Get Mystery Box with random crypto!

O'zLiDeP Tadbirkor va Yoshlari

Telegram kanalining logotibi tadbirkor_va_yoshlar — O'zLiDeP Tadbirkor va Yoshlari O
Telegram kanalining logotibi tadbirkor_va_yoshlar — O'zLiDeP Tadbirkor va Yoshlari
Kanal manzili: @tadbirkor_va_yoshlar
Toifalar: Kattalashtirilmagan
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 168
Kanalning ta’rifi

Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasining yoshlar va tadbirkorlar bilan olib borilayotgan hamkorlikdagi ishlari yoritilib boriladi

Ratings & Reviews

3.00

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

1

3 stars

1

2 stars

1

1 stars

0


Oxirgi xabar 12

2022-12-20 07:10:15
#Sport

Yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, ularni sportga qiziqtirish maqsadida Mirzo Ulug'bek tumanida O'zLiDeP Toshkent shahar Kengashi yoshlar qanoti a’zolari ishtirokida “Sport — salomatlik garovi” shiori ostida sport musobaqalari o‘tkazildi.

Tadbirda shaxmat-shashka, volleybol, milliy kurash, footbol va stol tennisi bo'yicha yoshlarimiz kuch sinashishdi.

Ta’kidlash lozimki, bunday tadbirlar, o'z navbatida, sog'lom turmush tarzini targ'ib qilish, jismonan baquvvat va manan yetuk shaxslar jamiyatini barpo etishga xizmat qiladi.

O‘zLiDePga qo‘shiling: @Tadbirkor_va_YOSHLAR
19 views04:10
Ochish/sharhlash
2022-12-19 17:35:23
Эртага, 20 декабрь куни Ўзбекистон Президенти Шавкат Мирзиёевнинг Олий Мажлисга Мурожаатномаси МТРК телерадиоканаллари, шунингдек, нодавлат телеканаллар ҳамда Президентнинг ижтимоий тармоқлардаги саҳифалари орқали тўғридан-тўғри жонли эфирда намойиш этилади.

Каналга уланиш:
@uzauz
40 views14:35
Ochish/sharhlash
2022-12-19 09:33:53
#Bilasizmi

Davlat organlari, tashkilot va muassasalarida ishlayotgan nufuzli xalqaro reyting tashkilotlarining yuqori 500 talik ro‘yxatiga kiritilgan xorijiy OTMlarini tamomlagan yoki ularda ilmiy daraja (PhD va unga tenglashtirilgan boshqa ilmiy daraja) olgan yosh mutaxassislarning lavozim maoshiga qo‘shimcha ustamalar to‘lab beriladi.

Ustamalar miqdori bilan yuqoridagi jadval orqali batafsil tanishishingiz mumkin.

Yosh mutaxassis ushbu jadvalda keltirilgan qo‘shimcha miqdorlarning bittasidan 30 yoshdan oshmagunga qadar foydalanishi mumkin.

O‘zLiDePga qo‘shiling:
@Tadbirkor_va_YOSHLAR
320 views06:33
Ochish/sharhlash
2022-12-16 13:44:23
#Partiyalar faoliyati–demokratiya omili

Guliston davlat universitetida “Partiyalar faoliyati–demokratiya omili” mavzusida universitet ijtimoiy–iqtisodiy fakulteti talabalari ishtirokida o‘quv seminar tashkil qilindi.

Tadbirda Sirdaryo viloyatidagi siyosiy partiya vakillari ishtirok etib, “Siyosiy partiyalar” to‘g‘risidagi O‘zbekiston Respublikasi qonuni yuzasidan talabalarga xuquqiy ma’lumotlar berildi. Jumladan partiya tomonidan amalga oshirilayotgan loyihalar, tanlovlar, tadbirlar va uchrashuvlar to‘g‘risida talabalarga ma’lumotlar berib o‘tdildi. Seminar yakunida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan barcha savollariga tashkilotchilar tomonidan to‘laqonli javoblar olishdi.


O‘zLiDePga qo‘shiling: @Tadbirkor_va_YOSHLAR
48 views10:44
Ochish/sharhlash
2022-12-16 07:30:26
#Bilasizmi

Dekabr oyining oxirgi 10 kunligi va yanvar oyining birinchi 10 kunligi oralig‘ida o‘rta maxsus, professional va oliy ta’lim muassasalari talaba (o‘quvchi)larining har yilgi 2 haftalik qishki ta’tili o‘tkaziladi.

