Get Mystery Box with random crypto!

Solihaqizlar2 | 🌵

Telegram kanalining logotibi solihaqizlar2 — Solihaqizlar2 | 🌵 S
Telegram kanalining logotibi solihaqizlar2 — Solihaqizlar2 | 🌵
Kanal manzili: @solihaqizlar2
Toifalar: Iltimoslar , Telegram
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 11
Kanalning ta’rifi

Assalamu aleykum va rohmatullohi va barokatuh🤍🕊
Kanalimizga hush kelibsizlar❤️‍🩹🌱
instagram: instagram.com/soliha_qizlar_
Reklama🌷 @Soliha_Qizlar_reklama
Otziv🌷 @Soliha_Qizlar_otziv

Ratings & Reviews

4.50

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

1

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

0


Oxirgi xabar 3

2022-04-29 01:36:18 12-QISM

SOLIHIM
SOLIHAM
Abadiy birgamiz

Meni sevsang, Allohni sev.
Meni sevsangiz, Rasulullohga oshiq bo'ling...

******

Ertasi kuni...
Yigit eshikni taqillatdi va Soliha kiring deganidan so'ng ichkariga kirdi.
---Salom.
---Assalomu aleykum va Rahmatullohi va Barokatuh.
Yigit Solihaning bu salomidan hayron bo'ldi. Beixtiyor xayolidan o'tdi: "U ham xuddi shunday salom berardi. Seni qanchalar sog'indim...".
---Vaalaykum assalom. Sen bilan gaplashgani keldim.
---Haligi... Menga tegmang iltimos,--- Soliha yuzini qo'llari bilan to'sib oldi.
---Yo'q-yo'q. Senga tegmayman. Meni kechir. Xudbin ekanman. Sevaman debman-u baxtli qilaman deyolmabman... Kel mana bu yerga o'tir. Xohlasang sendan uzoqroqqa o'tiraman... Meni eshitadigan odamga hozir judayam muhtojman...
Soliha jimgina stulga o'tirdi. Ko'zi hamon yerda edi.
---Qulog'im sizda. Dardingizga malham bo'la olsam, xursand bo'laman.
---Rahmat...--- yigit ham bir chekkaga Solihadan sal uzoqroq joyga o'tirdi,--- Ismim Muhammad. Men ha hamma kabi yaxshi inson edim. Jonimdan ortiq ko'radigan singlim bor edi. U ham senga o'xshagan namozxon edi. Xuddi farishtalarga o'xshardi... Mening farishtam edi u... Ammo unga juda ko'p ifloslarning ko'zi tushdi. Gulday singlimni so'ldirdilar... Bechora singlim bunga chidolmadi. Uni qancha qaytarishga harakat qilmay, qancha hammasi yaxshi bo'lishini ta'kidlamay, baribir meni tashlab ketdi. Meni o'yladi farishtam. Mening yuzimni o'yladi... Keyin men ularni topib o'ldirdim va besh yilga qamaldim. Yashashdan umidim qolmagandi. Axir qanday yashay? Hech kimim yo'q edi... Yaqinda seni ko'rib qoldim. Sen farishtamga judayam o'xsharkansan. Namoz o'qishingni bilib esa xayollarim ostun-ustun bo'ldi. O'sha ifloslar qachonlardir qilgan xatoni men ham qaytarayotganimni tushundim... Meni kechir... Seni endi bu yerda ushlab o'tirmayman.
Soliha Muhammadnig gaplarini yig'lab eshitdi. Yuragi juda og'ridi.
---Siz vaqtida o'z aybingizni tushunib to'g'ri yo'lga yonalyapsiz. Alloh sizni albatta qo'llaydi. Siz bunga ishoning. Axir singlingiz siz shunday insonga aylanishingizni xohlagan bo'larmidi? Uning haqqiga duo qiling. Namoz o'qishni o'rganing. Hali hammasi yaxshi bo'ladi... Shunday tabarruk ismingiz bor ekan. Uni uvol qlmiang.
Muhammadning ko'zidan bir tomchi yosh chiqdi.
---Sen ham farishta ekansan. Yerdagi farishta... Yana bir bor sendan uzr so'rayman shuncha qiynaganim uchun... Endi yur, seni uyingga olib borib qo'yaman.
---Rahmat... Ammo o'zim yetib olaman.
---Yo'q dema iltimos. Senga ko'zlarimni ochganing uchun qandaydir qilib minnatdorchilik bildirishim kerak-ku.
---Haligi... Mayli rahmat,--- ular ikkisi Muhammadning mashinasiga o'tirdilar. Soliha orqa o'rindiqqa o'tirdi.
---11-mehribonlik uyiga.
---Mehribonlik uyiga yashaysizmi?--- hayron no'ldi Muhammad.
---Ha...
Muhammad hech narsa demadi, chunki hozir undan nimadir so'rasa, uning eski yaralarini tirnashini bilardi. Ikkisi ham yo'l bo'yi jim ketdilar.
Yetib kelgach esa Soliha unga mayin tabassum bilan rahmat aytdi va mashinadan tushib uyi tomon yo'l oldi...

