattalashtirilmagan
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 168
Kanalning ta’rifi

Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasining yoshlar va tadbirkorlar bilan olib borilayotgan hamkorlikdagi ishlari yoritilib boriladi

Ratings & Reviews

3.00

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

1

3 stars

1

2 stars

1

1 stars

0


Oxirgi xabar 14

2022-12-09 13:01:23
#Konstitusiyasining_30_yilligi

Guliston tumanida "Konstitutsiyaviy huquq va burchlarimiz- tarozisi" mavzusida yoshlar bilan uchrashuv tashkil etildi

O‘zLiDePga qo‘shiling: @Tadbirkor_va_YOSHLAR
42 views10:01
Ochish/sharhlash
2022-12-09 08:04:15
9 декабрь - Халқаро коррупцияга қарши курашиш куни

#bugungikun #uzlidep

Сайт | Facebook | Instagram | TikTok | Twitter | YouTube
25 views05:04
Ochish/sharhlash
2022-12-09 06:50:12
“Konstitusiya baxtimiz poydevori”

O’zLiDeP Namangan shahar Kengashi tomonidan O’zLiDeP Namangan viloyat Kengashi binosi tadbirlar zalida “Konstitusiya baxtimiz poydevori” nomli onlayn ko‘rik tanlov yakunining taqdirlash marosimi tashkil etildi.

Tadbirda yoshlarga O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasining demokratik davlat va kuchli fuqarolik jamiyatini barpo etish, aholining erkin va obod turmushini ta’minlash, mamlakatning xalqaro maydondagi obro‘-e’tiborini yuksaltirish hamda barcha sohalarda islohotlarni muvaffaqiyatli amalga oshirishda mustahkam poydevor bo‘lib xizmat qilayotganini to’g’risida tushunchalar berildi.

Tadbirda yakunida O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasining 30 yillik bayrami munosabati bilan “Konstitusiya baxtimiz poydevori” nomi ostida o‘tkazilgan onlayn tanlovida fahrli o‘rin egallagan bir gurux yoshlarga partiya shahar Kengashining estalik sovg‘alari va tashakkurnomalari topshirildi.

O‘zLiDePga qo‘shiling: @Tadbirkor_va_YOSHLAR
67 views03:50
Ochish/sharhlash
2022-12-09 06:46:37
Konstitusiya –yoshlar ijtimoiy faolligini oshirishda muhim huquqiy asos

Prezident ta’lim muasasalari agentligi tasarrufidagi Qorako‘l tuman ixtisoslashtirilgan maktab-internatida O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi qabul qilinganligining 30 yilligiga bag‘ishlangan ma’naviy- ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda O'zLiDeP Qorako‘l tuman Kengashi mas’ullari, mahalliy Kengash deputatlari, maktab-internatining pedagog xodimlari ishtirok etdilar.

Tadbirda so‘zga chiqqanlar mustaqilligimizning ilk davrida qabul qilingan Konstitusiyamiz mustaqil demokratik huquqiy davlatni shakllantirish va rivojlantirishning asosiy omili sifatidagi ahamiyatini e’tirof etdilar.

O‘zLiDePga qo‘shiling: @Tadbirkor_va_YOSHLAR
39 views03:46
Ochish/sharhlash
2022-12-08 17:38:23 Ўзбекистон Республикаси Конституцияси қабул қилинганлигининг 30 йиллиги муносабати билан «Жазо муддатини ўтаётган, қилмишига чин кўнгилдан пушаймон бўлган ва тузалиш йўлига қатъий ўтган бир гуруҳ шахсларни афв этиш тўғрисида»ги Президент фармони қабул қилинди.

Фармонга мувофиқ, Ўзбекистон Республикаси Конституциясининг 93-моддаси 23-бандига асосан содир этган жинояти учун жазони ижро этиш муассасалари ва пробация органларида жазо ўтаётган ҳамда қилмишига чин кўнгилдан пушаймон бўлган ва тузалиш йўлига қатъий ўтган 402 нафар шахс афв этилди.

Афв этилган шахсларнинг 128 нафари асосий жазодан тўлиқ озод этилди, 201 нафари жазони ўташдан муддатидан илгари шартли озод қилинди, 15 нафарининг озодликдан маҳрум этиш жазоси енгилроқ жазо билан алмаштирилди. Шунингдек, 58 нафар шахсга тайинланган озодликдан маҳрум этиш жазосининг муддатлари қисқартирилди.