2022 yildan qishki ta’til davrida o‘quvchi va talabalarning yo‘nalishli shaharlararo avtobus qatnovi orqali harakatlanishi uchun muddatli imtiyozlar to‘plamini (chegirmali chiptalar, aksiyalar) taqdim etish mexanizmi joriy etiladi.

O‘zLiDePga qo‘shiling: @Tadbirkor_va_YOSHLAR
20 views04:30
Ochish/sharhlash
2022-12-15 14:24:04
#Bilasizmi

Qonunchilikka ko‘ra, qishloq hududlarida xorijiy tillarni o‘qitish faoliyatini tashkil etish uchun tadbirkorlarga 50 mln so‘mgacha bir martalik subsidiya ajratiladi.

O‘zLiDePga qo‘shiling: @Tadbirkor_va_YOSHLAR
272 views11:24
Ochish/sharhlash
2022-12-15 13:35:44
Депутат талаба ёшларнинг таклиф ва фикр-мулоҳазаларини тинглади

https://uzlidep.uz/news-of-party/13662

Тадбирда Олий Мажлис Қонунчилик палатаси депутати Расул Кушербаев, партия фаоллари ва ёшлар иштирок этишди.

#uzlidep #deputat #yoshlar

Сайт | Facebook | Instagram | TikTok | Twitter | YouTube
26 views10:35
Ochish/sharhlash
2022-12-15 10:05:37
#Yangi_O‘zbekiston_yoshlari

O‘zLiDeP Namangan tuman Kengashi "Yoshlar qanoti" jamoatchilik Kengashi raisi hamda "Nur servis" MCHJ rahbari Xasanjon Sobirov Ravnaq MYFda joylashgan o‘zi taxsil olgan maktabiga tashrif buyurdi.

Xasanjon Sobirov yoshlarga bugungi kunda tadbirkorlik yo‘nalishida qilgan mehnatlari va erishgan yutqulari to‘g‘risida ustozlari va yoshlarga gapirar ekan, yoshlarimizga bugungi kunda ko‘plab imkoniyatlar yaratilganligi va shu imkoniyatlardan foydalanib tadbirkorlikning bir necha yo‘nalishlarida faoliyat yuritishga erishganligi haqida batafsil gapirib, yoshlarni ham bu kabi imkoniyatlardan oqilona foydalanishlari haqida takidlab o‘tdi.

O‘zLiDePga qo‘shiling: @Tadbirkor_va_YOSHLAR
41 views07:05
Ochish/sharhlash
2022-12-14 14:03:27
#Deputat_va_yoshlar

O'zLiDeP Boyovut tumanidagi “Farhod” va “Navro‘z” mahallasi yoshlari uchun "Deputat va yoshlar" uchrashuvi o‘tkazildi. Davra suhbati ko‘rinishda o‘tkazilgan uchrashuvda O’zLiDeP Boyovut tuman Kengashi deputati, Yoshlar ishlari agentligi tuman bo‘limi, mahalladagi yoshlar va faollar ishtirok etishdi.

Uchrashuvda yoshlarni qiynayotgan kamchilik va muammolar ham atroflicha muhokama qilindi va ba’zi bir murojaatlar joyida xal etildi hamda qolganlari tuman Kengashi deputat tomonidan nazoratga olindi. Uchrashuv so‘ngida yoshlar tomonidan berilgan savollarga tashkilotchirlar tomonidan aniq javoblar berildi.

O‘zLiDePga qo‘shiling: @Tadbirkor_va_YOSHLAR
42 views11:03
Ochish/sharhlash
2022-12-14 12:31:36
#Deputat_va_yoshlar

Bo‘stonliq tumanida tahsil olayotgan yosh avlod vakillarining huquqiy bilimlarini sinovdan o‘tkazish hamda ularning muammolari bilan tanishish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputati ishtirokida uchrashuv tashkil etildi.

O’zLiDeP Toshkent viloyat Kengashi tomonidan tashkil etilgan ushbu davra suhbati Bo‘stonliq tumani “Qoramanas” MFYda joylashgan 33-umumiy o‘rta ta’lim maktabi binosida bo‘lib o‘tdi.

Yoshlar bilan ochiq muloqot qilingan uchrashuvda o‘quvchilarning konstitusion bilimlarini sinovdan o‘tkazish bilan birga ularning xohish-istaklari ham tinglandi.

O‘zLiDePga qo‘shiling: @Tadbirkor_va_YOSHLAR
298 views09:31
Ochish/sharhlash