Get Mystery Box with random crypto!

#Deputat_va_yoshlar Bo‘stonliq tumanida tahsil olayotgan yosh | O'zLiDeP Tadbirkor va Yoshlari

#Deputat_va_yoshlar

Bo‘stonliq tumanida tahsil olayotgan yosh avlod vakillarining huquqiy bilimlarini sinovdan o‘tkazish hamda ularning muammolari bilan tanishish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputati ishtirokida uchrashuv tashkil etildi.

O’zLiDeP Toshkent viloyat Kengashi tomonidan tashkil etilgan ushbu davra suhbati Bo‘stonliq tumani “Qoramanas” MFYda joylashgan 33-umumiy o‘rta ta’lim maktabi binosida bo‘lib o‘tdi.

Yoshlar bilan ochiq muloqot qilingan uchrashuvda o‘quvchilarning konstitusion bilimlarini sinovdan o‘tkazish bilan birga ularning xohish-istaklari ham tinglandi.

O‘zLiDePga qo‘shiling: @Tadbirkor_va_YOSHLAR