Get Mystery Box with random crypto!

“Konstitusiya baxtimiz poydevori” O’zLiDeP Namangan shahar Ke | O'zLiDeP Tadbirkor va Yoshlari

“Konstitusiya baxtimiz poydevori”

O’zLiDeP Namangan shahar Kengashi tomonidan O’zLiDeP Namangan viloyat Kengashi binosi tadbirlar zalida “Konstitusiya baxtimiz poydevori” nomli onlayn ko‘rik tanlov yakunining taqdirlash marosimi tashkil etildi.

Tadbirda yoshlarga O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasining demokratik davlat va kuchli fuqarolik jamiyatini barpo etish, aholining erkin va obod turmushini ta’minlash, mamlakatning xalqaro maydondagi obro‘-e’tiborini yuksaltirish hamda barcha sohalarda islohotlarni muvaffaqiyatli amalga oshirishda mustahkam poydevor bo‘lib xizmat qilayotganini to’g’risida tushunchalar berildi.

Tadbirda yakunida O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasining 30 yillik bayrami munosabati bilan “Konstitusiya baxtimiz poydevori” nomi ostida o‘tkazilgan onlayn tanlovida fahrli o‘rin egallagan bir gurux yoshlarga partiya shahar Kengashining estalik sovg‘alari va tashakkurnomalari topshirildi.

O‘zLiDePga qo‘shiling: @Tadbirkor_va_YOSHLAR