Афв этилганларнинг 17 нафарини чет эл фуқаролари, 63 нафарини аёл, 26 нафарини 60 ёшдан ошган шахслар ҳамда 19 нафарини тақиқланган ташкилотлар фаолиятида қатнашган шахслар ташкил этади.

Фармон ижроси юзасидан афв этилган шахсларни оиласи ва яқинлари бағрига қайтариш, ижтимоий ҳаётга мослашиб, фойдали меҳнат билан шуғулланишлари, соғлом турмуш тарзини йўлга қўйиб, жамиятда муносиб ўрин топишлари учун уларга кўмак бериш бўйича масъул вазирлик ва идораларга тегишли топшириқлар берилди.

Қилмишига чин дилдан пушаймон бўлган фуқароларнинг авф этилиши давлатимиз раҳбарининг бағрикенглик сиёсатига ҳамоҳангдир.

@a_xaitov
22 views14:38
Ochish/sharhlash
2022-12-08 10:08:19Қадрли юртдошлар, азиз партиядошлар!

O‘zLiDeP Сиёсий Кенгаши Ижроия қўмитаси, Қонунчилик палатасидаги партия фракцияси депутатлари ҳамда миллионлаб аъзоларимиз номидан Сизларни мамлакатимиз Конституцияси қабул қилинганининг 30 йиллиги билан самимий табриклайман!

Асосий қонунимиз бугун мамлакатимизда амалга оширилаётган кенг кўламли демократик ислоҳотлар, улкан бунёдкорлик ва янгиланишлар асоси, миллий қонунчилигимиз пойдеворидир.

Конституциямиз умуммиллий ҳамда умуминсоний қадриятларимизни ўзида мужассам этган, барча соҳадаги ўзгаришлар, хусусан, Янги Ўзбекистон тараққиёт стратегиясидаги улкан вазифаларни амалга ошириш йўлидаги тарихий ҳужжатдир.

Муҳтарам ватандошлар!
Мамлакатимиз тараққиётининг ҳозирги босқичида илгари сурилаётган моҳиятан мутлақо янги вазифалар шунга мос конституциявий-ҳуқуқий макон яратилишини зарурат қилиб қўйди. Асосий қонунни ҳозирги давр талабларидан келиб чиққан ҳолда такомиллаштириш партиямиз дастури ва сиёсий платформасига ҳамоҳанглигини ҳам алоҳида қайд этишни истардим.

Бош қомус ислоҳ қилинишида бутун халқимиз фаол қатнашяпти. Ишончим комилки, янгиланган Конституция эзгу мақсадларимиз, умидбахш интилишларимизни ўзида тўла мужассам этади, туб ислоҳотларимизнинг мустаҳкам ҳуқуқий пойдевори бўлади.

Конституциямизнинг 30 йиллиги барчамизга қутлуғ бўлсин!

Актам Хаитов,
O‘zLiDeP Сиёсий Кенгаши Ижроия қўмитаси раиси,
Олий Мажлис Қонунчилик палатаси Спикери ўринбосари
25 views07:08
Ochish/sharhlash
2022-12-07 12:05:30
Конституциямиз – ёшлар ҳуқуқларини кафолатлаган қомус

https://uzlidep.uz/news-of-party/13621

Партия фаоллари, депутатлар, ёшлар иштирок этган тадбирда, Ўзбекистон Республикаси Конституциясининг демократик давлат ва кучли фуқаролик жамиятини барпо этиш, аҳолининг эркин ва обод турмушини таъминлаш, мамлакатнинг халқаро майдондаги обрў-эътиборини юксалтириш ҳамда барча соҳаларда ислоҳотларни муваффақиятли амалга оширишда мустаҳкам пойдевор бўлиб хизмат қилаётгани айтиб ўтилди.

#uzlidep #yoshlarqanoti

Сайт | Facebook | Instagram | TikTok | Twitter | YouTube
12 views09:05
Ochish/sharhlash
2022-12-07 08:14:15
#Konstitusiyasining_30_yilligi

Konstitusiya qabul qilingani o‘ttiz yilligi munosabati bilan partiya Andijon viloyati Kengashi Yoshlar va biznes tuzilmalar bilan ishlash bo‘limi mudiri Bozarov Shuhrat Zaynobidinovich “O‘zbekiston Konstitusiyasining 30 yilligi” esdalik nishoni bilan taqdirlandi.

Shuhrat Zaynobidinovich Andijon viloyatida yoshlar bilan ishlash yo’nalishida amalga oshirayotgan mehnati hamda O‘zbekistonda Konstitusiyani isloh qilish yuzasidan yoshlarning takliflarini olish va Konstitusiyani yoshlarga keng targ’ib etish bo’yicha olib borayotgan faoliyatida muvaffaqiyat va kuch quvvat tilaymiz.

