Get Mystery Box with random crypto!

BEKOBOD TUMANI SOLIQ XABARLARI

Telegram kanalining logotibi soliq_bekobod_t — BEKOBOD TUMANI SOLIQ XABARLARI B
Telegram kanalining logotibi soliq_bekobod_t — BEKOBOD TUMANI SOLIQ XABARLARI
Kanal manzili: @soliq_bekobod_t
Toifalar: Yangiliklar
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 105

Ratings & Reviews

4.50

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

1

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

0


Oxirgi xabar 10

2022-12-20 08:04:10
#ибрат

Эрта ухла ва эрта уйғон: соғлом бўласан, бой бўласан, доно бўласан...

P.S.: Ушбу лавҳани кўриб, унга амал қилсангиз, ҳаётингиз тубдан ўзгариб кетади!
26 views05:04
Ochish/sharhlash
2022-12-17 11:10:49
Tabbiy o’g’itlar karvoni yo’lga otladi.

Bugun Qishloq xo’jaligi kuni munosabati bilan bugun Bekobod tumanida g’alla agrotexnikasida olib boriladigan tadbirlar, jumladan 3 tonnadan mahalliy o’g’it jamg’arish, 3 kun muddatda g’o’zapoyalaridan tozalash, 20-dekabrga qadar xandaklarini qazish, azotli o’g’itlar bilan oziqlantirish bo’yicha amaliy seminar bo’lib o’tdi.
26 views08:10
Ochish/sharhlash
2022-12-17 10:30:32
Muammolari o’rganish davom etmoqda.

Ayni vaqtda tuman hokimining topshirig’i bo’yicha tumandagi ko’p qavatli xonadonlar tadbirkorlik subyektlarida tegishli ishchi guruhlari tomonidan muammolar o’rganilib, tegishli ishlar amalga oshirilmoqda.

Xususan, bugun 1-sektor xududi «Istiqlol» mahallasida tuman DSI boshlig’i, FVB boshlig’i, tuman hokimligi tashkiliy kadrlar bo’limi rahbari bir necha xonadonlar hamda tadbirkorlik subyektlarida bo’ldi.

Aholi va tadbirkorlarni qiynayotgan muammolar o’rganilib, ayrimlari joyining o’zida bartaraf etildi.

Shu o’rinda aholi, tadbirkor, va shu xududda joylashgan, tashkilotlarga atrof muxitda shanbalik tashkil etish mayishi chiqindilarni maxsus joylariga tashlash barcha o’z xududida obodonlashtirish ishlarini tashkil etish bo’yicha topshiriqlar berdi
23 views07:30
Ochish/sharhlash
2022-12-17 10:30:12
Narx-navoning barqarorligi- xalq farovonligi yo’lidadir.

Har bir joyda narx- navoning barqarorligini ta’milash, aholi turmush farovonligi hamda ularning real daromadlarini muttasil oshirib borishda ichki iste’mol bozorida narx-navoning barqarorligi muxim o’rin tutadi. Narx- navoning oshib ketishi aholining xarid qobiliyatini pasaytiradi.
Ana shunday holat yuzaga kelmasligi uchun tuman hokimligi va Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish deportamentining Bekobod tuman bo’limi tuman markazida qulay narxdagi yarmarka tashkil qilinib, hamda olis xududlardagi mahallalarga ko’chma do’konlar tashkil qilindi.
Shu o’rinda aytib o’tish joizki, amalga oshirilayotgan ishlarimizning bosh maqsadi- tumandoshlarimizning turmush darajasini yaxshilash, ularning iste’mol tovarlariga bo’lgan ehtiyojlarini yana-da to’liqroq qondirish hamda munosib yashash sharoitlarini yaratishdir.

Tumanda mazkur yo’nalishda amaliy ishlar izchil davom etiriladi.
23 views07:30
Ochish/sharhlash
2022-12-16 13:35:05
Elektr energiyasidan oqilona va samarali foydalanish davr talabi

O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021 yilning
14 apreldagi 217-son «Energiya samarador va energiya tejovchi qurilmalarni xarid qilish hamda ushbu maqsadlar uchun olingan kreditlar bo’yicha foiz xarajatlarining bir qismini qoplash uchun O’zbekiston Respublikasi Davlat byudjeti mablag’lari hisobidan kompensasiya ajratish tartibi to’g’risidagi nizomni tasdiqlash haqida» qarori qabul qilingan edi.

Telegram YouTube Instagram Facebook
21 views10:35
Ochish/sharhlash
2022-12-16 13:20:14 #soliqchi_tadbirkorga_komakchi

BEKOBOD TUMANI  DAVLAT SOLIQ INSPEKSIYASI BOSHLIG‘INING TADBIRKORLARGA MUROJAATI
 
Hurmatli tadbirkorlar!

Muhtaram Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev joriy yilning 16-mart kuni Davlat soliq qo‘mitasiga tashrifi davomida sohani takomillashtirish, xususan soliq tizimini raqamlashtirish, soliq to‘lovchilarga xizmat ko‘rsatish sifati va ko‘lamini oshirish, shuningdek, “Soliqchi - ko‘makchi” tamoyili asosida tadbirkorlar bilan bevosita muloqotga kirishib, ularning muammolarini o‘rganish va soliq qonunchiligidagi o‘zgarishlarni tushuntirish yuzasidan bir qator topshiriqlar bergandi.

