Get Mystery Box with random crypto!

Solihaqizlar2 | 🌵

Telegram kanalining logotibi solihaqizlar2 — Solihaqizlar2 | 🌵 S
Telegram kanalining logotibi solihaqizlar2 — Solihaqizlar2 | 🌵
Kanal manzili: @solihaqizlar2
Toifalar: Iltimoslar , Telegram
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 11
Kanalning ta’rifi

Assalamu aleykum va rohmatullohi va barokatuh🤍🕊
Kanalimizga hush kelibsizlar❤️‍🩹🌱
instagram: instagram.com/soliha_qizlar_
Reklama🌷 @Soliha_Qizlar_reklama
Otziv🌷 @Soliha_Qizlar_otziv

Ratings & Reviews

4.50

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

1

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

0


Oxirgi xabar 6

2022-04-25 13:43:42
Bir go'zal mo'mina ayoldan qanday pardoz qilishi haqida so'rashdi. U shunday javob berdi: "Lablarimni rostg'o'ylik bilan bo'yayman, ko'zlarimni rahmat, mehr-shavqat bilan bo'yayman. Ovozim chiroyli bo'lishi uchun Qur'on o'qiyman. Qo'llarim chiroyli bo'lishi uchun ko'p ehson qilaman. Qaddi-qomatim kelishgan bo'lishi uchun faqat rost gapiraman. Qalbimni esa Alloh taologa chin dildan ixlos muhabbat bilan bezayman.

@Chunki_u_islomning_qizi
@Chunki_u_islomning_qizi
@Chunki_u_islomning_qizi
4.3K viewsحب , 10:43
Ochish/sharhlash
2022-04-25 07:42:28
Har xil kunlar otdi; qayg'uli, g'amgin va yeg'ilik shunda men ishondimki kun keladi va barcha yomon kunlarimni birgina baxtli kelajakga alishaman

S O L I H A Q I Z L A R
5.1K viewsJavohir°, 04:42
Ochish/sharhlash
2022-04-25 02:28:13 Rohman Ya Rohman

@SolihaQizlar2
1.4K viewsحب , 23:28
Ochish/sharhlash
2022-04-25 01:52:06 ---Kerakmas,--- Solih shunday deb ayolning quchig'idan chiqmoqchi edi, ammo u Solihni qo'yib yubormadi va majvurlab olib keta boshladi.
---Ketasan dedimmi ketasan! Noz qilmasamgchi.
---Yo'q! Jon xolajon, meni qo'yib yuboring.
Solih baqirar, yig'lar, ammo foydasi yo'q edi. U ayol Solihni tashqariga olib chiqdi. Soliha esa bir chekkada ko'z yosh to'kardi. Oziri u ham ko'chaga yugurib chiqdi.
---Akajon! Ketmang, Iltimos.
---Ketmayman Soliha! Qo'llarimdan mahkam tut. Ularga bizni ajratoshlariga qo'yib bermaymiz!--- Solih Solihaning qo'lini qattiq ushlab oldi. Ularni ajratish qiyin edi, lekin katta kishi baribir ustun keldi. U Solihni ko'tarib mashinaga o'tqizdi. Soliha yig'lagancha qolib ketaverdi...

Davomi bor...

@SolihaQizlar2
1.9K viewsحب , 22:52
Ochish/sharhlash
2022-04-25 01:51:57 SOLIHIM
SOLIHAM
Abadiy birgamiz

Meni sevsang, Allohni sev.
Meni sevsangiz, Rasulullohga oshiq bo'ling...

