Get Mystery Box with random crypto!

Shamsuddin Sadruddin

Telegram kanalining logotibi shamsuddin_sadruddin — Shamsuddin Sadruddin S
Telegram kanalining logotibi shamsuddin_sadruddin — Shamsuddin Sadruddin
Kanal manzili: @shamsuddin_sadruddin
Toifalar: Din
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 1.65K
Kanalning ta’rifi

Sendan ko‘p narsa so‘ramayman. Shunchaki, o‘zing xayol qilib yuradigan jannat qasrining bir chekkasida meni ham bordek tasavvur qilib qo‘ysang bo‘lgani...
@Muhammadoshiq_bot
Instagram: Instagram.com/Shamsuddin_Sadruddin

Ratings & Reviews

2.50

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

1

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

1


Oxirgi xabar 2

2022-07-16 22:40:23
Doim ham o‘quvchining qalbiga tegadi, deb rostini aytishdan istihola qilavermaslik kerak ekan.

Imom Taftazoniy kitoblarida sarf faniga oid qoidani sharhlab davomidan mana bunday deydilar: «Agar ziyrak bo‘lsang, shuning o‘zi senga yetarli. Bo‘lmasa, ahmoqqa uzoq tushuntirib o‘tirishning hech bir foydasi yo‘q». )
(Sa’duddin Taftazoniy, «Sharhu tasrifil Izziy»)

@Shamsuddin_Sadruddin
3.8K views19:40
Ochish/sharhlash
2022-07-15 23:45:46 Ba’zan yaqiningda turgan tanishdan ko‘ra uzoqdagi begona yaxshi suhbatdosh bo‘ladi!
2.7K views20:45
Ochish/sharhlash
2022-07-09 06:29:54
Allohga hamd, Rasuliga salovatdan so‘ng: Aql ishlarni yaxshi yo yomonga ajratishi mumkin, ammo unga shar’iy hukm bera olmaydi. Aql uchun har kuni besh mahal yuz, qo‘l, oyoqlarni uch martadan yuvish yomon (buni isrof deb biladi). Ammo shariat uni sunnat deydi.…
571 views03:29
Ochish/sharhlash
2022-07-09 06:15:40 Allohga hamd, Rasuliga salovatdan so‘ng:

Aql ishlarni yaxshi yo yomonga ajratishi mumkin, ammo unga shar’iy hukm bera olmaydi. Aql uchun har kuni besh mahal yuz, qo‘l, oyoqlarni uch martadan yuvish yomon (buni isrof deb biladi). Ammo shariat uni sunnat deydi.

Aqlga qolsa, hayit kunlari ro‘za tutish yaxshi. Ammo uning shariatdagi hukmi - harom.

Tabiiyki, aql bularning bariga sabab izlaydi. Shariat esa ularning sababini bayon qiladi. Keyin salim aql bunga taslim bo‘ladi.

Ba’zida aql bilan shariat bir ishning yomon yo yaxshiligida muttafiq bo‘ladi.

Masalan, zulm aqlan yomon, shar’an esa harom. Adolat aqlan yaxshi, shar’an esa vojib-farz.

Shunga ko‘ra, shariat qaytargan amallar ikkiga bo‘linadi:

1. Hissiy amallar - shariat kelishidan avval ham sog‘lom aql egalari yomon hisoblagan ishlar. Masalan, zulm, zino, o‘g‘rilik, qotillik.

2. Shar’iy amallar - shariat kelib hukm bergan va u haqidagi oldingi tushuncha o‘zgargan ishlar. Masalan, hayit kuni ro‘za tutish.

Ulamolar aytadilarki, hissiy amallarning qaytarig‘i shar’iy amallar qaytarig‘idan kuchliroq sanaladi. Ya’ni zulmning gunohi hayit kuni ro‘za tutish gunohidan og’irroq.

Xullas, ilm ixlosmandlari, barchangizga hayit muborak!

