Get Mystery Box with random crypto!

Shamsuddin Sadruddin

Telegram kanalining logotibi shamsuddin_sadruddin — Shamsuddin Sadruddin S
Telegram kanalining logotibi shamsuddin_sadruddin — Shamsuddin Sadruddin
Kanal manzili: @shamsuddin_sadruddin
Toifalar: Din
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 1.65K
Kanalning ta’rifi

Sendan ko‘p narsa so‘ramayman. Shunchaki, o‘zing xayol qilib yuradigan jannat qasrining bir chekkasida meni ham bordek tasavvur qilib qo‘ysang bo‘lgani...
@Muhammadoshiq_bot
Instagram: Instagram.com/Shamsuddin_Sadruddin

Ratings & Reviews

2.50

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

1

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

1


Oxirgi xabar 3

2022-06-11 16:29:09
«Albatta, yaxshiliklar yomonliklarni ketkazadi».
(Hud:114)

Qachon gunoh qilsang, o‘zingga mana bunday degin: «Jangni boy berdim. Ammo urushni boy berganim yo‘q!»

Tushkunlikka tushma. Nafsingni tahorat va ikki rakat namoz bilan tuzatib ol. Gunoh qilgan barmoqlaring bilan istig‘for ayt. Haromga tikilgan ko‘zing bilan Qur’on o‘qi.

Tavba qiluvchilarning ohi Allohning huzurida itoatkorlarning munojoti kabidir.

Qaytishingni istashini senga bildirish uchun ham U O‘zini «G‘ofur»* deb atagan!
(Adham Sharqoviy, «Qur’ondan maktublar»)

*O‘ta kechirimli Zot.

@Shamsuddin_Sadruddin
3.3K views13:29
Ochish/sharhlash
2022-06-08 22:16:27 «Qur’ondan maktublar» kitobining elektron nusxasi. Alloh to‘liq tarjimasiga muvaffaq qilsin!
2.5K viewsedited  19:16
Ochish/sharhlash
2022-06-08 21:58:13
«Mol-mulk va farzandlar hayoti dunyoning ziynatidir».
(Kahf:46)

Dunyo pul bilan yanada osonroq, farzandlar bilan esa yanada yoqimliroq. Ammo oyatdagi iboraning daqiqligini ko‘r: (o‘sha bola-chaqalar) «ziynat», «qiymat» emas!

Inson ma’rifati bilan inson, qo‘lga kiritgani bilan emas. U qalbidagi ila inson, cho‘ntakidagisi bilan emas. U marhamati bilan inson, saltanati bilan emas. U muloyimligi bilan inson, toshbag‘irligi bilan emas.

Qorunga mol-mulki uchun hasad qilganlar kabi bo‘lma! Ular haqiqatni Qorun va hovlisini yer yutganida bildilar. Sen esa bularni ertaroq angla!
(Adham Sharqoviy, «Qur’ondan maktublar»)

@Shamsuddin_Sadruddin
2.3K views18:58
Ochish/sharhlash
2022-06-06 22:42:05 #Nukta

«Botayotgan yulduz bilan qasam». (Najm:1)

• Savol: Yulduz bilan qasam ichishda uning botish vaqtini zikr qilishning hikmati nima?

• Javob: Bunda ikki hikmat borligi aytiladi:

1-hikmat. Yulduz agar osmon o‘rtasida bo‘lsa, u orqali sharq, g‘arb, shimol va janub kabi tomonlarni topib bo‘lmaydi. U biroz og‘sa, sharq qayerda-yu, g‘arb qaysi tomonda ekani bilinadi. Natijada tunda yuruvchi odam borar manziliga eltuvchi yo‘lni aniqlab oladi. Botayotgan yulduz bilan yo‘qotilgan yo‘llar topilganidek Qur‘on bilan ham adashganlar hidoyatga erishadilar.