4-QISM

Soliha shu dam juda baxtli edi. Ota-onasi yonida bo'lmasa-da, ularning o'rnini bosa oladigan mehribon tarbiyachisi, akasining o'rnini bosa oladigan Solih akasi bor edi.
---Allohimga shukur. Shu kunga yetkazgani uchun. Sog'lom qilib yaratgani uchun. Meni yolg'iz qoldirmagani uchun...
U yana har doimgidek bog'ga chiqdi. Gullariga qaradi. Odatda, bu payt Solih ham uning oldiga kelib, unga yordam beradi, ammo negadir u kelmadi. Soliha uni yigirma daqiqa kutdi, lekin undan darak yo'q edi.
Oxiri o'zi uning oldiga bormoqchi edi. Ichkariga kirarkan, tarbiyachisining ovozi va yana qandaydir ovozlarni eshitdi:
---Biz Solihni boqob olmoqchimiz. Juda namunali, aqlli bola ekan.
---Ammo Nazira pap, u Solihaga juda bog'lanib qolgan. Uni ham olib ketolmaysizmi?--- Solih va Soliha haqida hatto tarbiyachilar ham bilar, ularni ajratmaslikka harakat qilardi.
---Afsuski buning iloji yo'q. Turmush o'rtog'im juda obro'li va boy inson, ammo Xudo bizni farzamddan qisdi, shuning uchun bola boqib olish uchun shu yerga keldik. O'g'il farzand kelajakda otasining davomchisi bo'ladi.
---Ammo qiz farzand sizlarni Jannatga yetaklaydigan yo'l emasmi?
---Eee menga va'z o'qimang. Shundog'am sizdan ko'p narsani bilaman. Qiz bolani kelajakda boqish, uni o'qitish kerak. O'g'il farzand esa o'zini o'zi boqa oladi. Bizga qiz kerak emas.
---Ammo...
---Eshitmadingizmi? Menga Solihni olib chiqing!
Soliha chidolmadi. Otilib xonaga kirdi.
---Bermayman! Sizlarga akamni bermayman.--- u yig'lay boshladi. Uni ko'rib xonadagi barcha xodimlar ko'ziga yosh oldi.
--- Hoy qizaloq, sen kim bo'libsan-ki, biz sening aytganingni qilishimiz kerak?--- ayol Solihaga yaqinlashdi. Soliha qo'rqib ortiga tisarildi.
---Bermayman akamni! Ketinglar!
Ayol sal asabiy ekanmi, uning gaplariga qarab o'tirmadi. Sharta yuziga tarsaki tushirib yubordi. Soliha o'zi kichkina qizcha bo'lgani uchun bu bahaybat zarbadan uchib ketdi. Sho'rlik tarbiyachining esi chiqib ketdi.
---Bu nima qilganingiz? Hozir politsiya chaqirsam nima qila olasiz?
---Adashasiz. Hozir siz emas men politsiya chaqiraman. Menga xohlagan bolani bermayotganingiz uchun. Tez Solihni olib chiqing! Men kutishni yoqtirmayman.
Tarbiyachi noiloj Solihning xonasi tomon yo'l oldi. Soliha ham uning ortidan yugurdi.
---Opajon, jon opajon, Solih akamni berib yubormaymiz, to'g'rimi? Ular men bilan qoladilar a?--- tarbiyachi Solihaning iltijo va yoshli ko'zlariga qarolmadi.
---Albatta qizim. U biz bilan. U doik sening yoningda bo'ladi.
Ular Solih o'tirgan xonaga kelishdi. Atrofda bolalar o'yin-kulgu qilar, bir-biri bilan janjallashar, Solih esa qo'liga kitob olib namoz o'qishni o'rganayotgandi.
---Auzu... Auzu billahi... Nima edi-ya. Yana esimdan chiqdi...--- Soliha uni ko'rib yig'lab yubordi va uning oldiga yugurib bordi.
---Akajon! Akajon, qarang sizni olib ketishyapti. Men bilan qoling Iltimos.
---Nima?--- Solih hayron bo'lib tarbiyachisiga qaradi. Uning ko'zidagi mungdan hammasini tushundi.--- hammasi yaxshi bo'ladi Soliham. Men hech qayerga ketmayman.
Ular uchcovlari birgalikda qabulxona taraf yo'l oldilar. Solihni ko'rib haligi ayol uning oldiga yugurib keldi.
---Voy o'zimni asal o'glimdan. Yur men bilan. Men endi sening oying bo'laman.
Mehribonlik uyida yashaydigan bolalar uchun odatda bu so'zlar orzu bo'ladi va ular ota-onalari bo'lishi uchun astoydil harakat qiladilar, ammo Solih bu yerdan ketishni xohlamasdi. Solihasini tashlab ketolmasdi.
---Men ketmayman,--- erga qarab javob berdi u.
---Voy o'g'lim, nega ketmaysan? Biz hashamatli, juda katta uyda yashaymiz. Senga nima so'rasang ham olib beraman.
1.8K viewsحب , 22:51
Ochish/sharhlash
2022-04-25 01:51:26 SOLIHIM
SOLIHAM
Abadiy birgamiz

Meni sevsang, Allohni sev.
Meni sevsangiz, Rasulullohga oshiq bo'ling...

