Get Mystery Box with random crypto!

12-QISM SOLIHIM SOLIHAM Abadiy bi | Solihaqizlar2 | 🌵

12-QISM

SOLIHIM
SOLIHAM
Abadiy birgamiz

Meni sevsang, Allohni sev.
Meni sevsangiz, Rasulullohga oshiq bo'ling...

******

Ertasi kuni...
Yigit eshikni taqillatdi va Soliha kiring deganidan so'ng ichkariga kirdi.
---Salom.
---Assalomu aleykum va Rahmatullohi va Barokatuh.
Yigit Solihaning bu salomidan hayron bo'ldi. Beixtiyor xayolidan o'tdi: "U ham xuddi shunday salom berardi. Seni qanchalar sog'indim...".
---Vaalaykum assalom. Sen bilan gaplashgani keldim.
---Haligi... Menga tegmang iltimos,--- Soliha yuzini qo'llari bilan to'sib oldi.
---Yo'q-yo'q. Senga tegmayman. Meni kechir. Xudbin ekanman. Sevaman debman-u baxtli qilaman deyolmabman... Kel mana bu yerga o'tir. Xohlasang sendan uzoqroqqa o'tiraman... Meni eshitadigan odamga hozir judayam muhtojman...
Soliha jimgina stulga o'tirdi. Ko'zi hamon yerda edi.
---Qulog'im sizda. Dardingizga malham bo'la olsam, xursand bo'laman.
---Rahmat...--- yigit ham bir chekkaga Solihadan sal uzoqroq joyga o'tirdi,--- Ismim Muhammad. Men ha hamma kabi yaxshi inson edim. Jonimdan ortiq ko'radigan singlim bor edi. U ham senga o'xshagan namozxon edi. Xuddi farishtalarga o'xshardi... Mening farishtam edi u... Ammo unga juda ko'p ifloslarning ko'zi tushdi. Gulday singlimni so'ldirdilar... Bechora singlim bunga chidolmadi. Uni qancha qaytarishga harakat qilmay, qancha hammasi yaxshi bo'lishini ta'kidlamay, baribir meni tashlab ketdi. Meni o'yladi farishtam. Mening yuzimni o'yladi... Keyin men ularni topib o'ldirdim va besh yilga qamaldim. Yashashdan umidim qolmagandi. Axir qanday yashay? Hech kimim yo'q edi... Yaqinda seni ko'rib qoldim. Sen farishtamga judayam o'xsharkansan. Namoz o'qishingni bilib esa xayollarim ostun-ustun bo'ldi. O'sha ifloslar qachonlardir qilgan xatoni men ham qaytarayotganimni tushundim... Meni kechir... Seni endi bu yerda ushlab o'tirmayman.
Soliha Muhammadnig gaplarini yig'lab eshitdi. Yuragi juda og'ridi.
---Siz vaqtida o'z aybingizni tushunib to'g'ri yo'lga yonalyapsiz. Alloh sizni albatta qo'llaydi. Siz bunga ishoning. Axir singlingiz siz shunday insonga aylanishingizni xohlagan bo'larmidi? Uning haqqiga duo qiling. Namoz o'qishni o'rganing. Hali hammasi yaxshi bo'ladi... Shunday tabarruk ismingiz bor ekan. Uni uvol qlmiang.
Muhammadning ko'zidan bir tomchi yosh chiqdi.
---Sen ham farishta ekansan. Yerdagi farishta... Yana bir bor sendan uzr so'rayman shuncha qiynaganim uchun... Endi yur, seni uyingga olib borib qo'yaman.
---Rahmat... Ammo o'zim yetib olaman.
---Yo'q dema iltimos. Senga ko'zlarimni ochganing uchun qandaydir qilib minnatdorchilik bildirishim kerak-ku.
---Haligi... Mayli rahmat,--- ular ikkisi Muhammadning mashinasiga o'tirdilar. Soliha orqa o'rindiqqa o'tirdi.
---11-mehribonlik uyiga.
---Mehribonlik uyiga yashaysizmi?--- hayron no'ldi Muhammad.
---Ha...
Muhammad hech narsa demadi, chunki hozir undan nimadir so'rasa, uning eski yaralarini tirnashini bilardi. Ikkisi ham yo'l bo'yi jim ketdilar.
Yetib kelgach esa Soliha unga mayin tabassum bilan rahmat aytdi va mashinadan tushib uyi tomon yo'l oldi...

Davomi bor...