Get Mystery Box with random crypto!

Surxondaryo viloyat adliya boshqarmasi (Rasmiy sahifa)

Telegram kanalining logotibi surxondaryoadliya — Surxondaryo viloyat adliya boshqarmasi (Rasmiy sahifa) S
Telegram kanalining logotibi surxondaryoadliya — Surxondaryo viloyat adliya boshqarmasi (Rasmiy sahifa)
Kanal manzili: @surxondaryoadliya
Toifalar: Qarzlar, soliqlar va qonunlar
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 12.84K
Kanalning ta’rifi

👉 Ushbu kanalda sizga siyosiy, huquqiy va boshqa mavzularda yangiliklar berilib boriladi.
📝 Sizda huquqiy mavzuda SAVOL bo'lsa @huquqiy_maslahatbot murojaat qiling.
Янгиликлар учун.
@surxondaryoadliya
🌐 www.surxondaryo.adliya.uz

Ratings & Reviews

1.50

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

1

1 stars

1


Oxirgi xabar 90

2023-01-16 07:58:52
Bola nafaqasi necha yoshgacha beriladi?

Batafsil

Muallif: Oltinsoy tuman Adliya boʻlimi Yuridik xizmat koʻrsatish markazi bosh yuriskonsulti - Luiza Xasanova

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring:
Telegram I Facebook I Youtube | Web-site
380 viewsMadina Mirzayeva, 04:58
Ochish/sharhlash
2023-01-15 10:11:32
#Bilasizmi

Qonunchilikka ko'ra, fuqarolar jamg'arib boriladigan pensiya to'lovlarini davlat pensiyasiga bo'lgan huquq (umumiy asosda ayollar 55 yoshga, erkaklar 60 yoshga to'lganda) yuzaga kelgan taqdirda olishlari mumkin.

Fuqaro vafot etgan taqdirda, shaxsiy jamg'arib boriladigan pensiya hisobvarag'ida jamg'arilgan mablag'lar merosga o'tadi va merosxo'rga bir yo'la to'la hajmda to'lanadi.

Fuqaro O'zbekiston hududidan tashqariga doimiy yashashga chiqib ketayotgan bo'lsa, shaxsiy jamg'arib boriladigan pensiya hisobvarag'ida jamg'arilgan mablag'lar bir yo'la to'la hajmda to'lanadi.

Kanalga ulanish
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
307 viewsMadina Mirzayeva, 07:11
Ochish/sharhlash
2023-01-15 07:32:20 MUDDATLI HARBIY XIZMATNI O‘TAB TAVSIYANOMA OLGANLARGA QANDAY IMTIYOZLAR BOR.

Adliya vazirligi tomonidan 31.01.2020 yilda 3215-son bilan ro‘yxatdan o‘tkazilgan qo‘shma qarorga ilova qilib keltirilgan Nizomga asosan, muddatli harbiy xizmatni o‘tab, tavsiyanomaga ega bo‘lgan fuqarolar;

1) Respublikaning oliy harbiy ta’lim muassasalaridagi tegishli ta’lim yo‘nalishlariga o‘qishga kirishda test sinovlari natijalariga ko‘ra o‘zlari to‘plagan ballarining 50 foizi miqdorida qo‘shimcha ball shaklidagi imtiyozga;

2) Respublikaning OTM (oliy harbiy ta’lim muassasalari bundan mustasno) bakalavriatiga o‘qishga kirish uchun OTMga qabul parametrlaridan tashqari ajratiladigan alohida qabul ko‘rsatkichlari doirasida tanlovda ishtirok etish huquqiga ega.

Muddatli harbiy xizmatni tugatgan harbiy xizmatchilarga beriladigan tavsiyanoma 3 yil davomida amal qiladi.

https://t.me/surxondaryoadliya
382 viewsMadina Mirzayeva, edited  04:32
Ochish/sharhlash
2023-01-14 18:40:20
#Bilasizmi

Iqtidorli va malakali tibbiyot mutaxassislarini qo'llab-quvvatlash hamda tibbiyot muassasalariga jalb qilish jamg'armasi mablag'lari hisobidan har yili Markaz va uning hududiy filiallaridan shaffof tanlov asosida tanlab olingan 10 nafargacha shifokor mutaxassislarni nufuzli xorijiy narkologiya markazlarida malaka oshirishga yuborilishi belgilangan.

