Get Mystery Box with random crypto!

BEKOBOD TUMANI SOLIQ XABARLARI

Telegram kanalining logotibi soliq_bekobod_t — BEKOBOD TUMANI SOLIQ XABARLARI B
Telegram kanalining logotibi soliq_bekobod_t — BEKOBOD TUMANI SOLIQ XABARLARI
Kanal manzili: @soliq_bekobod_t
Toifalar: Yangiliklar
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 105

Ratings & Reviews

4.50

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

1

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

0


Oxirgi xabar 6

2023-02-10 16:55:08
#ERI

Elektron raqamli imzoni masofadan qanday olish mumkin?

Batafsil
videoqo‘llanmada

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter
20 views13:55
Ochish/sharhlash
2023-02-10 13:32:49
Bir gurux shaxslarga insonparvarlik dalolatnomalari qo’lanildi.

Kuni kecha Bekobod tuman sudining raisi I.Tursunov raisligida tumani IIB faollar zalida o’tgan mazkur sayyor sud majlisida, Probasiya nazoratida turgan 10 nafar shaxslar jazoni namunali xulqi bilan o’tab, tuzalish yuliga o’tganligi sababli, o’tab kelayotgan jazolaridan muddatidan avval shartli ravishda ozod etildi. Aksincha muqaddam qilgan jinoyatidan o’ziga tegishli xulosa chiqarmasdan, o’ziga nisbatan tayinlangan ozodlikdan cheklash jazosini o’tash tartib qoidalarini muntazam ravishda buzib kelganligi sababli 1 nafar nazorat ostidagi shaxsning o’talmay qolgan jazosini ozodlikdan maxrum qilish jazosiga almashtirildi.

Shuningdek sud majlisida, IIB Tashkiliy bo’linma boshlig’i mayor R.Suyarqulov, IIB JXX XPB XQMB katta inspektori podpolkovnik N.Kasimova, Oila va xotin qizlar bo’limi mutaxassisi D.Ismailova, IIB Probasiya guruxi xodimlari va Probasiya xisobidagi 20 nafar shaxslar ishtirok etishdi
.
20 views10:32
Ochish/sharhlash
2023-02-10 10:17:52
Qoraqo’yli mahallasi10 kunlik obodonchilik va ko’kalamzorlashtirish xaftaligida

Toshkent viloyati hokimining maishiy chiqindilarni toʻplash va qayta ishlash soxasiga bag’ishlab, 2022-yilning 2-fevralida oʻtkazilgan videoselektor yigʻilishida 10 kunlik obodonchilik va ko’kalamzorlashtirish xaftaligi etib belgilab bergan topshiriqlari bugun barcha mahallalarimizda uyushqoqlik bilan amalga oshirilmoqda.

Shu o’rinda 1-sektor xududi Qoraqo’yli mahallasi raisi boshchiligida xashar ishlari qizg’in tus olgan. Mahallaning ahli imkoniyatidan kelib chiqib, barcha texnikalarni jalb etgan holda har bir ko’chada, xonadon oldilariga chiqarilgan chiqindilarni tashib chiqarish ishlari olib borilmoqda.
25 views07:17
Ochish/sharhlash
2023-02-09 15:59:33
#Yashil_energiya

Siz 1 yilda elektr energiyasi yoki tabiiy gaz uchun qancha haq toʻlaysiz?

Mablagʻingizni tejash haqida hech oʻylab koʻrganmisiz?

Albatta, buning imkoni bor.

Agar xonadoningizga quyosh fotoelektr stansiyasini oʻrnatsangiz, mablagʻingizni tejash bilan birga, energiyani sotib, daromad topishingiz ham mumkin?

Qanday qilib deysizmi?

Batafsil videolavhada

Telegram Website YouTube Instagram Facebook Twitter
26 views12:59
Ochish/sharhlash
2023-02-09 13:26:46 Toshkent viloyati Bekobod tumani Davlat soliq inspeksiyasi boshligʻi J.Alimovning sohada amalga oshirilayotgan ishlari yuzasidan xisoboti

Muhtaram Prezidentimiz Shavkat Mirziyoev Davlat soliq qo‘mitasiga tashrifi davomida sohani takomillashtirish, xususan soliq tizimini raqamlashtirish, soliq to‘lovchilarga xizmat ko‘rsatish sifati va ko‘lamini oshirish, shuningdek, "Soliqchi - ko‘makchi" tamoyili asosida tadbirkorlar bilan bevosita muloqotga kirishib, ularning muammolarini o‘rganish va soliq qonunchiligidagi o‘zgarishlarni tushuntirish yuzasidan bir qator topshiriqlar bergandi.
Mazkur topshiriqlarning ijrosini ta’minlash, tadbirkorlarni soliq sohasidagi o‘zgarish va yangiliklar bilan tanishtirish maqsadida Davlat soliq qo‘mitasi rahbariyati boshchiligida joylarda tadbirkorlar bilan uchrashuvlar o‘tkazildi.

