Get Mystery Box with random crypto!

Solihaqizlar2 | 🌵

Telegram kanalining logotibi solihaqizlar2 — Solihaqizlar2 | 🌵 S
Telegram kanalining logotibi solihaqizlar2 — Solihaqizlar2 | 🌵
Kanal manzili: @solihaqizlar2
Toifalar: Iltimoslar , Telegram
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 11
Kanalning ta’rifi

Assalamu aleykum va rohmatullohi va barokatuh🤍🕊
Kanalimizga hush kelibsizlar❤️‍🩹🌱
instagram: instagram.com/soliha_qizlar_
Reklama🌷 @Soliha_Qizlar_reklama
Otziv🌷 @Soliha_Qizlar_otziv

Ratings & Reviews

4.50

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

1

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

0


Oxirgi xabar 7

2022-04-24 07:48:59 https://t.me/unishopandijon
5.8K viewsحب , 04:48
Ochish/sharhlash
2022-04-24 07:37:17 SOLIHIM
SOLIHAM
Abadiy birgamiz

Meni sevsang, Allohni sev.
Meni sevsangiz, Rasulullohga oshiq bo'ling...

2-QISM

Soliha mehribonlik uyiga kelganidan to shu paytgacha hech bir qiz bilan unchalik gaplashmagan, o'g'il bolalarga esa salom berishdan u yog'iga o'tmagandi, shuning uchun Solih bilan do'stlashish unga yangilikday tuyuldi. U bilan gaplashgansa ko'zini yerdan uzmas, Solih esa uning bu aqliga kundan kunga lol qolib borayotgandi.
Ular Solihaning gullarini ko'paytirishardi. Mehribonlik uyining har bir burchagini gulga burkashdi. Bundan xodim-u tarbiyachilar Solih va Solihadan faxrlansa, ayrim bolalar hasad qilishardi.
Oradan bir yil o'tdi. Ikki do'st har doimgidek o'z skameykalariga o'tirishibdi.
---Solih aka, katta bo'lsak kim bo'lamiz? Men siz bilan har doim birga bo'lishni xohlayman,--- Soliha shunday deb qizarib yerga qaradi.
---To'g'ri. Men ham sendan ayrilishni xohlamayman. Kel birga shifokor bo'lamiz. Shunda bizga o'xshagan bolalar kam bo'ladi. Ota-onalar erta vafot etishmaydi.
---Shifokor! Juda yaxshi kasb. In Shaa Alloh shifokor bo'lamiz. Bu uchun astoydil harakat qilaman. Rahmat sizga akajon.
Solih uni xursand qilganidan juda quvonardi... Ular kundan kunga bir birlariga bog'lanib borishardilar. Agar Solih kasal bo'lib qolsa Soliha unga qarar, Soliha kasal bo'lib qolsa, Solih uning yonidan jilmas edi. Ularning do'stligi shu qadar kuchayib borardi-ki, hatto biri kasal bo'lsa ikkinchisi ham shunday bo'ladigan bo'ldi. Ular shu qadar baxtdan sarmast edilar-ki, bu dahshatli kun kelishini xayollariga ham keltirmagandilar...

Davomi bor...

@SolihaQizlar2
5.3K viewsحب , 04:37
Ochish/sharhlash
2022-04-24 07:35:57 SOLIHIM
SOLIHAM
Abadiy birgamiz

Meni sevsang, Allohni sev.
Meni sevsangiz, Rasulullohga oshiq bo'ling...

