Get Mystery Box with random crypto!

BEKOBOD TUMANI SOLIQ XABARLARI

Telegram kanalining logotibi soliq_bekobod_t — BEKOBOD TUMANI SOLIQ XABARLARI B
Telegram kanalining logotibi soliq_bekobod_t — BEKOBOD TUMANI SOLIQ XABARLARI
Kanal manzili: @soliq_bekobod_t
Toifalar: Yangiliklar
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 105

Ratings & Reviews

4.50

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

1

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

0


Oxirgi xabar 8

2022-12-31 07:16:57
#Bekobod_tumani


Saxovat – xalqimizning ulug’vor qadriyatlaridan biridir

Bekobod tuman hokimi F.Xudoyberdiyev va sektor rahbarlari tumandagi yangi yil yarmarkasida bo’lib, aholi bilan uchrashib, ularning fikrlari bilan qiziqdi.

Tuman hokimi aholi vakillarining bu yerda tashkil etilgan savdo shahobchasidagi mahsulot turlari hamda narhlar borasidagi fikr va takliflarini o’rgandi.

Shu o’rinda bildirilgan takliflarga ko’ra mas’ullarga qo’shimcha topshiriqlar berdi.

Yangi yil bayrami munosabati bilan kam ta’minlangan, ehtiyojmand oilalar holidan xabar olib, farzand-u nabiralariga bayram sovg’asini topshirdi.
14 views04:16
Ochish/sharhlash
2022-12-30 19:10:54
Kanalga obuna bo'ling!
28 viewsedited  16:10
Ochish/sharhlash
2022-12-30 14:57:51
Saxovat – xalqimizning ulug’vor qadriyatlaridan biridir

Bugun yurtimizda olib borilayotgan jarayonlar o’zgacha. Muammolar bartaraf etilmoqda, yakka yolg’iz yashayotganlarga mehr-muruvvat, saxovat qo’llari uzatilmoqda. Bemorlarning hol-ahvoli so’ralmoqda. Hech kim e’tibordan chetda emasligi amalda ko’rsatib berilmoqda. Yurtimizdagi har bir mahalla va qishloqlarda yashovchi yolg’iz keksalar, nogironlar, boquvchisini yo’qotganlar hamda kam ta’minlangan oilalar holidan xabar olinmoqda.

Shu o’rinda, tuman hokimi, 1-sektor rahbari F.Xudoyberdiyev tashabbuslari bilan 9 ta mahalladagi yolg’iz keksalar, nogironlar, boquvchisini yo’qotganlar hamda kam ta’minlangan oilalardan xabar olinib, bayram sovg’alari tarqatildi.

Mahalla markazilarida yangi yil bayram tadbirlari tashkil etilib, yolg’iz keksalar, nogironlar, boquvchisini yo’qotganlar hamda kam ta’minlangan oilalarga bayram dasturxonlari yozildi.
26 views11:57
Ochish/sharhlash
2022-12-30 12:20:58

28 views09:20
Ochish/sharhlash
2022-12-30 11:16:44
Kanalga obuna bo'ling!
33 viewsedited  08:16
Ochish/sharhlash
2022-12-30 10:16:44
Saxovat – xalqimizning ulug’vor qadriyatlaridan biridir

Bugun yurtimizda olib borilayotgan jarayonlar o’zgacha. Muammolar bartaraf etilmoqda, yakka yolg’iz yashayotganlarga mehr-muruvvat, saxovat qo’llari uzatilmoqda. Bemorlarning hol-ahvoli so’ralmoqda. Hech kim e’tibordan chetda emasligi amalda ko’rsatib berilmoqda. Yurtimizdagi har bir mahalla va qishloqlarda yashovchi yolg’iz keksalar, nogironlar, boquvchisini yo’qotganlar hamda kam ta’minlangan oilalar holidan xabar olinmoqda.

Shu o’rinda, tuman prokurori, 2-sektor rahbari B.Jalilov tashabbuslari bilan 16 ta mahalladagi yolg’iz keksalar, nogironlar, boquvchisini yo’qotganlar hamda kam ta’minlangan oilalarga bayram sovg’alari tarqatilmoqda.
28 views07:16
Ochish/sharhlash
2022-12-27 14:08:30 #soliqchi_tadbirkorga_komakchi

BEKOBOD TUMANI  DAVLAT SOLIQ INSPEKSIYASI BOSHLIG‘I 4-SEKTOR RAHBARI J.ALIMOVNING SOHADA AMALGA OSHIRILAYOTGAN ISHLARI YUZASIDAN MA'LUMOT
 
Hurmatli tadbirkorlar!