Kanalga ulanish
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
220 viewsMadina Mirzayeva, 15:40
Ochish/sharhlash
2023-01-14 16:08:49
#Denov_Tuman

Denov tuman adliya bo'limi tashabbusi bilan Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 16-maydagi 259-son “2022-2023-yillarda jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish bo'yicha chora-tadbirlar dasturini tasdiqlash to'g'risida”gi qarori ijrosini ta'minlash yuzasidan 2022-yilda jinoyat sodir qilinishi surati oshgan tumandagi Bog'i eram mahallasida tuman oila va xotin qizlar bo'limi, maxalla fuqarolar yig'ini raisi, xotin qizlar faoli, IIB profilaktika inspektori, hokim yordamchisi va yoshlar yetakchisi jalb qilingan holda huquqiy madaniyatni yuksaltirishga qaratilgan targ'ibot tadbiri tashkil  qilindi.

Tadbir davomida mahallada yashovchi fuqarolar va yoshlar bilan uchrashuv va davra suhbati o‘tkazildi.
401 viewsУлуғов, 13:08
Ochish/sharhlash
2023-01-14 16:05:01
#Биласизми

Тадбиркорликни йўлга қўйиш учун хотин-қизларга 33 млн сўмгача 14 фоизлик кредитлар берилади:

оилавий тадбиркорлик учун3-6 ойгача имтиёзли давр билан 3 йилгача;
чорвачилик, балиқчилик, паррандачилик учун 1 йилгача имтиёзли давр билан 3 йилгача;
боғдорчилик, узумчилик ва лимончиликни ташкил этиш, иссиқхона, қишлоқ хўжалиги техникаси ва асбоб-ускуналарни харид қилиш учун – 3 йилгача имтиёзли давр билан 7 йилгача ажратилади.

Аёлларга 5 млн сўмгача кредитлар нақд берилиши мумкин.

“Аёллар дафтари”га 30 ёшдан ошган қуйидаги хотин-қизлар киритилади:

ижтимоий ҳимояга муҳтож ишсиз хотин-қизлар;
тадбиркорлик қилиш истагида бўлган эҳтиёжманд хотин-қизлар;
боқувчиси бўлмаган эҳтиёжманд хотин-қизлар;
ижтимоий ёрдамга муҳтож I ва II гуруҳ ногиронлиги бўлган, тезкор тиббий муолажага муҳтож эҳтиёжманд хотин-қизлар;
уй-жойга муҳтож хотин-қизлар;
қарамоғида ногиронлиги бўлган фарзандлари бор эҳтиёжманд хотин-қизлар.

Каналга уланиш
https://t.me/huquqiyaxborot
401 viewsУлуғов, 13:05
Ochish/sharhlash
2023-01-14 12:55:28
2023 йил 15 январь - якшанба куни республика бўйича ишлайдиган нотариуслар рўйхати:
e-notarius.uz сайтига киринг ва ўзингизга қулай вақтда, сиз истаган нотариус қабулига ёзилинг.
Батафсил https://telegra.ph/palata-01-13-5
403 viewsУлуғов, 09:55
Ochish/sharhlash
2023-01-14 12:55:28
2023 йил 14 январь - шанба куни республика бўйича ишлайдиган нотариуслар рўйхати:
e-notarius.uz сайтига киринг ва ўзингизга қулай вақтда, сиз истаган нотариус қабулига ёзилинг.
Батафсил https://telegra.ph/palata-01-13-4
380 viewsУлуғов, 09:55
Ochish/sharhlash
2023-01-14 12:09:38 #maqola Mehnat munosabatlarida harbiy xizmat bilan bogʼliq 14 savolga 14 javob!

1993-yil 29-dekabrdagi 1018-XII-son “Vatan himoyachilari kunini belgilash to‘g‘risida”gi Qonun bilan 14-yanvar — Vatan himoyachilari kuni etib belgilangan.

Chunki 1992-yil 14-yanvardan O‘zbekiston hududida joylashgan harbiy tuzilmalar O‘zbekiston Respublikasi yurisdiksiyasiga o‘tkazilgan.

Muhammadamin Karimjonovning ushbu maqolasida mehnat va ijtimoiy ta’minot qonunchiligidagi harbiy xizmat bilan bog‘liq eng ko‘p beriladigan quyidagi va boshqa savollarga javob topasiz: Xodim harbiy hizmatga chaqirilsa mehnat shartnomasi bekor qilinadimi, bunda xodimni ogohlantirish shartmi hamda kompensatsiya to‘lanadimi, harbiy xizmatni o‘tayotgan harbiy xizmatchilarning turmush o’rtoqlariga mehnat qonunchiligida qanday kafolatlar bor…
130 viewsУлуғов, edited  09:09
Ochish/sharhlash
2023-01-14 09:37:32
Дорихона ходими беморга дори воситасини тавсия қилиши тўғрими?

Батафсил https://hudud24.uz/?p=48658

Каналга уланиш
https://t.me/hudud24official
______________________________
#Муҳим
249 viewsMadina Mirzayeva, 06:37
Ochish/sharhlash