Get Mystery Box with random crypto!

11-QISM SOLIHIM SOLIHAM Abadiy bi | Solihaqizlar2 | 🌵

11-QISM

SOLIHIM
SOLIHAM
Abadiy birgamiz

Meni sevsang, Allohni sev.
Meni sevsangiz, Rasulullohga oshiq bo'ling...

****

Hozirgi payt... Soliha doktor xonasiga kirdi.
---Mumkinmi? Men... Solih Hakimlvning ahvolini bilgani kelgandim.
---Siz ularga kim bo'lasiz?
---Men singlisiman... Iltimos, menga ayting. Ahvollari yaxshimi?
---Bemor xotirasini yo'qotgan. Qaytadimi-yo'qmi bilmayman. Lekin bunga umid qilamiz.
---Rahmat...
Soliha tushkun kayfiyatda xonadan chiqdi va yaqin atrofdagi skameykaga o'tirdi. Ko'zlaridan milt-milt yosh oqardi.
---Allohim, nima gunoh qilgandim-ki meni bunday jazolading? Akamning o'rniga men shu yerda yotsam bo'lmasmidi? Nega unday bo'ldi? Hammasi meni deb bo'ldi... Agar... Agar hayotlariga shunday kirib kelmaganimda... Hech narsa bo'lmasdi.
U ketishga chog'landi. Binodan chiqdi va uyi tomon yo'naldi. Birdan orqasida kimningdir sharpasini sezdi. Sezdi-yu ortiga o'girildi. Ammo hech nima qilishga ulgurmadi. U odam Solihaning og'zini qandaydir mato bilan yopdi. Soliha hushini yo'qotdi... Ko'zini ochganda esa qandaydir qorong'u xonada yotardi...
—Hoy kim bor? Yordam beringlar!
To'satdan orqasidan kimningdir ovozi keldi:
--Seni hech kim eshitmaydi qizaloq.
Soliha qo'rqib ketdi.
—Kimsiz? Mendan nima istaysiz?
—Sendan hech narsa istamayman qizaloq. Shunchaki mening juftim bo'lishingni xohlayman.
Solihaning qo'l oyog"i bog"liq edi, shuning uchun hech nima qilolmayotgandi.
—Meni qo'yib yuboring iltimos. Sizni umrimning oxirigacha duo qilaman. Hali baxtingizni uchratasiz.
—Yo'q qizaloq. Mening baxtim sensan. Endi seni mendan hech kim tortib ololmaydi. Qo'rqma, senga tegmayman. To nikohimiz bo'lgunicha senga hech nima qilmayman. Unchalik xudbin emasman... Endi esa damingni ol. Hali sen bilan ishlarimiz va gaplashadigan gaplarimiz judayam ko'p,— u odam eshikni qulflab chiqib ketdi... Soliha yerda yotgancha ko'z yoshlarga g'arq bo'lib qolib ketaverdi...
—Allohim, iltimos mening yuzim yerga qaramasin. Men bunga chidolmayman,— shu payt uning xayolini yoritgan fikrdan quvonib ketdi va eshikni qoqa boshladi.
—Hoy kim bor? Iltimos bir marta qaranglar, Sizlarga gapim bor!
Eshikdan haligi yigit kirib keldi.
—Tinchlikmi sevgilim?-— Soliha yerga qarab javob berdi.
—Iltimos menga joynamoz olib kelib beringlar.
Yigit Solihaning bu gapidan hayron qoldi.
—Namoz o'qiysanmi?
—Albatta. Allohimning har bir aytgan amallarinbi bajarish biz uchun burchdir.
—To'g'risi senga hayron qoldim, ammo bizda joynamoz yo'q.
—qandaydir toza matom bo'lsa ham bo'laveradi. Toza gilam, yoki...
—Ro'mol bo'ladimi?
—Albatta! Bersangiz juda xursand bo'lardim.
yigit tezda ro'mol olib keldi.
—Bu rahmatli onamning ro'moli. — u ro'molni berdi-yu chiqib ketdi.
Soliha tezda uni yozdi-da namoz o'qiy boshladi.
—Eh Allohim, bu yigit yomonga o'xshamaydi. Iltimos uni insof va baxt bilan siylagin,—- Soliha tuni bilan uxlamay namoz o'qib chiqdi...

Davomi bor...