1-QISM

---Ey Allohim, men boylik so'ramayman, mansab yoki obro' so'ramayman. Iltimos, menga mehribon ota-ona ato qilgin...--- Soliha joynamoz ustida yig'lab duo qilardi. Uning kichina qo'lchalari bilan yuziga fotiha tortganini ko'rgan kishi shubhasiz ko'z yoshini tiyib turolmaydi.
U duo qilib bo'ldi, lekin joynamozni yig'madi. Qo'liga oldida turgan Qur'on kitobini oldi-da shirali va jajji ovozi bilan oqiy boshladi. U hali o'qishni unchalik bilmagani uchun tutilib o'qir, shunday bo'lsayam bor vujudi bilan har bir so'zni aniq talaffuz qilishga harakat qilardi.
Endi Solihaning o'zi haqida gapiradigan bo'lsam...
Soliha 9 yoshli qiz. O'zi oppoq, dunyo go'zali bo'lmasa-da o'ziga yarasha husni bor. Farishta bo'lmasa-da, juda mehribon. O'g'rilik qil deyishsa, ko'nib ketadigan darajada sodda bo'lmasa-da, juda ko'ngli ochiq qiz. Bundan uch yil oldin onasi vafot etgan. Otasi esa unga mehr berolmayman deb mehribonlik uyiga topshirib yuborgan. Soliha shuncha yil ota-onasini kutib yashadi, lekin ular kelmasligini bilgach, umidini uzdi va unga mehr beradigan insonni kuta boshladi...
Soliha chamasi yarim soat Qur'on kitobini o'qidi. Keyin quyosh chiqayotganini ko'rib, o'rnidan turdi. Joyiga borib yotdi-da xayol sura boshladi:
---Dadajon, sizni hali ham yaxshi ko'raman. Bilaman, meni ataylab tashlab ketmagansiz. Sizni nimadir majbur qilgan. Onajon, bilaman, siz osmonlarga uchib ketgansiz. Dadam menga sizni uzoqqa safarga ketgan degan edilar. Lekin men bilaman... Siz mehribon Allohimning yonidasiz. Sizga Jannat suvlaridan bahramand bo'lish nasib qilsin Ilohim. Siz uchun kecha-yu kunduz duoda bo'laman. Sizni Ka'batullohga olib borishni Allohim nasib qilmabdi, lekin u yerga o'zim borib savobingizga yanayam savob qo'shishga harakat qilaman.
Soliha shu xayollar bilan o'tirarkan, tarbiyachi kirib keldi va bolalarni uyg'otdi. Nonushtadan so'ng Soliha ko'chaga chiqdi. O'zining ancha qadrdon bo'lib qolgan bog'idagi skameykaga o'tirdi. Bu bog' gullar bilan to'lgan bo'lib, ularning hammasini Solihaning o'zi ekkandi, shuning uchun mehribonlik uyidagi barcha xodimlar uni yaxshi ko'radi.
U bu yerda odatiga ko'ra chamasi bir soatcha o'tirdi. Keyin oldiga kimdir o'tirganini sezdi. Qarasa, bir notanish bola ekan. Soliha unga bir zum qarab turdi, lekin ko'p o'tmay yerga qarab oldi va salom berdi.
---Assalomu aleykum va Rahmatullohi va Barokatuh.
Bolaning ismi Solih edi. U Solihadan uch yosh katta, bolalar uyiga yaqinda kelgandi. Solihaning bu qadar odobi-yu ibo-hayosiga lol qoldi. Solihning yoshi kichkina bo'lsa ham juda ko'p narsadan xabari bor edi.
---Vaalaykum Assalom va Rahmatullohi va Barokatuh. Juda odobli qiz ekansan. Yoshing nechida?
---Rahmat,--- yerdan ko'zini uzmasdan javob berdi Soliha,--- yoshim to'qqizda.
---Juda aqlli ekansan MashaAlloh. Kel do'st bo'lamiz.
---Ammo, dinimizda bu mumkinmi? Men hali unchalik yaxshi bilmayman.
---Men nojo'ya harakat qilmayman. Menga ishonsang bo'ladi.
---Xo'p...
Shu tariqa ular do'stlshib olishdi...

Davomi bor...

@SolihaQizlar2
5.0K viewsحب , 04:35
Ochish/sharhlash
2022-04-23 18:34:45
Yagona bo’l, aslo seni xech kim takrorlay olmasin

S O L I H A Q I Z L A R
4.2K viewsJavohir°, edited  15:34
Ochish/sharhlash
2022-04-23 18:01:40
Kimgadur aytishingiz kerak bo'lgan ko'nglingizdagi gaplar aynan shu kanalda
@Kongil_ekandaa
@Kongil_ekandaa
@Kongil_ekandaa

Ko'ngildan chiqqan so'z ko'ngilga boradi...
: @Kongil_ekandaa
4.1K viewsJavohir°, 15:01
Ochish/sharhlash
2022-04-23 14:53:37
- Ro'zalar bilan charchamadingizmi.?)
- Astag'firulloh, rohatdan ham charchash mumkinmi..?

S O L I H A Q I Z L A R
4.9K viewsJavohir°, 11:53
Ochish/sharhlash
2022-04-23 11:41:26


S O L I H A Q I Z L A R
5.8K viewsحب , 08:41
Ochish/sharhlash
2022-04-23 08:48:13
Eng go'zal tuyg'u bu - Alloh duolaringizga javob berganini anglashingizdir

S O L I H A Q I Z L A R
6.0K viewsJavohir°, 05:48
Ochish/sharhlash
2022-04-23 08:16:28 Кизлар зор канал кирволила
5.6K viewsحب , 05:16
Ochish/sharhlash
2022-04-23 08:13:40
𝐐𝐈𝐙𝐋𝐀
𝐒𝐈𝐙𝐋𝐀𝐑 𝐈𝐙𝐋𝐀𝐆𝐀𝐍 𝐊𝐀𝐍𝐀𝐋

𝑃𝑅𝑂𝐹𝐼𝐿 𝑈𝐶𝐻𝑈𝑁 𝑅𝐴𝑆𝐿𝐴𝑅
𝐼𝑁𝑆𝑇𝐴𝐺𝑅𝐴𝑀 𝑆𝑇𝑂𝑅𝐼𝑆𝐿𝐴𝑅
𝑀𝐴𝑇𝐼𝑉𝐴𝑇𝐼𝑂𝑁 𝑆𝑇𝐴𝑇𝑈𝑆𝐿𝐴𝑅
𝑇𝑅𝐸𝑁𝐷 𝑀𝑈𝑍𝐼𝐾𝐴𝐿𝐴𝑅
𝐻𝐼𝐽𝑂𝐵𝐿𝐼 𝑄𝐼𝑍𝐿𝐴𝑅𝐺𝐴 𝑅𝐴𝑆𝑀𝐿𝐴𝑅
𝐿𝑂𝑉𝐸
𝑉𝐼𝐷𝐼𝑂𝐿𝐴𝑅

𝐗𝐔𝐋𝐋𝐀𝐒 𝐊𝐈𝐑𝐈𝐁 𝐊𝐎𝐑𝐈𝐋𝐀
𝐁𝐎𝐌𝐁𝐀𝐀
5.5K viewsحب , 05:13
Ochish/sharhlash