Mazkur topshiriqlarning ijrosini ta’minlash, tadbirkorlarni soliq sohasidagi o‘zgarish va yangiliklar bilan tanishtirish maqsadida Davlat soliq qo‘mitasi rahbariyati boshchiligida joylarda tadbirkorlar bilan uchrashuvlar o‘tkazildi.

Shuningdek, 2022-yilning  dastlabki o'n bir oyi mobaynida Toshkent viloyati davlat soliq boshqarmasi va Bekobod tumani davlat soliq inspeksiyasi rahbariyati va mutaxassislari tomonidan ham Bekobod tumanida tadbirkorlar bilan bevosita muloqotlar o‘tkazilib, tadbirkorlik subyektlariga soliq qonunchiligiga kiritilgan o‘zgartish va qo‘shimchalar, yangiliklar, avtomatlashtirilgan axborot tizimlari haqida batafsil ma’lumotlar berildi. 

Shu o‘rinda aytib o‘tish kerakki, bugungi kunda Bekobod tumanida 1800 taga yaqin tadbirkorlik subyektlari faoliyat yuritadi. Yil boshidan buyon “Soliqchi-ko‘makchi” tamoyili asosida tumanimizdagi 560 ta korxonaning 600 dan ortiq muammolari o‘rganilib, mazkur muammolarning 480 tadan ortig‘i bevosita soliq xodimlari ko‘magida hal etildi.

Bekobod tumani davlat soliq inspeksiyasi xodimlari tomonidan tadbirkorlik subyektlari bilan olib borilgan tushuntirish ishlari natijasida korxonalardagi 1800 nafarga yaqin norasmiy ishlovchi fuqarolar faoliyati qonuniylashtirildi.

Aytish kerakki, keyingi yillarda mamlakatimizda aholi va biznes uchun qulayliklarni oshirish, soliq munosabatlarida inson omilini kamaytirish maqsadida soliq ma’muriyatchiligi tubdan isloh qilinmoqda.
Xususan, 2020-yilda yangi Soliq kodeksi qabul qilindi. Soliq turlari 13 tadan 9 taga kamaytirildi. Mulk solig‘i 5 foizdan 1,5 foizga tushirildi. Qo‘shilgan qiymat solig‘i esa 20 foizdan 15 foizga pasaytirildi. barcha tadbirkorlarning ham islohotlarga ishonchi ortib, soliq tushumlari tumanda 1,5 baravar ko‘paydi.

Hurmatli tadbirkorlar!
Bekobod tumani davlat soliq inspeksiyasi xodimlari soliq sohasiga oid barcha savollaringizga javob berish, bilmaganlaringizni o‘rgatish va “Soliqchi - ko‘makchi” tamoyili asosida sizga yaqindan yordam berishga doimo tayyordirlar.

Jaxangir Alimov
Bekobod tumani Davlat soliq inspeksiyasi boshlig`i
26 views10:20
Ochish/sharhlash
2022-12-16 13:20:00
Kanalga obuna bo'ling!
28 viewsedited  10:20
Ochish/sharhlash
2022-12-16 11:10:56
Xalq deputatlari Bekobod tumani Kengashining 6-chaqiriq 62-sessiyasi bo’lib o’tdi.

Batafsil havolada

Telegram YouTube Instagram Facebook
28 views08:10
Ochish/sharhlash
2022-12-14 14:28:25
Endilikda muammolar xonadonday fuqarobay tinglanib bartaraft etiladi.

Toshkent viloyati hokimining 2022 yil 10 dekabrdagi 1/17-4-7522- sonli bayoni ijrosi yuzasidan Bekobod tumani 4 ta sektorning 51 ta mahallalarida aholi muammolari iqtisodiy-ijtimoiy masalalarini aniqlash muammolarini bartaraft etish yuzasidan ishchi guruxlar xonadonday fuqarobay yurib muammo va takliflarini o’rganilmoqda.

Shu o’rinda barcha davolash proflaktika muassasalari shifokor va hamshiralari o’zlariga biriktirilgan hududdida nuroniy onaxonlar va o’zgalarga parvarishiga muxtoj bemorlarni shifkorlar tomonidan uyida tibbiy ko’rikdan o’tkazilib, laborator tekshirulari olib borildi.

Telegram YouTube Instagram Facebook
25 views11:28
Ochish/sharhlash
2022-12-13 07:06:13
Bekobod tumani hokimligida "Biz korrupsiyaga" qarshimiz mavzusida davra suxbati bo’lib o’tdi.

Kuni kecha bo'lib o'tgan tadbirda tuman hokimi o’rinbosari D.Mirzakulov tumani prokurori yordamchisi O.Axmadjanov - xodim tomonidan bevosita yoki bilvosita shaxsan yoki uchinchi shaxslar orqali pora beruvchi manfaatlari yoʻlida harakat yoki harakatsizlik uchun moddiy manfaatdor boʻlishi, shu jumladan pul, qimmatbaho qogʻoz, boshqa koʻrinishdagi mulk va mulkiy huquqlar yuzasidan Yoshlar ishlari agentligi yetakchilariga tushuntirildi.
Tadbir so’ngida yetakchi yoshlar o’zlarini qiziqtirgan savollariga javob oldi.
35 views04:06
Ochish/sharhlash