Partiya Yoshlar qanoti va faol azolari nomidan Bozarov Shuhrat Zaynobidinovichni «O‘zbekiston Konstitusiyasining 30 yilligi» esdalik nishoni sohibi bo’lgani bilan tabriklaymiz!

O‘zLiDePga qo‘shiling: @Tadbirkor_va_YOSHLAR
42 views05:14
Ochish/sharhlash
2022-12-07 08:12:44 #Bilasizmi

Nogironligi bo‘lgan shaxslarga berilgan ayrim imtiyozlar

Nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun OTMda davlat granti asosida qo‘shimcha qabul kvotasi ajratiladi.

Nogironligi bo‘lgan shaxslarning avtotransport vositalari uchun ajratilgan to‘xtab turish joylaridan foydalanganlik uchun haq olinmaydi.

I va II guruh nogironligi bo‘lgan shaxslarga DXM va (yoki) YAIDXP orqali xizmat ko‘rsatishda 50 foiz miqdorida chegirma qo'llaniladi.

Nogironligi bo‘lgan shaxslar jamoat birlashmalari ramzlarini davlat ro‘yxatidan (qayta ro‘yxatdan) o‘tkazish uchun davlat boji undirilmaydi.

Nogironligi bo‘lgan 18 yoshgacha bolalar, 18 yoshdan katta bolalikdan nogironligi bo‘lgan shaxslarga nafaqa tayinlashda davlat xizmatlari bepul ko‘rsatiladi.

I va II guruh nogironligi bo‘lgan shaxslar bolalarini davlat maktabgacha ta’lim muassasalariga qabul qilishda imtiyozli ro‘yxatga kiritilgan.

Tegishli tibbiy xulosa asosida muhtoj shaxslarga protez-ortopediya moslamalari va reabilitasiya qilishning texnik vositalari beriladi.

Nogironligi bo‘lgan shaxslar sanatoriy-kurortda bepul sog‘lomlashtirish huquqiga ega.

I va II guruh nogironligi bo‘lgan shaxslarning mulkida bo‘lgan mol-mulk 60 kvadrat metr doirasida soliq solishdan ozod qilinadi.

Mehmonxonalarda nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun alohida sharoitga ega xona tashkil etiladi.

Xizmat turar joylarida yashayotgan I va II guruh nogironlari xizmat uyidan boshqa turar joy bergan holda ko'chiriladi.

Nogironligi bo‘lgan yoshlarga BHMning 50 baravarigacha (15 mln so‘mgacha) subsidiya ajratiladi.

Byudjet mablag‘lari hisobiga moliyalashtiriladigan basseynlarda shug‘ullanish va ulardan foydalanish uchun nogironligi bo‘lgan bolalar to‘lovdan ozod etiladi.

Bolalikdan nogiron bo‘lganlar, shuningdek I va II guruh nogironlarining MHTEKMning 3 baravari (2 mln 760 ming so‘m) miqdoridagi mablag‘lari daromad solig‘iga tortilmaydi

O‘zLiDePga qo‘shiling: @Tadbirkor_va_YOSHLAR
201 views05:12
Ochish/sharhlash
2022-12-07 07:07:28
#Konstitusiyasining_30_yilligi

Konstitusiya qabul qilingani o‘ttiz yilligi munosabati bilan partiya Sirdaryo viloyati Kengashi Yoshlar va biznes tuzilmalar bilan ishlash bo‘limi mudiri Djabarov Xusanxon Sodirovich “O‘zbekiston Konstitusiyasining 30 yilligi” esdalik nishoni bilan taqdirlandi.

Xusanxon Sodirovich Sirdaryo viloyatida yoshlar bilan ishlash yo’nalishida amalga oshirayotgan mehnati hamda O‘zbekistonda Konstitusiyani isloh qilish yuzasidan yoshlarning takliflarini olish va Konstitusiyani yoshlarga keng targ’ib etish bo’yicha olib borayotgan faoliyatida muvaffaqiyat va kuch quvvat tilaymiz.

Partiya Yoshlar qanoti va faol azolari nomidan Djabarov Xusanxon Sodirovichni «O‘zbekiston Konstitusiyasining 30 yilligi» esdalik nishoni sohibi bo’lgani bilan tabriklaymiz!

O‘zLiDePga qo‘shiling: @Tadbirkor_va_YOSHLAR
234 views04:07
Ochish/sharhlash