2-hikmat. Ayrim mushriklar yulduzlarga ibodat qilar edilar. Alloh taolo yulduzni botish vaqti bilan zikr qildi. Toki yulduzlarga ibodat qiluvchi o‘sha mushriklar bilsinlarki, botuvchi narsa aslo chin ma’bud bo‘la olmaydi. Zero botish - g‘oyib bo‘lish, yo‘qolish demak. Ibodatga loyiq Zot esa bunday kamchiliklardan pokdir.

«U (Ibrohim) ni tun o‘rab olganida, yulduzni ko‘rib: «Bu mening Robbimdir», dedi. U botib ketganida esa: «Botuvchilarni yoqtirmasman», dedi». (An’om:76)
Oyat oyatning eng go‘zal tafsiri!
(«At-tafsirul kabir» asosida)

@Shamsuddin_Sadruddin
2.3K viewsedited  19:42
Ochish/sharhlash
2022-06-05 22:44:51
Olimlarning ishi qiziq...

Ibn Qayyim (vafoti 751/1350-yil) rohimahullohga savol berildi: «Bir kishi bor. Uning boshiga musibat tushgan. Agar bu musibat arimasa uning dunyosi ham, oxirati ham fasod bo‘ladi. Haligi kishi bu musibatdan qutulishning har turli yo‘lini qildi. Ammo (musibatining) shiddati yanada ortdi. Dinning katta imomlari bunga nima deydilar? Uni daf qilish uchun qanday yechim bor? Alloh musibat egalariga yordam berganlarga rahm qilsin! (Zero Nabiy sollallohu alayhi vasallam aytganlar:) «Modomiki, banda birodarining yordamida bo‘lar ekan, Alloh ham uning yordamidadir». Bizga fatvo bering, ajr olgurlar».

Ibn Qayyim besh satrli ushbu savolga 500 sahifali kitob yozib javob qaytaradi va uni «Dard va davo» (الداء والدواء) deb nomlaydi.

@Shamsuddin_Sadruddin
2.3K viewsedited  19:44
Ochish/sharhlash
2022-05-28 11:59:25 ОТА НИДОСИ

(Илм излаб Австралияда қўним топган ватандошимиз Фазлиддин укамизнинг хотирасига)

Ўзи берган фарзандимни олди Аллоҳим,
Қисмат экан, бошга дардни солди Аллоҳим.
Мўмин дилнинг юрагида битта далда бор –
Дийдоргина Қиёматга қолди, Аллоҳим!

Илм деса чирмовуқдек ёпишган ўғлим,
Сабоқ деса малаклар-ла чопишган ўғлим,
Бугун энди ҳурлар билан топишган ўғлим,
Дийдоргина қиёматга қолди, Аллоҳим!

Уммонорти ўлкасида порлаган сирож,
Кийдираман деб кетганди бошингизга тож...
Яъқуб бобом дуосини дилгинамга соч,
Дийдоргина қиёматга қолди, Аллоҳим!

Исёним йўқ, гарчи кўнгил қақшаб қолган-да,
Нетай, ўғлим бир олимга ўхшаб қолганда...
Дининг фазли бўлармиди яшаб қолганда,
Дийдоргина қиёматга қолди, Аллоҳим!

Дилни тирнар оиланинг аччиқ нобути,
Мушкул, дўстлар, бу лаҳзада юрак собити.
Бунча оғир бўлмаса-ей ўғил тобути,
Дийдоргина қиёматга қолди, Аллоҳим!

Аллоҳ, Аллоҳ, бу юкни-да ортиб оляпман,
Ўксук дилдан қайғуларни тортиб оляпман.
Кўз ёшимни этагимга артиб оляпман,
Дийдоргина қиёматга қолди, Аллоҳим!

Ҳаммасини Роб, Ўзингдан билгаймиз энди,
Ўша кунга иймон билан кулгаймиз энди...
Тўйгинасин жаннатларда қилгаймиз энди,
Дийдоргина қиёматга қолди, Аллоҳим!

