Get Mystery Box with random crypto!

#Bilasizmi Qonunchilikka ko'ra, fuqarolar jamg'arib borilad | Surxondaryo viloyat adliya boshqarmasi (Rasmiy sahifa)

#Bilasizmi

Qonunchilikka ko'ra, fuqarolar jamg'arib boriladigan pensiya to'lovlarini davlat pensiyasiga bo'lgan huquq (umumiy asosda ayollar 55 yoshga, erkaklar 60 yoshga to'lganda) yuzaga kelgan taqdirda olishlari mumkin.

Fuqaro vafot etgan taqdirda, shaxsiy jamg'arib boriladigan pensiya hisobvarag'ida jamg'arilgan mablag'lar merosga o'tadi va merosxo'rga bir yo'la to'la hajmda to'lanadi.

Fuqaro O'zbekiston hududidan tashqariga doimiy yashashga chiqib ketayotgan bo'lsa, shaxsiy jamg'arib boriladigan pensiya hisobvarag'ida jamg'arilgan mablag'lar bir yo'la to'la hajmda to'lanadi.

Kanalga ulanish
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin