Get Mystery Box with random crypto!

ONA SIZNI DOYIM UNUTDIM Mol dunyoni ortidan quvdim, Nafs yo’l | SHERLAR

ONA SIZNI DOYIM UNUTDIM

Mol dunyoni ortidan quvdim,
Nafs yo’lidan yeldim yugurdim,
Mexrimga zor mushtoq edingiz,
Ona sizni doyim unutdim,

Unutmadim do’stu yorimni,
Ular uchun berdim jonimni,
Siz so’raysiz faqat xolimni,
Ona sizni doyim unutdim,

Do’stlar bilan yurib tolmadim,
Sizni bir bor esga olmadim,
Bir qong’iroq qilib qo’ymadim,
Ona sizni doyim unutdim.

So’vg’alarga ko’mdim ayolim,
Mol dunyoda edi hayolim,
Shunchalar ham bo’ldimmi zolim,
Ona sizni doyim unutdim,

Har nafasda omad tilaysiz,
Kelmasamda yo’lim poylaysiz,
Nega meni yomon demaysiz,
Ona sizni doyim unutdim.

Kech bo’lsa ham bildim qadringiz,
Baxtu davlat ekan boringiz,
Kechiring siz Qodir o’g’lingiz,
Ona sizni doyim unutdim.

01:30.17.01.2022

Muallif: Qodir Qaxxor

https://t.me/joinchat/AAAAADwROIl2Eg9zT1-n5Q

anba: @sherlar

#like_boss