Get Mystery Box with random crypto!

Surxondaryo viloyat adliya boshqarmasi (Rasmiy sahifa)

Telegram kanalining logotibi surxondaryoadliya — Surxondaryo viloyat adliya boshqarmasi (Rasmiy sahifa) S
Telegram kanalining logotibi surxondaryoadliya — Surxondaryo viloyat adliya boshqarmasi (Rasmiy sahifa)
Kanal manzili: @surxondaryoadliya
Toifalar: Qarzlar, soliqlar va qonunlar
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 12.84K
Kanalning ta’rifi

👉 Ushbu kanalda sizga siyosiy, huquqiy va boshqa mavzularda yangiliklar berilib boriladi.
📝 Sizda huquqiy mavzuda SAVOL bo'lsa @huquqiy_maslahatbot murojaat qiling.
Янгиликлар учун.
@surxondaryoadliya
🌐 www.surxondaryo.adliya.uz

Ratings & Reviews

1.50

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

1

1 stars

1


Oxirgi xabar 91

2023-01-14 05:16:17
14-YANVAR VATAN HIMOYACHILARI KUNI

Sizda orom qayda,
Sizda tin qayda.
Siz to'yib uxlagan bitta tun qayda.
El-yurt oromini asragan zotlar
El mehri asrasin sizni har joyda!
Sizni uchrataman togʻda, dalada,
Xizmatda, hamisha qorda, jalada,
Sizga sabot bersin, kuch bersin ---
Buyuklar ruhi shunday pallada.

Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganligining 31 yilligi munosabati bilan barcha yurtdoshlarimizni, sarhadlarimiz, Oilamiz posbonlarini chin dildan muborakbod etamiz
!

Surxondaryo viloyat adliya boshqarmasi
959 viewsMadina Mirzayeva, edited  02:16
Ochish/sharhlash
2023-01-13 15:27:37
#O‘ZIMIZ_KELDIK

Angor tuman adliya bo'limi Davlat xizmatlari Markazi xodimlari tomonidan tumandan ancha olis hududda joylashgan "Qoraqir" mahallasidagi 13-DMTTda  81 nafar fuqarolarga sayyor Davlat xizmatlari ko'rsatildi.

Shuningdek, sayyor Davlat xizmatlari ko‘rsatish barobarida fuqarolarga bugungi kunda Markaz tomonidan ko'rsatilayotgan xizmatlar va masofadan turib davlat xizmatlaridan foydalanish tartibi to'g'risida batafsil tushuntirishlar ham berib o‘tildi.

Surxondaryo viloyat adliya boshqarmasi
417 viewsMadina Mirzayeva, 12:27
Ochish/sharhlash
2023-01-13 15:03:25
#Bilasizmi

Qonunchilikka ko'ra, o'zlariga biriktirilgan turar joyga ega bo'lmagan va turar joyga muhtojlar sifatida hisobda turgan yetim bolalar va ota-ona qaramog'idan mahrum bo'lgan bolalarga ular 18 yoshga to'lgan yilda ko'p kvartirali uy-joylardan umumiy maydoni 25 kvadrat metrdan kam bo'lmagan 1 xonali, voyaga yetgan yetim bolalar o'rtasida nikoh tuzilgan hollarda, 50 kvadrat metrdan kam bo'lmagan 2 xonali kvartiralar ajratilishi belgilangan.

Bunda, mazkur toifaga kiruvchi nogironligi bo'lgan bolalarga kvartiralar ko'p qavatli uylarning 3-qavatigacha ajratiladi.

Uy-joylar mulkka egalik qilish huquqi asosida, biroq 30 yoshga to'lgungacha uni sotish huquqisiz beriladi.

Kanalga ulanish
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
480 viewsMadina Mirzayeva, 12:03
Ochish/sharhlash
2023-01-13 09:47:26
#Диққат_лойиҳа

Лойиҳада 3 ойдан ортиқ муддатга ота-онаси хорижий давлатга кетаётган болаларга нисбатан уларга таъминот, тарбия ва таълим бериш, уларнинг ҳуқуқлари ва қонуний манфаатларини ҳимоя қилиш вазифаларини бажарувчи васий ёки ҳомий тайинланиши белгиланмоқда.

Ушбу ҳавола орқали лойиҳа муҳокамасида фаол иштирок этинг: https://regulation.gov.uz/oz/d/75074

Батафсил инфографикада

Каналга уланиш
https://t.me/huquqiyaxborot
789 viewsMadina Mirzayeva, 06:47
Ochish/sharhlash
2023-01-13 06:25:49 Bola puli qanday oilalarga beriladi?


