Get Mystery Box with random crypto!

Sulaymon alayhissalom Hudhud haqida bunday dedilar: «Albatta, | Shamsuddin Sadruddin

Sulaymon alayhissalom Hudhud haqida bunday dedilar: «Albatta, uni qattiq azob bilan azoblayman» (Naml:21). Ushbu oyat borasida o‘qigan eng yaxshi tafsirim Imom Qushayriyning quyidagi gapi bo‘ldi:

«Sulaymon aytgan «qattiq azob»dan murod o‘zi bilan suyuklisi Hudhudning orasini ajratishdir. Chunki habibidan ayrilish kishini ignaning teshigidan nafas olayotgandek qilib qo‘yadi».
(Adham Sharqoviy, «Qur’ondan maktublar»)

@Shamsuddin_Sadruddin