Get Mystery Box with random crypto!

O'zLiDeP Tadbirkor va Yoshlari

Telegram kanalining logotibi tadbirkor_va_yoshlar — O'zLiDeP Tadbirkor va Yoshlari O
Telegram kanalining logotibi tadbirkor_va_yoshlar — O'zLiDeP Tadbirkor va Yoshlari
Kanal manzili: @tadbirkor_va_yoshlar
Toifalar: Kattalashtirilmagan
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 168
Kanalning ta’rifi

Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasining yoshlar va tadbirkorlar bilan olib borilayotgan hamkorlikdagi ishlari yoritilib boriladi

Ratings & Reviews

3.00

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

1

3 stars

1

2 stars

1

1 stars

0


Oxirgi xabar 2

2023-03-01 12:57:29
#Yoshlar_bandligi

O‘zLiDeP Namangan shahar Kengashi tomonidan 26-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabi bitiruvchi yoshlari bilan "Deputat va Yoshlar" uchrashuvi tashkil etildi.

Uchrashuvda Xalq deputatlari Namangan shahar Kengashi deputati Sohibaxon Gapparova maktab ostonasini tugatib, katta hayotga qadam qo‘yish atrofida turgan yoshlar bilan erkin suhbat olib bordi.

Uchrashuvdan ko‘zlangan asosiy maqsad yoshlarni kasbga va tadbirkorlik faoliyatiga yo‘naltirishdan iborat bo‘lganligi sababli, bugungi kunda mamlakatimizda yoshlarga har bir sohada qulay sharoitlar yaratilganligi va turli imkoniyatlar eshigi ochiqligi haqida gapirib o‘tildi.

Shu jumladan yoshlarning tadbirkorlik faoliyatiga bo‘lgan qiziqishlarini oshirish hamda tadbirkorlik yo‘nalishlariga keng jalb qilish maqsadida maxsus biznes treninglar tashkil etilganligi va bu imkoniyatlardan oqilona foydalanishlari haqida ham tushunchalar berib o‘tildi.

O‘zLiDePga qo‘shiling: @Tadbirkor_va_YOSHLAR
70 views09:57
Ochish/sharhlash
2023-03-01 12:51:22
#Sport

Qiziltepa tumani "Sufiyon" MFY hududidagi 11-umumta’lim maktabida partiyaning tuman bo‘limi yoshlar qanoti a’zolari va "Sufiyon" MFY yoshlar yetakchisi hamkorligida Yoshlar o‘rtasida milliy sport turlarini ommalashtirish maqsadida sportning yengil atletika turi bo‘yicha musobaqa tashkil etildi.

Tadbirda maktab o‘quvchilari jamoaga bo‘linishib musobaqa shartlariga ko‘ra o‘zora bahslashishdi.

Musoboqa yakunida ishtirokchilar partiyaning estalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

O‘zLiDePga qo‘shiling: @Tadbirkor_va_YOSHLAR
63 views09:51
Ochish/sharhlash
2023-02-28 12:05:56
Ёшлар парламентига O'zLiDePдан сараланган 53 нафар муносиб номзодларни Ёшлар масалалари бўйича комиссиясига кўриб чиқиш ва тасдиқлаш учун тавсия этилди.

#uzlidep #YoshlarParlamenti

O'zLiDeP расмий канали
18 views09:05
Ochish/sharhlash
2023-02-27 15:09:58
#Deputat_va_yoshlar

O`zLiDeP Yangiyer shahar Kengashi tomonidan T.Malik MFY hududida joylashgan tibbiyot kolleji binosida Xalq deputatlari Yangiyer shahar Kengashidagi O`zLiDeP deputatlik guruhi a’zosi, tadbirkor Nilufar Djulibayeva bilan yoshlar o‘rtasida ochiq muloqat o‘tkazildi.

Tadbirda deputat hozirgi kunda davlatimiz tomonidan yoshlarga tadbirkorligini boshlashlari uchun keng imkoniyatlar berilgani va tadbirkorlikni qilish uchun nimalarga e’tibor berish kerakligi to‘g‘risida, o‘z tadbirkorlik faoliyati haqida erishgan yutuqlari va tadbirkorlik faoliyatini qanday yo‘lga qo‘yganligini so‘zlab berdi.

Ochiq muloqat davomida yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javoblarni olishdi.


O‘zLiDePga qo‘shiling: @Tadbirkor_va_YOSHLAR
56 views12:09
Ochish/sharhlash
2023-02-27 14:12:20
#Deputat_va_yoshlar

Búgin Qaraqalpaq mámleketlik universitetinde Oliy Majlis Nızamshılıq palatasınıń deputatları hám Qaraqalpaqstan Respublikası Joqarǵı Keńesi deputatı qatnasında «Deputat hám jaslar ushırasıwı» bolıp ótti. Onda Oliy Majlis Nızamshılıq palatası deputatları M.Ibragimov, L.Seytova hám Qaraqalpaqstan Respublikası Joqarǵı Keńesi deputatı A.Reymovlar qatnastı.