3-QISM

Bugun Solihaning tug'ilgan kuni. U judayam xursand. U ertalab sahardan turib namozini o'qidi.
---Ey Allohim, bugungi kunim yaxshi o'tsin. Bilaman, dinimizda tug'ilgan kun nishonlash mumkinmas, ammo men sening bandang va Payg'ambarimiz ummati bo'lgan kunimni nishonlamoqchiman. Kunimni ibodat-u senga hamd aytish bilan o'tkazmoqchiman... Alhamdulillah. Shu kunga yetkazganingga shukur,--- Soliha oyisini duo qilib yana qo'liga Qur'on kitobini oldi. U kundan kunga bilimi oshib, yanayam chiroyliroq o'qiydigan bo'lgan edi.
Shu payt singlisini ertaroq hammadan oldin tabriklash uchun Solih u namoz o'qiyotgan xonaga bordi. U Soliha bu paytda namoz o'qishini bilardi, shuning uchun hech ikkilanmay o'sha yerga chiqdi.
Qarasa, Soliha farishtadek bo'lib Qur'on o'qib o'tirgan ekan. Buni ko'rib Solihning ko'ziga beixtiyor yosh keldi.
---MashaAlloh go'zalim. Senga juda yarashadi...
U xayol surib o'tirganda Soliha namozini o'qib bo'lib o'rnidan turdi. Ortiga qaradi va u yerda turgan akasini ko'rib qo'rqib ketdi.
---Voy Assalomu aleykum Va Rahmatullohi va Barokatuh akajon.
---Vaalaykum assalom va Rahmatullohi va Barokatuh Soliha. Namozing qabul bo'lsin.
---Aytganingiz kelsin akajon.
Solih ortida yashirib turgan qutichani Solihaga ko'rsatdi.
---Ummat bo'lgan kuning bilan tabriklayman Soliham.
--- Katta rahmat akajon!--- Soliha shu damda akasini quchoqlashni juda istar, ammo u Solihaga nomahram bo'lgani uchun o'zini zo'rg'a tiyib turardi. U shunchalik ulg'aygan edi-ki hatto shu kabi narsalarni ham bilar edi.--- akajon, bu nima?--- u qo'lidagi qutichaga ishora qildi.
---Ochib ko'rgin, bilasan.
Soliha qutini ochdi. Ichida juda chiroyli tasbeh bor edi. Soliha buni ko'rib shu qadar xursand bo'ldi-ki turgan joyida sakray boshladi.
---Rahmat akajon! Juda xursand bo'ldim. Alloh rozi bo'lsin sizdan.
---Sen xursand bo'lsang bo'ldi Soliham.
Tong otdi. Hamma uyg'onib, birma-bir Solihani tabriklay boshlashdi. Navbat tarbiyachiga keldi.
---Soliha, o'zinimng asal qizim, tug'ilgan kuning bilan tabriklayman. Kelajakda buyuk inson bo'lib voyaga yetishingni tilab qolaman.
U Solihaga chiroyli ko'ylak sovg'a qildi. Keyin hamma o'z sovg'asini unga topshira boshladi. Kimdir soat sovg'a qildi, kimdir bilakuzuk, kimdir bejirim zirak, kimdir hatto telefon berdi. Lekin Solihaga eng yoqqan va esida qolgan sovg'a Solihdan bo'ldi. U Soliha keyin olgan sovg'alardan arzonroq bo'lsa-da u uchun juda qadrli edi...

Davomi bor...

@SolihaQizlar2
1.7K viewsحب , 22:51
Ochish/sharhlash
2022-04-24 18:31:36
Insonni qalbi juda nozik boʻladi. U birgina qoʻpol soʻz yoki xunuk qarashdan kun boʻyi mahzun boʻlib yurishi mumkin.

S O L I H A Q I Z L A R
4.5K viewsJavohir°, 15:31
Ochish/sharhlash
2022-04-24 17:59:01
Birodar men sizga @myy_quran Qur'on dan rasmli oyatlar kanalini tavsiya qilaman. Qur'on ni tartil ila ma'nolarini yodlamoqchi bo'lganlar uchun holis tavsiyam.

@myy_quran
@myy_quran Usiga bosing
@myy_quran

Qur'on ilmiga qiziqasizmi? Bu sahifa siz uchun ekan birodarim.) Shoshilmasdan kanalni ko'rib, ulanib qo'ying.
4.4K viewsJavohir°, 14:59
Ochish/sharhlash
2022-04-24 10:15:11
#muslimah

S O L I H A Q I Z L A R
6.1K viewsحب , edited  07:15
Ochish/sharhlash
2022-04-24 07:49:43 https://t.me/unishopandijon
6.0K viewsحب , 04:49
Ochish/sharhlash