Muhtaram Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev joriy yilning 16-mart kuni Davlat soliq qo‘mitasiga tashrifi davomida sohani takomillashtirish, xususan soliq tizimini raqamlashtirish, soliq to‘lovchilarga xizmat ko‘rsatish sifati va ko‘lamini oshirish, shuningdek, “Soliqchi - ko‘makchi” tamoyili asosida tadbirkorlar bilan bevosita muloqotga kirishib, ularning muammolarini o‘rganish va soliq qonunchiligidagi o‘zgarishlarni tushuntirish yuzasidan bir qator topshiriqlar bergandi.

Mazkur topshiriqlarning ijrosini ta’minlash, tadbirkorlarni soliq sohasidagi o‘zgarish va yangiliklar bilan tanishtirish maqsadida Davlat soliq qo‘mitasi rahbariyati boshchiligida joylarda tadbirkorlar bilan uchrashuvlar o‘tkazildi.

Shuningdek, 2022-yil mobaynida Toshkent viloyati davlat soliq boshqarmasi va Bekobod tumani davlat soliq inspeksiyasi rahbariyati va mutaxassislari tomonidan ham Bekobod tumanida tadbirkorlar bilan bevosita muloqotlar o‘tkazilib, tadbirkorlik subyektlariga soliq qonunchiligiga kiritilgan o‘zgartish va qo‘shimchalar, yangiliklar, avtomatlashtirilgan axborot tizimlari haqida batafsil ma’lumotlar berildi. 

Shu o‘rinda aytib o‘tish kerakki, bugungi kunda Bekobod tumanida 1800 taga yaqin tadbirkorlik subyektlari faoliyat yuritadi. Yil boshidan buyon “Soliqchi-ko‘makchi” tamoyili asosida tumanimizdagi 620 ta korxonaning 670 dan ortiq muammolari o‘rganilib, mazkur muammolarning 510 tadan ortig‘i bevosita soliq xodimlari ko‘magida hal etildi.

Bekobod tumani davlat soliq inspeksiyasi xodimlari tomonidan tadbirkorlik subyektlari bilan olib borilgan tushuntirish ishlari natijasida korxonalardagi 1800 nafardan oshiq norasmiy ishlovchi fuqarolar faoliyati qonuniylashtirildi.

Aytish kerakki, keyingi yillarda mamlakatimizda aholi va biznes uchun qulayliklarni oshirish, soliq munosabatlarida inson omilini kamaytirish maqsadida soliq ma’muriyatchiligi tubdan isloh qilinmoqda.
Xususan, 2020-yilda yangi Soliq kodeksi qabul qilindi. Soliq turlari 13 tadan 9 taga kamaytirildi. Mulk solig‘i 5 foizdan 1,5 foizga tushirildi. Qo‘shilgan qiymat solig‘i esa 20 foizdan 15 foizga pasaytirildi. barcha tadbirkorlarning ham islohotlarga ishonchi ortib, soliq tushumlari tumanda 1,5 baravar ko‘paydi.

Hurmatli tadbirkorlar!
Bekobod tumani davlat soliq inspeksiyasi xodimlari soliq sohasiga oid barcha savollaringizga javob berish, bilmaganlaringizni o‘rgatish va “Soliqchi - ko‘makchi” tamoyili asosida sizga yaqindan yordam berishga doimo tayyordirlar.

Jaxangir Alimov
Bekobod tumani Davlat soliq inspeksiyasi boshlig`i
84 views11:08
Ochish/sharhlash
2022-12-27 14:07:19
Kanalga obuna bo'ling!
78 viewsedited  11:07
Ochish/sharhlash
2022-12-24 17:12:57 Prezidentning “Yangi O‘zbekiston ma’muriy islohotlarini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni. Ilovalari bilan.

Barcha ma'lumotlar ushbu faylda
Kanalga obuna bo'ling!
21 viewsedited  14:12
Ochish/sharhlash
2022-12-23 14:39:52
#FVB

Xavfsizlik choralari ko‘rilmoqda

Bekobod tuman Favqulodda vaziyatlar bo‘limi tashabbusi bilan yangi yil bayram tadbirlarini xavfsiz o‘tkazish maqsadida FVDqT xizmatlari ishtirokida maxsus-taktik o'quv mashg’uloti o‘tkazildi.

Mashg’ulotda tuman Favqulodda vaziyatlar Davlat quyi tizimi xizmatlarining favqulodda vaziyatlar yuzaga kelgandagi harakatlari sinovdan o‘tkazildi. Mashq davomida “Yangi yil” bayrami va “Prezident archasi” tadbirlari o‘tkaziladigan hududlarda shartli ravishda sodir bo‘lgan yong‘inni zudlik bilan bartaraf etish, jabrlanganlarga tibbiy yordam ko‘rsatish va aholini evakuatsiya qilish tadbirlari amalga oshirildi.
22 views11:39
Ochish/sharhlash