Davomi bor...
1.8K viewsحب , 22:36
Ochish/sharhlash
2022-04-29 01:36:04 11-QISM

SOLIHIM
SOLIHAM
Abadiy birgamiz

Meni sevsang, Allohni sev.
Meni sevsangiz, Rasulullohga oshiq bo'ling...

****

Hozirgi payt... Soliha doktor xonasiga kirdi.
---Mumkinmi? Men... Solih Hakimlvning ahvolini bilgani kelgandim.
---Siz ularga kim bo'lasiz?
---Men singlisiman... Iltimos, menga ayting. Ahvollari yaxshimi?
---Bemor xotirasini yo'qotgan. Qaytadimi-yo'qmi bilmayman. Lekin bunga umid qilamiz.
---Rahmat...
Soliha tushkun kayfiyatda xonadan chiqdi va yaqin atrofdagi skameykaga o'tirdi. Ko'zlaridan milt-milt yosh oqardi.
---Allohim, nima gunoh qilgandim-ki meni bunday jazolading? Akamning o'rniga men shu yerda yotsam bo'lmasmidi? Nega unday bo'ldi? Hammasi meni deb bo'ldi... Agar... Agar hayotlariga shunday kirib kelmaganimda... Hech narsa bo'lmasdi.
U ketishga chog'landi. Binodan chiqdi va uyi tomon yo'naldi. Birdan orqasida kimningdir sharpasini sezdi. Sezdi-yu ortiga o'girildi. Ammo hech nima qilishga ulgurmadi. U odam Solihaning og'zini qandaydir mato bilan yopdi. Soliha hushini yo'qotdi... Ko'zini ochganda esa qandaydir qorong'u xonada yotardi...
—Hoy kim bor? Yordam beringlar!
To'satdan orqasidan kimningdir ovozi keldi:
--Seni hech kim eshitmaydi qizaloq.
Soliha qo'rqib ketdi.
—Kimsiz? Mendan nima istaysiz?
—Sendan hech narsa istamayman qizaloq. Shunchaki mening juftim bo'lishingni xohlayman.
Solihaning qo'l oyog"i bog"liq edi, shuning uchun hech nima qilolmayotgandi.
—Meni qo'yib yuboring iltimos. Sizni umrimning oxirigacha duo qilaman. Hali baxtingizni uchratasiz.
—Yo'q qizaloq. Mening baxtim sensan. Endi seni mendan hech kim tortib ololmaydi. Qo'rqma, senga tegmayman. To nikohimiz bo'lgunicha senga hech nima qilmayman. Unchalik xudbin emasman... Endi esa damingni ol. Hali sen bilan ishlarimiz va gaplashadigan gaplarimiz judayam ko'p,— u odam eshikni qulflab chiqib ketdi... Soliha yerda yotgancha ko'z yoshlarga g'arq bo'lib qolib ketaverdi...
—Allohim, iltimos mening yuzim yerga qaramasin. Men bunga chidolmayman,— shu payt uning xayolini yoritgan fikrdan quvonib ketdi va eshikni qoqa boshladi.
—Hoy kim bor? Iltimos bir marta qaranglar, Sizlarga gapim bor!
Eshikdan haligi yigit kirib keldi.
—Tinchlikmi sevgilim?-— Soliha yerga qarab javob berdi.
—Iltimos menga joynamoz olib kelib beringlar.
Yigit Solihaning bu gapidan hayron qoldi.
—Namoz o'qiysanmi?
—Albatta. Allohimning har bir aytgan amallarinbi bajarish biz uchun burchdir.
—To'g'risi senga hayron qoldim, ammo bizda joynamoz yo'q.
—qandaydir toza matom bo'lsa ham bo'laveradi. Toza gilam, yoki...
—Ro'mol bo'ladimi?
—Albatta! Bersangiz juda xursand bo'lardim.
yigit tezda ro'mol olib keldi.
—Bu rahmatli onamning ro'moli. — u ro'molni berdi-yu chiqib ketdi.
Soliha tezda uni yozdi-da namoz o'qiy boshladi.
—Eh Allohim, bu yigit yomonga o'xshamaydi. Iltimos uni insof va baxt bilan siylagin,—- Soliha tuni bilan uxlamay namoz o'qib chiqdi...