@Shamsuddin_Sadruddin
608 views03:15
Ochish/sharhlash
2022-07-08 10:08:39 Arafa kunining fazilatiga Qur’on va sunnatdan 6 ta dalil:

Bu kun sizga diningizni mukammal qilib berdim. Sizga neʼmatimni to‘kis qildim. Va sizga Islomni din deb rozi bo‘ldim”.
(Moida:3)

Umar ibn Xattob roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: “Yahudiylardan bir kishi unga: “Ey mo‘minlarning amiri, sizlar Kitobingizdagi bir oyatni o‘qiysizlar. Agar u biz - yahudiylar jamoasiga nozil bo‘lganida u kunni bayram qilib olar edik”, dedi. U: “Qaysi oyat?” deb so‘radi. Yahudiy:Bu kun sizga diningizni mukammal qilib berdim. Sizga neʼmatimni to‘kis qildim. Va sizga Islomni din deb rozi bo‘ldim” (oyati) ni aytdi. Shunda Umar: “Batahqiq, biz u nozil bo‘lgan o‘sha kun va makonni bilamiz. U zot (o‘shanda) juma kuni Arafada turgan edilar”, dedi”.
(Buxoriy:45; Muslim:3017)

Xulosa: Dinimizning kamolga yetib, ne’mat to‘kis bo‘lgani va Alloh bizlar uchun Islomni din deb rozi bo‘lgani haqidagi oyat aynan ushbu kun nozil bo‘lgan. Bu Arafa kunining eng katta fazilatidir.

“Guvohlik beruvchi va guvohlik berilgan bilan qasam”.
(Buruj:3)

Ushbu oyatdagi (المشهود) “guvohlik berilgan” lafzidan murod Arafa kuni ekani hadis bilan sobitdir. Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: “Nabiy sollallohu alayhi vasallam aytdilar: “Va’da qilingan kun” qiyomat kuni, “guvoh berilgan” kun Arafa kuni, “guvoh beruvchi” kun juma kunidir…”.
(Termiziy:3339; Tobaroniy, “Al-mu’jamul avsat”:1087)

“Juft va toq bilan qasam”.
(Fajr:3)

Jobir roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: “Nabiy sollallohu alayhi vasallam aytdilar: “Albatta, (Alloh qasam ichgan) “o‘n (kecha)” qurbonlikning o‘n (kun)i, “toq” Arafa kuni, “juft” nahr kunidir”. Nasoiy (“Kubro”:410) rivoyat qilgan. Arafa kuni to‘qqizinchi bo‘lgani uchun ham u “toq”, nahr (qurbonlik qilish) kuni o‘ninchi bo‘lgani uchun ham u “juft”dir. Ibn Abbos, Ikrima va Zahhoklar ham shunday degan”.
(Ibn Kasir tafsiridan qisqartma)

Xulosa: Buyuk Zot faqat buyuk narsalar bilan qasam ichadi. Alloh Arafa kuni bilan qasam ichib uning qadrini ko‘tardi.

Abu Qatoda roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: “Rasululloh sollallohu alayhi vasallamdan Arafa kunining ro‘zasi haqida so‘raldi. U zot: “O‘tgan va kelasi yilni kafforat qiladi”, dedilar”.
(Muslim:1162)

Xulosa: Hojilardan boshqalar uchun Arafa kunini ro‘zador o‘tkazish mustahabdir.

Oisha roziyallohu anhodan rivoyat qilinadi: “Nabiy sollallohu alayhi vasallam aytdilar: “Arafa kunichalik Alloh ko‘p bandalarni do‘zaxdan ozod qiladigan biror kun yo‘q. U yaqinlashadi, keyin ular bilan farishtalarga maqtanib: “Anavilar nimani xohlashadi”, deydi”.
(Muslim:1348)

Xulosa: Arafani har qanday ibodat turi - namoz, sadaqa, Qur’on tilovati, zikr va duo kabilar bilan o‘tkazish tavsiya qilinadi.

Uqba ibn Omir roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: “Nabiy sollallohu alayhi vasallam dedilar:
“Arafa kuni, qurbonlik kuni va tashriq kunlari biz - Islom ahlining bayramimizdir. Ular yeb-ichish kunidir”.
(Abu Dovud:2419; Termiziy:773; Nasoiy:3004)

Xulosa: Arafa kuni musulmonlarga bayramona kayfiyatni ulashish lozim.

Bayram muborak!

@Shamsuddin_Sadruddin
2.9K views07:08
Ochish/sharhlash
2022-07-08 06:17:09 Bakalavrni bitirdim. Yaqinda diplom olaman.

Mendan oldin akam (Alloh rahmatiga olsin) bakalavriatda MDIS, magistraturada «Charles Sturt University» diplomini olgan edilar. Endilikda ularning hech biri akamga foyda bermaydi.

Umr boshqalarning qo‘lida qolib ketadigan qog‘ozlar ketidan yugurishga arzimaydi. Buni tushunishingiz uchun yaqiningizdan ayrilishingiz shart emas!

