Get Mystery Box with random crypto!

BEKOBOD TUMANI SOLIQ XABARLARI

Telegram kanalining logotibi soliq_bekobod_t — BEKOBOD TUMANI SOLIQ XABARLARI B
Telegram kanalining logotibi soliq_bekobod_t — BEKOBOD TUMANI SOLIQ XABARLARI
Kanal manzili: @soliq_bekobod_t
Toifalar: Yangiliklar
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 105

Ratings & Reviews

4.50

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

1

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

0


Oxirgi xabar 3

2023-04-14 08:14:28
#Iftorlik

Bog'ishamol mahallasida iftorlik dasturxoni yozildi

Muborak Ramazon oyida ezgu amallar bajariladi, xayr-saxovatli kishilar mehr-muruvvat ko’rsatib, yetim-esir, beva-bechoralar holidan xabar oladilar, o’z xonadonlarida iftorlik qilib, ro’zadorlarni mehmon qiladilar. Albatta, bu ishlar maqtovga sazovordir. Sababi hadislarning birida: «Kim bir ro’zadorga iftorlik qilib bersa, unga o’sha ro’zador ega bo’lgan savobdan biron narsa kamaytirilmagan holda beriladi», deyilgan.

Bekobod tumani Bog'ishamol mahallasida tuman hokimi tashabbusi bilan tuman hokimligi, Mahalla jamoat fondi hamkorligida tashkil qilingan iftorlikka ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi vakillari, nuroniy otaxon-onaxonlar va faol vakillar mehmon sifatida taklif qilindilar.

Jarayon fotolavhalarda.

Kanalga ulanish
https://t.me/Bekobodtumanihokimligi
5 views05:14
Ochish/sharhlash
2023-04-14 07:49:58
Futbol. DXX kubogi uchun yangi mavsumi Bekobod tumani saralash bosqichiga start berildi!

Davlat xavfsizlik xizmati hamda Yoshlar siyosati va sport vazirligi sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, yoshlar o‘rtasida futbolni ommalashtirish, shuningdek, ular orasidan iqtidorlilarni aniqlash hamda qo‘llab-quvatlash maqsadida futbol va mini-futbol bo‘yicha an’anaviy Davlat xavfsizlik xizmati kubogi start olganini e’lon qilngan edik.

Jumladan Bekobod tumanidagi yoshlarini ham ushbu musobaqa bosh sovrini uchun muvaffaqiyatli ishtirokini ta’minlash maqsadida tuman hududida joylashgan 51 ta mahalla yoshlari o‘rtasida futbol musobaqasining tuman saralash bosqichiga start berildi.

Bekobod tumani markaziy o‘yingohidabo‘lib o‘tgan ochilish marosimida tegishli tashkilot mutasaddilari va mahallalardagi yoshlar yetakchilari ishtirok etib, musobaqaga start berildi.

Kanalga ulanish https://t.me/Bekobodtumanihokimligi
10 views04:49
Ochish/sharhlash
2023-04-14 06:55:16
Toshkent suv ta’minoti MChJ Bekobod tuman bo’limi ogoxlantiradi!

Toshkent suv ta’minoti MChJ Bekobod tuman bo’limi shuni ma’lum qiladiqi 14-aprel soat 9:00 dan 15:00 ga qadar Zafar shaharchasi Guliston, Bo’ston, Istiqlol mahallalari xududida PQ-408-qaror asosida amalga oshirilayotgan, ichimlik suv kuvurlarini tarmoqqa ulash ishlari olib boriladi shu sababdan ichimlik suv berilishi vaqtincha to’xtatiladi.

Barcha keltirilgan noqulayliklar uchun Toshkent suv ta’minoti MChJ Bekobod tuman bo’limi ma’muriyati iste’molchilaridan uzur so’raydi
10 views03:55
Ochish/sharhlash
2023-04-05 07:14:27
"O’ZBEKISTON - YoShLAR MAMLAKATI"

Kuni kecha Bekobod tuman hokimligi, Yoshlar ishlari agentligi Bekobod tuman bo’limi Madaniyat va turizm bo’limi tomonidan estradamizning yorqin yulduzlari ishtirokida "O’ZBEKISTON - YoShLAR MAMLAKATI" nomli shou-konsert bo’lib o’tdi.

Batafsil lavhada
13 views04:14
Ochish/sharhlash
2023-04-04 14:38:35
#mol_mulk_soligi

Jismoniy shaxslardan olinadigan mol-mulk solig‘i

Qaysi obyektlar uchun to‘lanadi?
Qanday hisoblanadi?
Stavkalar miqdori qancha?

Batafsil videorolikda

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter
23 views11:38
Ochish/sharhlash
2023-04-04 13:00:37
#Bekobod_tumani

Jaholatga qarshi ma'rifat

“Biz-yot g‘oyalarga qarshimiz“

Bugun Din ishlari bo'yicha qo'mitaning rejasiga asosan , tumanimizning 19-maktabida Din ishlar bo‘yicha qo‘mita, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Bekobod tuman bo‘linmasi rahbari va Diniy soha va jamoatchilik vakillari hamkorligida maktab jamoasi va o'quvchilari bilan “Biz-yot g‘oyalarga qarshimiz“ shiori ostida tadbir o‘tkazildi.