Davomi bor...
1.7K viewsحب , 22:36
Ochish/sharhlash
2022-04-28 18:44:39 Alloh shunchalar rahmatliki,gunohlar ummoniga chòkib ketsakham,bizni kechirishga tayyor
3.2K viewsحب , 15:44
Ochish/sharhlash
2022-04-28 18:29:40
Ismimni eng kop sizning ovozingizda eshitish yoqimliroq Ona.

S O L I H A Q I Z L A R
3.3K viewsㅤㅤㅤㅤㅤ, 15:29
Ochish/sharhlash
2022-04-28 18:02:32
Oddiylikni yoqtiradiganlar uchun

Telegramdagi eng go‘zal sahifani
Taklif qilamiz

@heyalim
@heyalim
@heyalim

Sokinlik istagan qalblar uchun goʻzal
maskan ulanib oling @heyalim
3.3K viewsㅤㅤㅤㅤㅤ, 15:02
Ochish/sharhlash
2022-04-28 14:29:08 Jannat 4 turdagi kishini sog‘inib kutadi.. Ulardan biri: Ramazon oyida ro‘za tutganlardir...
@SolihaQizlar2
4.0K viewsحب , 11:29
Ochish/sharhlash
2022-04-28 14:27:51
Galbimda yashayotgan insonlarim borligidan baxtliman

S O L I H A Q I Z L A R
3.9K viewsحب , 11:27
Ochish/sharhlash
2022-04-28 06:26:27
Успокойте ваши сердца поминанием Аллаhа.

S O L I H A Q I Z L A R
4.9K viewsحب , 03:26
Ochish/sharhlash
2022-04-28 05:29:01 10-QISM

SOLIHIM
SOLIHAM
Abadiy birgamiz

Meni sevsang, Allohni sev.
Meni sevsangiz, Rasulullohga oshiq bo'ling...

****

Bir kun avval. Solih o'ziga kelgan vaqt...
---Sizlarga nima desam ekan... Gapni aylantiradigan odatim yo'q to'g'risi. Xullas bemor xotirasini yo'qotgan. Qaytmaydimi deb qo'rqyapmiz.
---Nima!--- Nazira xola o'rnidan turib ketdi,--- nimalar deyayotganingizni o'zingiz tushunyapsizmi? Bilasizmi mening o'g'lim kim? Xohlasa shu kasalxonangizni bitta buyruq bilan yopib yuboradi.
---Haligi xonim, iltimos qizishmang. Biz qo'limizdan kelganini qilamiz. Faqat... Mushuk tekinga... Deganlaridek,--- shifokor ochiqchasiga gapira qoldi.
---Shunaqa bezbetman deng? Yaxshi. Menga bu xislatingiz yoqdi. Og'zingizga siqqanini beraman. Xohlasangiz shu kasalxonaning direktori bo'lasiz.
Doktor dovdirab qoldi.
---A... Haligi... Rahmat xonim. O'g'lingiz albatta tuzaladi. Bu uchun jonimni berish kerak bo'lsa beraman...
---Shunday bo'lsin,--- Nazira xola stol ustiga bir konvert qo'ydi. Doktor sekin konvert tomon qo'l uzatarkan, Nazira xolaga xuddi oltinga qaraganday qaradi.
---Bu yerda qancha?
---O'n ming... Dollar.
Doktor yanayam o'zini yo'qotib qo'ydi. Sharta konvertni ochdi-yu pullarni tekshira boshladi.
---Qolganini o'g'lim tuzalganidan keyin olasiz.
Doktor "Qolganini degan so'zni eshitib o'rnidan turib ketdi.
---Rahmat xonim.
---Endi men boray. Ertaga yana kelaman.
---Xo'p bo'ladi xonim,--- doktor o'rnidan turib, Nazira xola chiqib ketishi uchun o'zi eshikni ochib berdi,--- yaxshi boring xonim. Yo'lingiz bexatar bo'lsin.
Nazira xola unga xuddi bir xizmatchudek qarardi.
---Rahmat. Yaxshi qoling.
U chiqib ketdi-yu eri kutib turgan mashinaga o'tirdi.
---O'g'limiz xotirasini yo'qotgan ekan...
---Nima? Adashmayapsanmi?
---Yo'q. Doktor aytdi. Qaytmasligi ham mumkin ekan.
---Axir bu yaxshi-ku!
---Nimalar deyapsiz?!
---Tinchlan. Bilasanmi, endi biz uni o'zimiz xohlagandek tarbiyalay olamiz. Anavi axmoqona singlisi haqidagi gaplarni bizga gapirmaydi. Har kuni vaqtini o'sha bema'ni ibodat-u sig'inishlarga sarflamaydi. Biz uni haqiqiy biznesmen qilib tarbiyalaymiz.
---Gapingiz to'g'ri. Bu juda yaxshi fikr. Men roziman.
Er-xotin xursand kayfiyatda uylariga qaytishgandi...