@Shamsuddin_Sadruddin
1.2K views03:17
Ochish/sharhlash
2022-07-07 22:41:48
Sulaymon alayhissalom Hudhud haqida bunday dedilar: «Albatta, uni qattiq azob bilan azoblayman» (Naml:21). Ushbu oyat borasida o‘qigan eng yaxshi tafsirim Imom Qushayriyning quyidagi gapi bo‘ldi:

«Sulaymon aytgan «qattiq azob»dan murod o‘zi bilan suyuklisi Hudhudning orasini ajratishdir. Chunki habibidan ayrilish kishini ignaning teshigidan nafas olayotgandek qilib qo‘yadi».
(Adham Sharqoviy, «Qur’ondan maktublar»)

@Shamsuddin_Sadruddin
1.0K views19:41
Ochish/sharhlash
2022-06-28 19:26:19
Dinsizlikka chaqirayotgan xitoylik ateistga misrlik musulmon munosabati. Kayfiyatni ko‘taruvchi video. )

Darhaqiqat, Allohning kalimasi oliy bo‘lgan yerda shayton so‘zi eshitilmaydi.

@Shamsuddin_Sadruddin
2.4K views16:26
Ochish/sharhlash
2022-06-24 10:00:30
Ушбу хабар араб олами ҳақида эмас.

Бир неча кун олдин Афғонистонда кучли ер қимирлаши содир бўлди. Бу офатдан 1000 дан ошиқ киши ҳалок бўлгани айтилмоқда. Қурбонлар сони яна ошиб бораётгани хабар қилинмоқда. Яқин қўшнимиз, тарихий қардошимиз бўлган Афғонистоннинг бошига тушган бу кўргиликдан чуқур қайғудамиз. Аллоҳ бу фоний дунёдан боқий дунёга риҳлат қилганларнинг жойларини жаннатда қилсин, яқинларига гўзал сабр берсин, уларга Ўзи раҳм қилсин.
2.4K views07:00
Ochish/sharhlash
2022-06-15 21:12:26 «U (Muso) Allohning huzurida obro‘li edi».
(Ahzob:69)

Bu odamlarning emas, Allohning huzuridagi me’yor.

- Nuhni yolg‘onga chiqardilar.
- Ibrohimni yondirish uchun o‘tga uloqtirdilar.
- Musoni o‘ldirish uchun kelishib oldilar.
- Solihni bezor qildilar.
- Shuaybga osiylik qildilar.
- Yahyoni o‘ldirdilar.
- Zakariyyoni arradilar.
- Isoni xochga tortmoqchi bo‘ldilar.

Bularning barini Muhammad sollallohu alayhi vasallamga qildilar:

- Makkada u zotni yolg‘onga chiqardilar;
- Toifda toshbo‘ron qildilar;
- O‘ldirish uchun uylarining oldida pistirmada turdilar;
- Hijrat qilish yo‘llarida quvladilar;
- Uhud va Badrda urushdilar;
- Xandaqda qamal qildilar;
- (U zot yeydigan) go‘sht bo‘lagini zaharladilar…

Endi sen insonlardan nima kutyapsan?!

- Odamlar, agar sadaqa qilsang: «Riyo qilyapti», deydilar.
- Bermasang: «Baxil», deydilar.
- Nasihat qilsang: «Ayblayapti», deydilar.
- Indamasang: «Qo‘rqoq», deydilar.
- Tijorat bilan shug‘ullansang: «Mol-mulk istayapti», deydilar.
- Uyingda o‘tirsang: «Ishsiz», deydilar.
- Tanqid qilsang: «Xatolarimizni poylab yuribdi», deydilar.
- Jim tursang: «Bizning ishimiz uni qiziqtirmayapti», deydilar.

Mana shu insonlar bo‘ladi.

Ularning ichida bebaholari ham bor. Biroq ko‘plari (gapiga e’tibor qilinmaydigan) «arzon» kimsalar.

Sen o‘zing bo‘l!

Insonlarni kuzatib yuruvchi kimsa g‘amdan o‘lishi to‘g‘ri. Ammo hayotini odamlar boshqarishiga qo‘yib beradiganlar g‘am, dard va qayg‘udan halok bo‘ladilar…

Odamlarni rozi qilish - erishib bo‘lmas maqsad.

Doimo yodingda tut: «U ALLOHNING HUZURIDA obro‘li edi».
(Adham Sharqoviy, «Qur’ondan maktublar»)

@Shamsuddin_Sadruddin
3.4K viewsedited  18:12
Ochish/sharhlash