Shuningdek, 2023-yilning yanvar oyi davomida viloyat davlat soliq boshqarmasi mutaxassislari tomonidan jami 5 marotaba tadbirkorlar bilan bevosita muloqotlar o‘tkazilib, soliq qonunchiligiga kiritilgan o‘zgartish va qo‘shimchalar, yangiliklar, avtomatlashtirilgan axborot tizimlari haqida batafsil ma’lumotlar berildi.

Shu o‘rinda aytib o‘tish kerakki, bugungi kunda tumanda 1850 ga yaqin tadbirkorlik sub’ektlari faoliyat yuritadi. Yil boshidan buyon "Soliqchi-ko‘makchi" tamoyili asosida tumanmizdagi 322ta korxonaning muammolari o‘rganilib, mazkur muammolarning 235 dan ortig‘i bevosita soliq xodimlari ko‘magida hal etildi.

Bekobod tumani davlat soliq xizmati organlari xodimlari tomonidan tadbirkorlik sub’ektlari bilan olib borilgan tushuntirish ishlari natijasida 85 ta korxonadagi 104 nafar norasmiy ishlovchi fuqarolar faoliyati qonuniylashtirildi va budjetga qo‘shimcha mablag‘lar  yo‘naltirildi.

Aytish kerakki, keyingi yillarda mamlakatimizda aholi va biznes uchun qulayliklarni oshirish, soliq munosabatlarida inson omilini kamaytirish maqsadida soliq ma’muriyatchiligi tubdan isloh qilinmoqda.
O‘zbekiston Respublikasining 2023 yilgi soliq konsepsiyasi doirasida soliq qonunchilik hujjatlariga o‘zgarish va qo‘shimchalar kiritildi.
Xususan:
Qo‘shilgan qiymat solig‘i stavkasi 15 foizdan 12 foizga pasaytirildi;
Qoplanadigan (qaytariladigan) QQS summasining asosliligi yuzasidan kameral soliq tekshiruvini o‘tkazish 60 kundan 30 kunga qisqartirildi.
QQS guvohnomasining amal qilish muddati to‘xtatilgan davrda hisobga qabul qilinmagan QQS summasi, guvohnoma tiklanganda, to‘xtatib turilgan davr uchun hisobga qabul qilinishi huquqi berildi.
AOS stavkalari soliq to‘lovchilarning barcha toifalari uchun 4 foiz miqdoridagi yagona stavkani belgilagan holda birxillashtirildi, bunda soliq pasaytirilgan soliq stavkalari saqlab qolindi.
AOS to‘lovchilar uchun ixtiyoriy asosda qat’iy belgilangan miqdorda soliq to‘lashni tanlashga huquqi berildi.
Jismoniy shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq bo‘yicha 2022 yilda amal qilgan soliq stavkalari Soliq kodeksining
422-moddasi birinchi qismi 1-3-bandlarida nazarda tutilgan ob’ektlar bo‘yicha o‘rtacha 10 foizga indeksatsiya qilindi.
Yer solig‘i bo‘yicha Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yerlar uchun 2022 yilda amalda bo‘lgan yer solig‘ining bazaviy stavkalari o‘rtacha 10 foizga indeksatsiya qilindi.
2023 yilda Soliq kodeksining 429-moddasida nazarda tutilgan yuridik shaxslarning alohida ob’ektlar bilan band bo‘lgan yer uchastkalari uchun soliq stavkalariga nisbatan qo‘llaniladigan pasaytiruvchi koeffitsientni 0,25 dan 0,3 ga oshirildi.
Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yerlar bo‘yicha soliq hisobotini taqdim etish va soliqni to‘lash muddatlariga o‘zgartirishlar kiritildi.

2023-yilning yanvar oyi davomida Bekobod tumani soliq to‘lovchilari tomonidan 4.387 milliard so‘m miqdorida soliqlar to‘landi.

Olib borilgan targ‘ibot-tashviqotlar ishlari natijasida 185 ta AOS to‘lovchi tadbirkorlik subektlari ixtiyoriy asosda qat’iy belgilangan miqdorda soliq to‘lash rejimiga o'tishdi.