Davomi bor...
4.7K viewsحب , 02:29
Ochish/sharhlash
2022-04-28 05:28:39 9-QISM

SOLIHIM
SOLIHAM
Abadiy birgamiz

Meni sevsang, Allohni sev.
Meni sevsangiz, Rasulullohga oshiq bo'ling...

*****

Tong otdi. Bugun Soliha kasalxonaga bormoqchi, lekin qanday boradi, u yerga borib nima deydi, bilmaydi.
---Borib nima deyman? Solih akamni ko'rgani keldim deymanmi? Kimsan deyishsa-chi? Bizni sakkiz yil oldin ayirishgan, hozir uni topdim deymanmi? Meni axmoq deb o'ylab jinnixonaga olib borishmaydimi? Lekin ularni judayam ko'rgim kelyapti. Ey Allohim, o'zing to'g'ri yo'l ko'rsatgin.
Soliha tayyorlandi. Uzun tizzasidan bir qarich pastga tushgan, yengi bilaklarigacha yopgan judayam chiroyli ko'ylak kiydi. U hali hijobda emas edi, ammo yaqin orada o'rashni qalbiga tugib qo'ygandi...
Xullas Soliha shifoxonaga yetib keldi.
---Assalomu aleykum. Menga Solih... Solih Hakimov yotgan xona qayerdaligini ayta olmaysizmi?--- Soliha yerga qarab gapirardi.
--- Siz ularga kim bo'lasiz?
---Men... Men singlisi. Ha singlisiman. Yaqinda chet eldan keldim va akamning bu ahvoldaligini bildim.(Allohim, o'zing kechir. U bilan ko'rishishim kerak).
---Yaxshi. Ikkinchi qavat, 138-xona.
---Rahmat. Sizdan Alloh rozi bo'lsin,--- Soliha xursandligidan chopqillab zina tomon yugurib ketdi. Navbatchi yigit uning ortidan qarab qoldi...
Soliha aytilgan xonaga tezda yetib keldi. Eshik oldida biroz turib qoldi va taqillatdi.
Ichkaridan yigit kishining: "Kiring" degan ovozi eshitildi. Soliha yuragini hovuchlab eshikni ochdi. Yaxshiyam-ki ichkarida Solihdan boshqa hech kim yo'q edi. Solih o'ziga kelgandi.
---Assalomu aleykum... Solih aka, sizmisiz?
---Ha men. Sizga nima kerak? Kimsiz?
---Haligi... Men Solihaman...
Solih kulib qo'ydi.
---Nahotki? Solihaman deng? Xo'sh, shunga men nima qilishim kerak?
---Meni eslolmayapsizmi? Axir men Solihaman-ku. Sakkiz yil oldin sizni mendan ayirishdi. Biz shu paytgacha bolalar uyida birga katta bo'ldik.
---To'xtang-to'xtang! Bolalar uyi? Nimalar deyayotganingizni o'zingiz bilasizmi? Men bolalar uyida katta bo'lmaganman. Allohga shukr o'zimning uyim bor... Mening kimligimni bilmaysiz shekilli? Bunday kirib kelishingizdan mening oshiq muxlisalarimdan biri bo'lsangiz kerak.
Solihaga bu gap og'ir botdi. U hech kimdan unaqa gap aytmagandi. Axir yigit zorining ko'ziga biror marta ham qaramagan inson qanday qilib birovning muxlisasi bo'lsin?
---Sizga nima bo'ldi Solih aka? Axir va'da bergandingiz-ku doim yuragingda bo'laman degandingiz. Seni unutmayman degandingiz...
---Yaxshi qiz, meni kim bilandir adashtirdingiz shekilli. Chiqib ketishingiz mumkin.
---Axir...
---Xohlasangiz yordam berib yuborishadi.
Soliha noiloj xonadan chiqib ketdi va doktor kabineti tomon yo'l oldi...

Davomi bor...
4.4K viewsحب , 02:28
Ochish/sharhlash