Xayrulla Hamidov
7.1K views08:59
Ochish/sharhlash
2022-05-26 16:22:46 Uch kun oldin 29 yoshli yagona akamning vafot etganlarini eshitdik.

إنا لله وإنا إليه راجعون

Ular chet elda edilar va qaytishlariga bir-ikki oy qolgandi (nasib qilsa keyinroq ular bilan bog‘liq xotiralarni yozaman). Bir kun buni onamdan sir tutdik. Ertasiga esa otam onamga besh yil visolini kutgan farzandlarining o‘lim xabarini bunday berdilar: «O‘g‘ling sendan ham mehribon Zotning oldiga ketdi».

Onam yig‘ladilar, ko‘nmadilar. Otam dedilar: «Hozir sanga bir narsa aytaman. Buni boshiga musibat tushgan kimsani ko‘rsam aytaman, deb yurgandim. O‘sha biz bo‘libmiz: Johiliyat davrida bir ayol bo‘lgan. Uning akasi vafot etganda, ko‘chada telbalarcha: «Aka… aka!» deb baqirib yurgan. Keyin u Islomga kiradi va to‘rt o‘g‘li shahid bo‘ladi. Ammo bir tomchi ko‘z yosh to‘kmasdan sabr qiladi... Uni bu darajaga olib chiqqan iymoni edi. Biz Allohga iymon keltirganmiz. Alloh berdi, O‘zi oldi. Yig‘laymiz, lekin, sabr qilamiz». Onam yana yig‘ladilar…

Ya’qub alayhissalomga ko‘z nurini qaytargan Zotga taslimmiz. Diydor o‘limning o‘zi o‘ldiriladigan kunga qoldi…
17.1K views13:22
Ochish/sharhlash
2022-05-24 09:48:13 Ona faryodi bunchalar og‘riqli-ya…
5.1K views06:48
Ochish/sharhlash
2022-05-22 23:23:59 Assalomu alaykum, azizlar!

Sahifani erkinroq va nom bilan bog‘liq istiholalardan chekingan holda yuritish maqsadim bor. Shu sabab sahifa nomini o‘zgartirdim. Katta o‘zgarishlar kutilmayapti, albatta. Sahifa o‘sha-o‘sha - bir jonlanib, bir sustlashib yuritiladi.

Qiziqishim taqozosiga ko‘ra post joylab turaman (yuqoridagi kabi). Qur’on ilmlari (ko‘proq tafsir) ga oid ma’lumotlar ulashish niyatidaman. Bori shu.

@Shamsuddin_Sadruddin
4.6K views20:23
Ochish/sharhlash
2022-05-22 22:28:14
Bir kuni yoshi 50 dan oshgan Faxriddin Roziy (vafoti 604/1208-yil) Fotiha surasidan o‘n mingga yaqin hukm chiqarish mumkinligini aytadi. Odamlar - Roziy iborasi bilan aytganda: «hasadgo‘y, johil, adashgan, muxolif kimsalar» - buni inkor qiladilar. Shundan so‘ng u tafsir yozishga kirishadi. To‘liq bir mujalladni faqat Fotiha surasining tafsiri uchun ajratadi. Gapining isboti o‘laroq yettita oyatning o‘zidan (isti’ozani ham qo‘shganda) lug‘at va shariat ilmlariga oid minglab hukmlarni chiqaradi va ularni bayon qiladi. Keyin Baqaradan to Nas surasigacha Qur’onni shunday uslubda tafsir qilib chiqadi.

Abu Hayyon G‘arnotiy (vafoti 745/1344-yil) bu kitob haqida shunday degan: «Unda tafsirdan boshqa hamma narsa bor». Bilaks, unda tafsir bilan birga hamma narsa bor!

Roziy tafsirining mashhur ikkita nomi:
1. «At-Tafsirul kabir» (Katta tafsir);
2. «Mafatihul g‘oyb» (G‘ayb kalitlari).

@Shamsuddin_Sadruddin
4.6K viewsedited  19:28
Ochish/sharhlash