Get Mystery Box with random crypto!

«U (Muso) Allohning huzurida obro‘li edi». (Ahzob:69) Bu odam | Shamsuddin Sadruddin

«U (Muso) Allohning huzurida obro‘li edi».
(Ahzob:69)

Bu odamlarning emas, Allohning huzuridagi me’yor.

- Nuhni yolg‘onga chiqardilar.
- Ibrohimni yondirish uchun o‘tga uloqtirdilar.
- Musoni o‘ldirish uchun kelishib oldilar.
- Solihni bezor qildilar.
- Shuaybga osiylik qildilar.
- Yahyoni o‘ldirdilar.
- Zakariyyoni arradilar.
- Isoni xochga tortmoqchi bo‘ldilar.

Bularning barini Muhammad sollallohu alayhi vasallamga qildilar:

- Makkada u zotni yolg‘onga chiqardilar;
- Toifda toshbo‘ron qildilar;
- O‘ldirish uchun uylarining oldida pistirmada turdilar;
- Hijrat qilish yo‘llarida quvladilar;
- Uhud va Badrda urushdilar;
- Xandaqda qamal qildilar;
- (U zot yeydigan) go‘sht bo‘lagini zaharladilar…

Endi sen insonlardan nima kutyapsan?!

- Odamlar, agar sadaqa qilsang: «Riyo qilyapti», deydilar.
- Bermasang: «Baxil», deydilar.
- Nasihat qilsang: «Ayblayapti», deydilar.
- Indamasang: «Qo‘rqoq», deydilar.
- Tijorat bilan shug‘ullansang: «Mol-mulk istayapti», deydilar.
- Uyingda o‘tirsang: «Ishsiz», deydilar.
- Tanqid qilsang: «Xatolarimizni poylab yuribdi», deydilar.
- Jim tursang: «Bizning ishimiz uni qiziqtirmayapti», deydilar.

Mana shu insonlar bo‘ladi.

Ularning ichida bebaholari ham bor. Biroq ko‘plari (gapiga e’tibor qilinmaydigan) «arzon» kimsalar.

Sen o‘zing bo‘l!

Insonlarni kuzatib yuruvchi kimsa g‘amdan o‘lishi to‘g‘ri. Ammo hayotini odamlar boshqarishiga qo‘yib beradiganlar g‘am, dard va qayg‘udan halok bo‘ladilar…

Odamlarni rozi qilish - erishib bo‘lmas maqsad.

Doimo yodingda tut: «U ALLOHNING HUZURIDA obro‘li edi».
(Adham Sharqoviy, «Qur’ondan maktublar»)

@Shamsuddin_Sadruddin