Jaxangir Alimov
Bekobod tumani davlat soliq inspeksiyasi boshligʻi
18 views10:26
Ochish/sharhlash
2023-02-09 13:26:46
Kanalga obuna bo'ling!
18 viewsedited  10:26
Ochish/sharhlash
2023-02-04 13:02:17

26 views10:02
Ochish/sharhlash
2023-02-04 09:33:04
#Bekobod_tumani

“Xashar biz yoshlarga yarashar”

Ayni kunlarda tumanimiz hududidagi mahallalarda tozalash va obodonlashtirish ishlari uyushqoqlik bilan olib borilmoqda.
Jumladan, Pastki kerayit mahalla fuqarolar yig’ini hududida tashkil etilgan obodonlashtirish, tozalik ishlarida mahalla ahli qatnashishdi. Natijada hudud shox-shabbalardan, qabriston atrofi chiqindilardan tozalandi, ariq yo’llari ochildi.

Erta tongdan hashar bo’lishini eshitib, mahallamiz yosh-u qari kelishdi. Hashar, ayniqsa, ko’cha va ichki yo’llar tozaligi va obodonchiligi uchun o’tkaziladigan hashar insonga mehr-oqibat, odamiylikdan saboq beruvchi bebaho tarbiyaviy ahamiyatga ega tadbir sanaladi.

Shunday ekan biz yoshlarimizga davlatimiz tomonidan olib borilayotgan odilona siyosatni, qadriyatlarimizga bo’lgan e’tiborni qo’llab quvvatlash, o’z Vatani, xalqini sevishga, ko’z qorachig’idek avaylab asrashga fidoyi bo’lib yashashga o’rgatishligimiz kerak.
30 views06:33
Ochish/sharhlash
2023-02-04 09:20:55 Bekobod tumani fuqarolari diqqatiga!!!

Bekobod tumani hokimining 2023 yil 31 yanvardagi 33-10-135-Q/23 sonli qaroriga asosan tumandagi 4 ta sektor hududidagi mahallalar joylashuv tarkibiga o’zgartirishlar kiritildi.
Bular 1-sektor tuman hokimiga biriktirilgan MFYlar Paxtakor, Dehqonobod, Yoshlik-2, Qoraqo’yli, Savrak, Qolg’onsir, Birdamlik, Yangihayot, Saryuz, Turon, Farhod, Beshyuz, Bog’ishamol, Istiqlol.
2- sektor tuman prokuroriga biriktirilgan MFYlar Bobur Mirzo, Dalvarzin, Yangibozor, Oltin vodiy, Ziyoli, Xonobod, Bunyodkor, O’zbekobod, Hamza, Qushchi, Oqtepa, Mustaqillik, Parchayuz, Pastki kerayit, Guliston.
3-sektor tuman ichki ishlar bo’limi boshlig’iga biriktirilgan MFYlar Istiqbol, Taqachi, Xos, Yoshlik, Do’stlik, O’zbekiston, O’rikzor, Isfara, Ilg’or, Qo’rg’on? Terakzor, Gulzor, Mallaboy, Nazarboy.
4-sektor tuman Davlat soliq inspeksiyasi boshlig’iga biriktirilgan MFYlar Bo’ston, Shova, Qo’qoni, Qushtamg’ali, Yangiovul, Nayman, Uyas, Achamayli.

Shu o’rinda Har dushanba kuni fuqarolarga qulaylik yaratish maqsadida sektor xududlarida soat 9:00 dan boshlab 1-sektor mahallalari Qoraqo’yli mahallasida joylashgan (Texnika iqtisodiyot kolleji)1-sektor binosida, 2-sektor mahallalari Zafar shaharchasida joylashgan (Dalvarzin kasbga o’qitish markazi) 2-sektor binosida, 3-sektor mahallalari O’zbekiston mahallasida joylashgan (58-maktab) 3-sektor binosida, 4-sektor mahallalari yesa Nayman mahallasida joylashgan 44-maktab binosida qabullar tashkil etiladi.

Xurmatli fuqarolar qabullar bilan bog’liq savollaringiz bo’lsa mahalla raislaringiz orqali javob olishlaringiz mumkin.
28 views06:20
Ochish/sharhlash
2023-02-02 20:48:15
#Bilasizmi?
#Aylanmadan_olinadigan_soliq

Qat’iy belgilangan summadagi soliqning soliq to‘lovchisidan dividendlar tarzidagi olingan daromadlariga soliq solinmaydi.

Qat’iy belgilangan summadagi soliqning soliq to‘lovchisi mazkur soliq bo‘yicha va dividendlari tarzidagi daromadlarga taaluqli qism bo‘yicha soliq hisobotlarini taqdim etish majburiyatidan ozod qilinadi.

Ushbu toifadagi soliq to‘lovchilar QQS to‘lashga o‘tishda QQS bilan xarid qilingan tovarlar qoldiqlari bo‘yicha QQSni hisobga olish huquqi berilmaydi.

https://t.me/soliqpressa
16 views17:48
Ochish/sharhlash