Ushırasıwdı Qaraqalpaqstan Respublikası Joqarǵı Keńesi deputatı, Berdaq atındaǵı Qaraqalpaq mámleketlik universiteti rektorı A.Reymov alıp bardı. Ol óz sózinde elimizde keyingi bes jıllıqta alıp barılıp atırǵan ózgeris hám jańalanıwlar, ásirese keleshegimiz bolǵan jaslarımızǵa qaratılıp atırılǵan itibar, jaslarǵa tiyisli mámleketlik siyasat dárejesinde alıp barılıp atırǵan jumıslar haqqında aytıp ótti.


O‘zLiDePga qo‘shiling: @Tadbirkor_va_YOSHLAR
49 views11:12
Ochish/sharhlash
2023-02-27 10:54:24
Ўзбек боксчилари Болгарияда бўлиб ўтган "Странжа-2023" турнирида умумжамоа ҳисобида биринчи ўринни олди

Боксчиларимиз София шаҳрида бўлиб ўтган трунирда 7 та олтин, 5 та кумуш ва 6 та бронза, жами 18 та медални қўлга киритиб, умумжамоа ҳисобида биринчи бўлди.

Спортчиларимизни ушбу ғалаба билан самимий қутлаймиз!

#uzlidep #boks

O'zLiDeP расмий канали
22 views07:54
Ochish/sharhlash
2023-02-24 14:45:49
"Мен ҳам бир кўриб чиқай, ҳаммаси ўзимизнинг маҳсулотлар дейишяпти" - Президент Қаршидаги супермаркетлардан бирига кириб, харидорлар билан суҳбатлашди

#Mirziyoyev #uzlidep

O'zLiDeP расмий канали
19 views11:45
Ochish/sharhlash
2023-02-24 12:30:07
ИШОНЧЛИ, МУНОСИБ 53 ИЗДОШ МАЙДОНГА ЧИҚМОҚДА!

Тадбиркорлар ва ишбилармонлар ҳаракати – Ўзбекистон Либерал-демократик партиясидан Олий Мажлис Қонунчилик палатаси ҳузуридаги Ёшлар парламенти аъзолиги учун сайловнинг республика босқичи жуда қизғин бўлди.

Номзодлар партиянинг 2023 йил 19 январдаги йиғилиши қарори билан тасдиқланган “Тадбиркорлар ва ишбилармонлар ҳаракати – Ўзбекистон Либерал-демократик партиясидан Ўзбекистон Республикаси Олий Мажлиси Қонунчилик палатаси ҳузуридаги Ёшлар парламенти аъзоларини сайлаш тартиби тўғрисида”ги Низом асосида тажрибали ва талабчан Ҳакамлар ҳайъатининг чиғириғидан ўтди.

“XXI asr” газетасининг 2023 йил 23 февралдаги 8-сонида Ёшлар парламентига бўлиб ўтган сайловлар ҳамда унда иштирок этган хайъат аъзолари ва иштирокчиларнинг фикрлари билан танишишингиз мумкин.

@a_xaitov
26 views09:30
Ochish/sharhlash
2023-02-24 12:28:42
#Yangi_avlod_kadrlari

Navoiy davlat pedagogika instituti “San’atshunoslik” fakul’yeti 1-bosqich talabalari ishtirokida O’zLiDeP ning “Yangi avlod kadrlari” loyihasining maqsad vazifalari talabalarga to‘liqligicha tushuntirib o‘tildi.

Shuningdek partiya targ‘ibot-tashviqot ishlari amalga oshirilishi natijasida 12 nafar talaba partiyaga a’zo bo’lish istagini bildirdi. 2 nafar talaba partiyaning istiqbolli kadrlar zaxirasiga olindi.

O‘zLiDePga qo‘shiling:
@Tadbirkor_va_YOSHLAR
38 views09:28
Ochish/sharhlash
2023-02-23 15:43:01
#Yangi_avlod_kadrlari

O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutida “Yangi avlod kadrlari” loyihasi doirasida “Partiya ish faoliyatida kadrlar zaxirasini shakllantirish ” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.
Tadbirda Oliy majlis qonunchilik palatasi deputati Zaxidov Erkin Agzamovich, tuman deputatlari, Toshkent shahar Kengashi xodimlari, institut professor-o‘qituvchilar hamda talaba-yoshlar ishtirok etishdi.

Tadbir davomida siyosiy jarayonlarga qiziqishi baland bo‘lgan 10 nafar yoshlar partiya safiga qabul qilindi.

O‘zLiDePga qo‘shiling: @Tadbirkor_va_YOSHLAR
52 views12:43
Ochish/sharhlash