JAVOB;
Hukumatning 654-son qarori bilan tasdiqlangan nizomga asosan, bolalar nafaqasi va moddiy yordam ushbu nizomda belgilangan tartibda oila a’zolarining taqdim etgan arizalariga asosan «Yagona reyestr» AT orqali o‘sha oila kam ta’minlangan oila deb e’tirof etilgandan so‘ng tayinlanadi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram I Facebook I Youtube I Web-site
787 viewsMadina Mirzayeva, 03:25
Ochish/sharhlash
2023-01-12 19:19:24
#Rasmiy_sahifa

Surxondaryodagi Adliya muassasalari qanday faoliyat olib bormoqda?
Ularning ishida shaffoflik qay darajada?
FHDY hamda Davlat xizmatlari sohalariga oid savollaringiz bormi?
Yoki sizni qiynayotgan muammolarga huquqiy yechim kerakmi?
Unda
Surxondaryo viloyat adliya boshqarmasining telegramdagi rasmiy kanaliga obuna bo‘ling va kuzatib boring!!!
Adliya boshqarmasi sizning huquqiy ko‘makchingiz!

Kanalga ulanish
https://t.me/surxondaryoadliya
1.8K viewsУлуғов, 16:19
Ochish/sharhlash
2023-01-12 16:25:46
JINOYATCHILIK VA HUQUQBUZARLIKLARNING OLDINI OLISH MAQSADIDA 2022-YIL DAVOMIDA AMALGA OSHIRILGAN ISHLAR MUHOKAMA QILINDI

Joriy yilning 12-yanvar kuni Surxondaryo viloyat adliya boshqarmasi, viloyat ichki ishlar boshqarmasi va viloyat darajasidagi tegishli boshqarma va idoralar mas’ullari ishtirokida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “2022-2023-yillarda jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish bo'yicha chora-tadbirlar dasturini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 259-sonli qarorida belgilangan vazifalar ijrosi yuzasidan amalga oshirilgan ishlar va yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar muhokamasi tashkil etildi.

Hamorlikda o‘tkazilgan yig‘ilishda tuman (shahar) adliya bo‘limlari va ichki ishlar bo‘limlari ham ishtirok etib, jinoyatchilikka qarshi kurashishda ta’sirchan mehanizmlarni qo‘llash, targ‘ibot tadbirlari qamrovini jinoyat sodir etgan shaxslar toifasi va jinoyatchilikning turlariga mos ravishda tashkil qilish hamda jinoyatchilik ko‘rsatkichi oshgan mahallalarda tashkil etilgan tadbirlar davomida ishtirokchilar tomonidan bildirilgan mulohazalar va o‘tkazilgan so‘rovnomalar natijalari tahlili, shuningdek, amaliyotda duch kelayotgan muammolari yuzasidan takliflarini bildirib o‘tishdi.

Jinoyatchilikka qarshi kurashish faqatgina huquqni muhofaza qiluvchi organlar vazifasi bo‘libgina qolmay barcha idora va tashkilotlar o‘z vakolatlari va vazifalaridan kelib chiqqan holda ularga ko‘maklashishi lozimligi va shu orqali hamkorlikda tashkil etiladigan tadbirlar o‘z samarasini berishi ta’kidlab o‘tildi.

Yig‘ilish yakunida bildirilgan takliflar muhokama qilinib, kelgusida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan vazifalar belgilab olindi.

https://t.me/surxondaryoadliya
636 viewsУлуғов, 13:25
Ochish/sharhlash
2023-01-12 14:51:17
#Islohotlar_inson_qadri_uchun

Joriy yilning 1-yanvaridan qonunchiligimizda qanday o‘zgartish va qo‘shimchalar
kuchga kirdi, tumanlar (shahar)lar toifalarga ajratildi, bundan ko‘zlangan asosiy maqsad nima hamda bu orqali fuqarolar va tadbirkorlar uchun qanday qulayliklar yaratiladi, shuningdek, pedagogika sohasida ta’lim olayotgan talabalar ishlashi mumkinmi va shu kabi qonunchiligimizda belgilangan talablar mazmun-mohiyati bo‘yicha tushuntirish berish maqsadida viloyat adliya boshqarmasi bo‘lim boshlig‘i Q.Ulug‘ov ishtirokida tashkil etilgan “Dialog” ko‘rsatuvining navbatdagi soni Surxondaryo TRK orqali efirga uzatildi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Telegram I Facebook I Youtube I Web-site
570 viewsУлуғов, edited  11:51
Ochish/sharhlash
2023-01-12 12:59:36
#TASHAKKURNOMA

Denov tuman adliya bo‘limi tomonidan tumandagi "Sohibkor" mahallasida istiqomad qiluvchi fuqaro M.Muratovaning pensiya tayinlash uchun ish staji  yuzasidan ma‘lumotlarga aniqlik kiritilmasdan mehnat shartnomasi bekor qilinishi natijasida ham ishsiz, ham pensiyasiz qolganligidan norozi bo'lib yo'llagan murojaati o‘rganilishi natijasida kiritilgan taqdimnoma asosida o‘z ishiga qayta tiklanishiga erishildi.

Murojaati tez kunda ijobiy hal bo‘lganidan mamnun bo‘lgan murojaat muallifi adliya organlariga o‘z tashakkurini bildirdi.

Surxondaryo viloyat adliya boshqarmasi
569 viewsMadina Mirzayeva, 09:59
Ochish/sharhlash
2023-01-12 10:27:05
#mamuriy_islohot

Maʼmuriy islohotlardan ko‘zlangan maqsad nima?

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram I Facebook I Youtube I Web-site
896 viewsMadina Mirzayeva, edited  07:27
Ochish/sharhlash