Suhbat davomida N.Mirsaidov, U. Mallayev va N.Jalilovlar so'zga chiqib xodimlarni mazkur illatlardan ogohlantirib, qaytarish bilan birgalikda ularni ko‘ngillarini egallay oladigan, har taraflama foydali va samaraliroq bo‘lgan g‘oyalar bilan ta’minlash yuzasidan erkin, fikr munozaralar almashildi.

Shu kabi tadbirlar tumanimiz hududlarida davom etmoqda.
24 views10:00
Ochish/sharhlash
2023-04-04 13:00:24
#Bekobod_tumani

Jaholatga qarshi ma'rifat

“Biz-yot g‘oyalarga qarshimiz“

Bugun Din ishlari bo'yicha qo'mitaning rejasiga asosan , tumanimizning 17-maktabida Din ishlar bo‘yicha qo‘mita, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Bekobod tuman bo‘linmasi rahbari va Diniy soha va jamoatchilik vakillari hamkorligida maktab jamoasi va o'quvchilari bilan “Biz-yot g‘oyalarga qarshimiz“ shiori ostida tadbir o‘tkazildi.

Suhbat davomida N.Mirsaidov, U. Mallayev va N.Jalilovlar so'zga chiqib xodimlarni mazkur illatlardan ogohlantirib, qaytarish bilan birgalikda ularni ko‘ngillarini egallay oladigan, har taraflama foydali va samaraliroq bo‘lgan g‘oyalar bilan ta’minlash yuzasidan erkin, fikr munozaralar almashildi.

Shu kabi tadbirlar tumanimiz hududlarida davom etmoqda.
20 views10:00
Ochish/sharhlash
2023-04-04 12:48:13
"O’ZBEKISTON - YoShLAR MAMLAKATI"

Aynidamda Bekobod tuman hokimligi, Yoshlar ishlari agentligi Bekobod tuman bo’limi Madaniyat va turizm bo’limi tomonidan estradamizning yorqin yulduzlari ishtirokida "O’ZBEKISTON - YoShLAR MAMLAKATI" nomli shou-konsert bo’lib o’tmoqda.
14 views09:48
Ochish/sharhlash
2023-04-04 07:34:15
"ЎЗБЕКИСТОН - ЁШЛАР МАМЛАКАТИ"

БЕКОБОД ТУМАН ҲОКИМЛИГИ, ЁШЛАР ИШЛАРИ АГЕНТЛИГИ БЕКОБОД ТУМАН БЎЛИМИ МАДАНИЯТ ВА ТУРИЗМ БЎЛИМИ ТОМОНИДАН ЭСТРАДАМИЗНИНГ ЁРҚИН ЮЛДУЗЛАРИ ИШТИРОКИДА ШОУ-ДАСТУРИ ЎТКАЗИЛИШИ БЕЛГИЛАНГАН.

БУГУН СОАТ 12-00 ДА БЕКОБОД ТУМАН МАРКАЗИЙ ЎЙИНГОҲИДА ГАЛА КОНЦЕРТ ДАСТУРИ ЭСТРАДМИЗНИ БИР НЕЧТА САНЪАТКОРЛАРИ ИШТИРОКИДА БЎЛИБ ЎТАДИ, ГАЛА КОНЦЕРТ САРГУЗАШТЛАРГА БОЙ БЎЛАДИ.

ЭШИТМАДИМ ДЕМАНГЛАР БУГУН 12-00 ДА БАРЧАНИ ЧОРЛАБ ҚОЛАМИЗ!

Каналга уланиш https://t.me/Bekobod_diyori
18 views04:34
Ochish/sharhlash
2023-04-03 16:29:44
#bildirish

Aziz tumandoshlar

Bugun tuman markaziy o'yingohida "Yangi O‘zbekiston yoshlari, birlashaylik!" shiori ostida yoshlar festivali bo‘lib o‘tishi, Mazkur maydonda tashkil etilgan pavilionlarda yoshlar ishtirokida “Siz kutgan mehmon” loyihasi, "Shaxmat seansi” loyihasi, “Konstitusiya bilimdoni” viktorinasi, "Fotozona”da fotosessiyalar o‘tkazilishi rejalashtirilgan edi.

Shuningdek yoshlarimiz suygan san’atkorlar Sevinch Ismoilova va SIRLI mexmon san'atkorlar ishtirokida gala konsert dasturlari obi havoning injiqligi bosi ertangi 4-aprel kuni soat 13-00ga qoldirildi.

Ushbu noqulay vaziyat yuzasidan tashkilotchilar Sizlardan uzur so’raydi.

Barchangizni ushbu festivalda kutib qolamiz!

https://t.me/Bekobodtumanihokimligi
19 views13:29
Ochish/sharhlash